Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Hamid_Olimjon_tavalludining_114_yilligi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Mohigul Olimjonova tomonidan betakror shoir, dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 114 yilligiga bag'ishlab, "Baxt va shodlik kuychisi" mavzusida 7-sinflar bilan ochiq to'garak mashg'uloti o'tkazildi.

📚Dastavval Hamid Olimjon hayoti va ijodiga oid videorolik namoyish etildi, o'quvchilar shoir haqida so'zlab berishdi, she'rlaridan namunalar o'qishdi.

O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning shoirni madh etib yozgan she'ri asosida badiiy kompozitsiya ijro etishdi.

✔️ Mashg'ulot davomida o'quvchilar ijodkor hayoti va ijodiga oid savollarga javob berib, rag'bat kartochkalari bilan taqdirlanishdi, dars so'nggida Javohir Abdurasulov ijro etgan "Eng gullagan yoshlik chog'imda" qo'shig'ining videoroligi namoyish etildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari

🗺Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Zayed barqarorlik mukofoti”da kuchli uchlikdan oʻrin Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidaziz Abdujalilov hamda 9-sinf o‘quvchisi Paxlavon Gʻulomovning tadbir haqidagi taassurotlari.

Maʼlumot uchun, ularning yomg‘ir suvini yig‘ib qayta ishlab aholi ehtiyoji uchun foydalanish bo‘yicha loyihasi Yevropa hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan tanlab olingan eng yaxshi 3 ta loyihadan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident boshqarayotgan Yangi O‘zbekiston jadidlar istaganidek, dunyoviy huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish, sifatli ta’lim tizimini yaratish, so‘z erkinligi, ochiqlikni ta’minlash yo‘lidan dadil bormoqda”.

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

📝 Seminar davomida:
Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminarda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining psixologi Bahodir Karimov va tarbiyachi-pedagog Ma'mura Samadovalar ishtirok etmoqda.

📅 Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram