Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.56K subscribers
11.7K photos
1.21K videos
96 files
3.59K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸 O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan "Madhiyam - sharaf va shonim, itixorim, g'ururim!"mavzusidagi tadbirdan fotoreportaj (2-qism).
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

🗺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

📝Unda viloyatdagi harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi bir qancha umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, ijod maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

🎼 Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi garnizoni tomonidan orkestr sadolarida madhiyamiz ijrosida Davlat bayrogʻi koʻtarildi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov madhiyaning yaratilish tarixi, ulugʻ shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabining tashkil etilishi, Abdulla Oripov siymosi haqida soʻz yuritdi. Oʻz navbatida, ijod maktabi oʻquvchilarining madhiya haqidagi sheʼrlari tinglandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi rahbari Lola Saodatova "Madhiyam - sharafim, shonim!" mavzusida mahorat darsi o'tdi.

📚Mahorat darsida madhiyaning siyosiy, ijtimoiy ahamiyati, yurtga sadoqat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlari, shu bilan birga, Abdulla Oripov she'riyati haqida so'z bordi. Suhbat so'nggida Lola Saodatova o'quvchilarga Abdulla Oripovning turli she'rlaridan iqtiboslar yaratish vazifasini berdi. O'z navbatida, o'quvchilar o'zbek, turk, ingliz va rus tillarida madhiya haqida so'z yuritishdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram