Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.3K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
Биринчи хоним Зироат Мирзиёева халқаро саммитда иштирок этди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг рафиқаси Зироат Мирзиёева Қатарда бўлиб ўтган ХI Таълим бўйича халқаро инновацион саммитда иштирок этди.

Ушбу йирик анжуман 2011 йилдан буён Қатар Давлати Таълим, фан ва ижтимоий тараққиёт фонди (Qatar Foundation) раиси шайха Муза бинт Носир ал-Миснад шафелигида ўтказиб келинмоқда. Ундан кўзланган асосий мақсад – сиёсат, тадқиқотлар, етакчилик каби соҳаларда ташаббусларни илгари суриш орқали таълимда инновацион дастурларни яратишдир.

Бу йилги тадбир “Сунъий интеллект даврида инсон ижодкорлиги” мавзусига бағишланди. 

29 ноябрь куни саммитнинг асосий тадбирларида юқори даражадаги меҳмонлар, жумладан, хорижий давлатлар вазирлари, таълим ва ижтимоий соҳалар экспертлари қатнашди.

Бу саммитдаги иштирок сўнгги йилларда жадал ривожланиб бораётган Ўзбекистон билан Қатар ўртасидаги ҳамкорликнинг яна бир ифодаси бўлди.

Каналга уланиш:
@uzauz
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
64%
Qorongʻu kecha
36%
Qorongʻi kecha
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
90%
Xonadon
10%
Xonodon
#Kun_hikmati

📚Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo'lmas.

✍️ Boborahim Mashrab

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Zilzila va uning oqibatlari” hamda “Aholini zilzilada to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tadbirlarini tashkil etish” mavzularida o‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlaridan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nazm

Abdulla Oripov

QISH


Kuz ham ketdi, mana,
Qish keldi qayta,
Eski ashulamni yana aytaman.
Seni qarshi oldim nechanchi marta,
Qish, senga nechanchi bora qaytaman.

Gaz oʻchoq joyida, poʻstin ham tayyor,
Sening hurmating bu, qirchillama qish.
Undov belgisidek teraklar qator,
Qishga shu tariqa aytishar olqish.

Bunday payt gashtlidir choyxona koʻproq,
Chollarga oʻsha joy boʻladi shafye.
Choyxona tomonga tortsa-da oyoq
Duch kelaveradi negadir kafe.

Shundoq davom etar hayot baribir,
Topilar biz uchun xilvat goʻsha ham.
Koʻpdan sogʻintirgan davramiz qizir,
Axir eski doʻstlar yana boʻlmish jam.

Yana yodga tushar u olis yillar,
Qishning qadamiga alyor aytamiz.
Tongda chumoliday chiqqan boʻlsak gar,
Shomda arslon boʻlib uyga qaytamiz.

2010-yil 4-dekabr


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_tarixi

1-DEKABR – QORAQALPOQ TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN


🔰Qoraqalpoq tili – oltoy tillar oilasi turkiy tillar guruhining qipchoq shoxobchasiga mansub. Fonetikasi qozoq va noʻgʻay tillariga, lugʻat tarkibi esa oʻzbek tiliga yaqin turadi.

📅 1989-yili 1-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengashi sessiyasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi rahbariyati va jamoasi qardosh qoraqalpoq xalqini ushbu qutlugʻ sana bilan chin yurakdan samimiy tabriklaydi.

⚡️...Bir yonda turkmanim, qirgʻiz, qozogʻim,
Orolga termulgan qoraqalpogʻim,
Oʻzbegim, tojigim – koʻzim-qarogʻim
Jam boʻlganda qatoridan ayrilmas.
Ayrilsa ayrilgay togʻlar qoridan,
Ayrilgay behimmat boy ham boridan.
Vafosiz ayrilgay doʻstu yoridan,
Shoir xalqi ashʼoridan ayrilmas.

✍️(Abdulla Oripov. “Ayrilmas” sheʼridan)

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#1_dekabr_Xalqaro_OITSga_qarshi_kurash_kuni

🔸 Jahon hamjamiyatini aholining orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorligini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.

🔰Shu ma'noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 1-dekabr - Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan Ma'naviyat soatining kun tafsiloti qismida o'qituvchi tomonidan OITS va uning salbiy oqibatlari haqida ma'lumot berildi.

🖼👨‍🎨 O'z navbatida, o'quvchilar mavzu yuzasidan o'z munosabatlarini bildirishdi va ular o'z suratlarida OITS - XXI asrning global muammosi bo'lib, unga olib boradigan yo'l jahannam yo'li ekani va ayrim yoshlar bu yo'lga kirib yosh umrini xazon qilganini aks ettirishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📅 1989-yili 1-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengashi sessiyasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi rahbariyati va jamoasi qardosh qoraqalpoq xalqini ushbu qutlugʻ sana bilan chin yurakdan samimiy tabriklaydi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Toʻgaraklar_faoliyatidan
#Zamin_Creative

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari uchun "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarida o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

🔰Bugun ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng "Raqamli va tasviriy san'at" hamda "Dizayn" to'garaklarining navbatdagi mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

🎨 To'garaklar rahbarlari - Madina Siddiqova va Parizoda Shukurovalar o'quvchilar bilan axborot texnologiyalari orqali tasviriy san'at namunalarini yaratish, turli bo'yoqlar va matolarda mahorat bilan ishlash kabi vazifalarni bajarishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram