Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.29K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Taqdimot

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini 2022-2023-o'quv yilida tugatgan, bugungi kunda O'zbekiston jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi - Norqulova Marjona "El-yurt umidi" jamg'armasi 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovida
eng yuqori natijalardan birini qayd etgan.

📚Bugun ijod maktabi kutubxonasida Marjona Norqulova maktabning 10-11-sinf o'quvchilari uchun "El-yurt" jamg'armasi faoliyati haqidagi taqdimoti o'tkazildi.

Taqdimotda jamg'armaga ariza topshirish tartibi, tanlov jarayoni, xorijiy oliy ta'lim muassasalarda tahsil olish imkoniyati haqida so'z bordi.


⚡️Ta'kidlash joizki, Marjona AQShning Cincinnati universitetiga o'qishga qabul qilindi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilari Tursunova Gulasal, Boymurodova Madina, Nasrillayeva Maftuna, Xushvaqtova Irodalar "Qashqadaryo TV"ning "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturida ishtirok etishdi.

🎥 Dastur davomida o'quvchilarimiz yutuqlari, qiziqishlari, maktab faoliyati, dars jarayonlari haqida so'z yuritishdi.

Ta'kidlash joizki, ijod maktabi va viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. Unga ko'ra, o'quvchilarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularning jurnalistika, montaj, radio, dasturlash, diktor va muharrirlik kabi kasblarga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda mashg'ulotlar o'tkazilib borilmoqda.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar qatorida amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslanganligi, bu usulda 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotganligiga urg‘u berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xotira

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan.

✔️ Islom Karimov Oʻrta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xoʻjaligi institutlarini tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960-yil Toshkent qishloq xoʻjalik mashinasozligi zavodida boshlagan. Keyinchalik, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yil Oʻzbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

✔️Islom Karimov suveren va mustaqil Oʻzbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taʼminlash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, “Mustaqillik” va “Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.

✔️Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. U 2016-yil 3-sentyabrda Samarqand shahrida dafn etildi.

✔️Xalqimiz istiqlol yillarida erishilgan salmoqli yutuqlarni haqli ravishda I.Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukus inklyuziv ijod studiyalariga to‘rtinchi qabul o‘tkazilmoqda. O‘qitish media, dizayn va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladi.

15 dan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 31-yanvar kuniga qadar bu yerda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov asosida "Zamin Creative" ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.

В рамках проекта Zamin Creative проводится четвёртый набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе. Обучение будет проводиться по следующим направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 15 до 18 лет, зарегистрировавшись до 31 января здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X