Abbosbek Bahodirovich | Blog
82 subscribers
2 photos
2 videos
5 links
Frontend Dev Insights | by Abbosbek
- tips, tools, and real-world examples
- covering React, Next.js, UI/UX, performance, and career growth
Download Telegram
Chiroyli UI chizsang-u, lekin yozgan API laring sekin ishlayaptimi? Demak sen haqiqiy Frontendchisan. 😅
Siqilma do'stim bu kunlar ham o'tib ketadi...

#fikrlar #hazil

@abbosbek_software_engineer
😁13
Abbosbek Bahodirovich | Blog
Kecha aytaman degan yangiligim, nasib etib @mockint loyihasini ishonib menga topshirishdi. Xudo xohlasa bu yog'iga Mockint ustida ishlab yangi g'oyalarni qo'shishni boshlaymiz. Kuzatishda davom eting, tez kunlarda Mockint yangi formatda qaytadi. @abbo…
Bu loyihani automation qilish haqiqiy chellenj bo'ldi. Fullstack loyihada anchadan beri ishlamaganim sezildi. Barcha qaytgan 500 larga o'zimni javobgardek his qilyapman 😂

Backendchilarni qadriga yetish kerak ekan 😅.

Lekin yaxshi bo'ldi. Ancha buncha narsani takrorlab, eslashga sabab bo'lyapti. Har bir ishda bir hikmat bor.

#fikrlar #joke

@abbosbek_software_engineer
😁7👍2
Shu 2-3 kunda bir narsani sezdim. Agar hech kim halal bermasa, fokusingizni jamlay olsangiz, ancha buncha narsa qilib qo'ya olar ekansiz.

Yaqin orada remotega o'tib ketamanmi deyman 😅. Remote takliflar bo'lsa ko'rib chiqamiz. 😁

#subyektiv

@abbosbek_software_engineer
2
React.js dan savol:

useEffect va useLayoutEffect o'rtasidagi farq nimada?

#savol #reactjs

@abbosbek_software_engineer
🤔3👍1
JavaScriptdan savol

?? va || ning farqini bilasizmi?

#savol #javascript

@abbosbek_software_engineer
Yaqin 1 oy ichida qilgan eng yaxshi xulosalarimdan biri - fikringizni boshqalarga yetkazishda insonlarning hissiyotlariga ta'sir qilmaslik kerakligi bo'ldi.

Nega bunday xulosaga keldim? Siz ayni bir sohada o'z hissangizni qo'shmoqchisiz, va sizda yechim bor. Bu yechimni shunchaki bering. Aniq va tiniq faktlarga asoslaning. Oladigan inson shundoq ham olaveradi, agar hissiyotiga kirishga harakat qilsangiz savol ortidan savol tug'iladi va siz berayotgan yechim qay darajada jamiyat uchun muhim bo'lmasin, fokus sizning hissiyotlar sabab ochilib qolgan zaif nuqtalaringizga jamlanadi.

Misollarni ham keltirib o'taman.

1. Komiljon Hamidjonov dasturlash orqali yaxshi hayotga erishish yo'llarini ko'rsatish orqali kuzatuvchilar ichida qiziqish uyg'otdi. Va oxir oqibat 100% ish bilan ta'minlanasiz degan va'dalar bilan IT communitydagi mutaxassislar e'tiboriga tushib qoldi. O'z vaqtida soha mutaxassislari tomonidan berilgan maslahat va tavsiyalar asosida bu ishni yana bir bora ko'rib chiqishi kerakligini tushundi.

2. Tirik kitob. Bu inson ham jamiyat ichida yetarlicha e'tiborga ehtiyoj sezadigan muammoni olib chiqdi. Lekin ba'zi fikrlari sabab kuzatuvchilar o'rtasida bo'linish yuz berdi.

To'g'ri hammaga birdek yoqavermaymiz, lekin biz o'zimiz aytgan fikrlar uchun va fikrlarimizni ma'qullab bizga ergashganlar uchun ham mas'ulmiz.

Tepadagi ikkita masala 2 xil narsaku deyishingiz mumkin, lekin ikkisini ham fikr yetkazishda foydalanilayotgan vosita, hissiyotga ta'sir o'tkazish ajratib turadi.

Hissiyotga kirish orqali ishonchni tez olishingiz mumkin, lekin keyingi fikrlaringizdan aniqlik yo'qoladi.

Shu bilan birga kuzatuvchilarga ham murojaatim, ma'lumotni yaxshilab analiz qilib shu narsa rostdan ham sizga kerakmi yoki yo'qligiga ishonch hosil qilib keyin qabul qiling.

