Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.53K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

📝Unda viloyatdagi harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi bir qancha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, ijod maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

🎼 Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi garnizoni tomonidan orkestr sadolarida madhiyamiz ijrosida Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov madhiyaning yaratilish tarixi, ulugʻ shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabining tashkil etilishi, Abdulla Oripov siymosi haqida soʻz yuritdi. Oʻz navbatida, ijod maktabi oʻquvchilarining madhiya haqidagi sheʼrlari tinglandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova "Madhiyam - sharafim, shonim!" mavzusida mahorat darsi o'tdi.

📚Mahorat darsida madhiyaning siyosiy, ijtimoiy ahamiyati, yurtga sadoqat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlari, shu bilan birga, Abdulla Oripov she'riyati haqida so'z bordi. Suhbat so'nggida Lola Saodatova o'quvchilarga Abdulla Oripovning turli she'rlaridan iqtiboslar yaratish vazifasini berdi. O'z navbatida, o'quvchilar o'zbek, turk, ingliz va rus tillarida madhiya haqida so'z yuritishdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Robo_coding_olimpiadasi

🤖 Qarshi shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining Qashqadaryo viloyat hududiy bosqichi oʻtkazildi.


Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirildi. Ushbu olimpiadada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

📆Bugun 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunga 31 yil to'ldi!

🔰Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Madhiya atoqli bastakor Mutal Burxonov musiqasi, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov sheʼri asosida yaratilgan.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

ABDULLA ORIPOV

O'ZBEKISTON MADHIYASI


Vujuding sog'ligi shartdir odamga,
Unutmang, ammo ruh tarbiyasini.
To'rt nafar turk qizi kelib xonamga
Ijro etdi o'zbek madhiyasini.

Dengizlardan osha, tog'lardan osha
Yurtim ko'z o'ngimda bo'ldi namoyon.
Go'yo diyorimni qildim tomosha,
Jannat xaritasin ko'rganimsimon.

Yuksak va shiddatli, latif ham mayin
Ohang taralardi Marmara bo'ylab.
Yurtim qo'shig'ini shu lahza tayin,
Osiyo, Yevropa turardi kuylab.

Misli ufurardi menga nafasin
Oltin vodiylarim, kumush tog'larim.
Ilg'adim Do'rmonda bulbullar sasin,
Ko'rindi shovullab turgan bog'larim.

Madad qo'llarini cho'zardi shu dam
Yiroq-yiroqlardan mardona bir ruh.
Dengiz tumanidek tarqab ketdi g'am,
Tog'lar qori kabi eridi anduh.

2013-yil 10-oktyabr,
Istanbul
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

🎼Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

🗺Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

🎥Quyidagi videolavhada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasini tantanali tarzda ijro etishganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram