Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.53K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kino_vaqti
#Besh_tashabbus

🎦 Kino sanʼati milliy maʼnaviyatimizni yuksaltirishda, yosh avlodni vatanparvarlik va ezgu qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalashda ulkan taʼsir va katta kuchiga ega boʻlgan eng ommaviy sanʼat turi hisob­lanadi.

🎥Shu ma'noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga rejissyor Akbar Bekturdiyev suratga olgan "O'zbek qizi" filmi namoyish etildi. Ushbu filmda Ikkinchi jahon urushi va unda mardonavorlik, qahramonlik va jasorat ko'rsatgan o'zbek qizi haqida hikoya qilinadi.

📺 Film o‘quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram |
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, QarDU dotsenti, "Shuhrat" medali sohibi Nilufar Umarova tomonidan mahorat darsi o'tildi.

📚Mahorat darsida "She'r, she'riyat tushunchasi, she'riy san'atlar" mavzusida so'z bordi. N.Umarova she'riyat, she'r mashq qilish mashaqqati va mas'uliyati, viloiyatdagi bugungi adabiy jarayonlar haqida o'quvchilarga batafsil ma'lumot berdi.


Mahorat darsida maktabning ijodga qiziquvchi o'quvchilari ishtirok etishdi.

❇️ Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi mutaxassisi Davron Sultonov ham ishtirok etdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Millat_oydinlari

🇺🇿 Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida jon fido qilgan millat oydinlari – jadid bobolarimiz hayoti va faoliyati g'urur hamda oʻziga xos tafakkur maydonidir, maʼrifatparvar bobolarimiz millatni uygʻotish, uni taraqqiyot sari undash, xalqni savodli qilish uchun o'z umrlarini baxsh etishgan.

Shu ma'noda, millat oydinlari — jadidlarimizning ruhini shod etish, ularning ezgu ishlari va ilmiy-ma'rifiy hamda badiiy merosini keng targʻib qilish maqsadida e'tiboringizga san'atkor Jahongir Poziljonov tomonidan ijro etilgan qoʻshiqni havola etamiz.


📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib yangilik!

🌍 2023-yil noyabr oyida Dubay shahrida boʻlib oʻtgan COP-28 xalqaro iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan konferensiyadan ilhomlanib, eko-faol yoshlar ushbu xalqaro miqiyosdagi tadbirning simulyatsion modelini tashkil etishmoqda. Unda barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, COP o'z o'rnida Birlashgan millatlar Tashkilotining ham iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi hisoblanadi. COP - Partiyalar konferensiyasi bo'lib, ekologik masalalar bo'yicha umumbashariy yechimlar o'chog'idir.

☄️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 10-fevral kuni iqlim o'zgarishlari muammosi doirasida COP tashkil etiladi. Atrof-muhit va ekologik muammolarga befarq bo'lmagan barcha ko'ngillilarni ushbu loyihaga taklif etamiz.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang❗️
Hoziroq ro'yxatdan o'ting❗️

🌍 Chairlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 28.01.24

🌍 Delegatlar uchun ro'yxatdan o'tish
Muddat: 31.01.24

👉Batafsil maʼlumot bu yerda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
38%
Chuqulamoq
62%
Chuqilamoq