#fikrlar #mulohaza

@abbosbek_software_engineer
👍3
Frontend optimizatsiyadan ko'ra backend optimizatsiya ko'proq yoqib qoldi manga )

Yozgan APIlaringiz optimizatsiyadan keyin bir necha barobarga tezlashganini ko'rish mazza ekanku

#fikrlar

@abbosbek_software_engineer
🗿6😁2
Mana bu suhbatni bir eshitib ko'rishni tavsiya qilaman. Aynan shu qismi uchun ham bir boshidan eshitib ko'rishga arziydi deb hisoblayman.

https://youtu.be/H2sMc8uXQxw?t=4000

#podcast

@abbosbek_software_engineer
🔥3
MongoDB da Sparse Index vs Regular Index bo'yicha savol

🔹 Sparse Index va oddiy Index o'rtasidagi farq nimada?
🔹 Qanday holatlarda qaysi birini tanlash kerak?
🔹 Performance va xotira sarfida qanday farq bor?

#mongodb #database #indexing #performance

@abbosbek_software_engineer
Yaxshi leader qanday bo'ladi degan savolga, o'zidan teparoqda olgan og'riqlarni o'zidan keyingilarga sezdirmaydigan, vaziyatni to'g'ri baholaydigan va asosiysi jamoning ruhiyatini tushirib yubormaydigan inson deya olaman.

Siz bir jamoada yetakchimisiz, demak sizning kayfiyatingiz qo'l ostingizdagi butun jamoaning kayfiyati hisoblanadi. Uni har qanday mayda ikir-chikirlarga buzavermang. Siz qo'l ostingizdagilarga sochsangiz, ular o'zlaridan keyingilarga sochsa, bu zanjir borib-borib ko'pchilikni dilini xira qiladi.

SIzning bu masalada fikringiz qanday?

#fikrlar

@abbosbek_software_engineer
👍53🔥1👌1
Har bir insonda shaxsiy fikr bo'lishi kerak deb hisoblayman. Va shu fikrni boshqalar ham hurmat qilishi kerak. Kimdir o'zi istamagan narsaga yo'q deyishi, va yoki ma'qul bo'lsa qabul qilishi kerak.

Shu yerida lekin degan joyi bor-da. Shaxsiy fikr ekan deb bo'lar-bo'lmas, uzog'i o'ylanmagan fikrlarga tayanib olmaslik kerak. Bu bilan nima demoqchiman, hozirgi ma'lumotlar almashinuvi o'z cho'qqisiga chiqqan paytda, ma'lumotlarni saralay olish, va foydalisini terish ham bir san'at bo'lib qoldi nazarimda. Biror kim chiqib 9 ta yaxshi fikr aytdiyu, ichida bitta yomonroq, balki inson omili, balki rejalashtirilgan, balki yana qandaydir maqsadni ko'zlab, g'ayrioddiy fikrni ham biriktirib ketdi deylik. Shu joyida biroz o'ylash kerak deb hisoblayman. SIzga manfaati yetadiganini olib qolganini shunchaki e'tiborsiz qoldiring.

E'tibor shunday narsa - u nimaga yoki kimga qaratilsa o'sadi. Shunday ekan keraklisiga e'tibor qarating. Imkon qadar befoyda narsalardan uzoqroq bo'ling.

#fikrlar

@abbosbek_software_engineer
👍3🔥2
Arafa va kirib kelayotgan Qurbon Hayiti muborak bo'lsin.

#hayit

@abbosbek_software_engineer
👍5
Eng yaxshi yo'l uyga olib boruvchi yo'l 😌

@abbosbek_software_engineer
🔥3🤣2
Mockintda nima gaplar?

Mockint asosiy texnik qismlari tugatildi. Deploy qilish va interviewerlarga tanishtirib chiqish qoldi, xolos. Tez kunlarda MVP versiyasini e'tiboringizga havola qilamiz. Imkon qadar tezroq tugatish harakatidaman.

#info #mockint #stay_tuned

@abbosbek_software_engineer
👍6🔥2
Oxirgi postga ham salkam 2 oy bo'libdi. Va bugun Mockint loyihasi uchun yangi start beramiz.

Allaqachon tugagan lekin ma'lum sabablarga ko'ra kechikayotgan edi. Va nihoyat bugun Mockintga start beramiz.

Saytga havola: mockint.uz

#mockint #start

@abbosbek_software_engineer
3🔥3👍2🎉2🍾1
Ko'pchilik dasturlashda ish topish qiyin deb o'ylaydi. Shaxsiy tajribadan kelib chiqib shuni ayta olamanki, ish topish emas, ishga kirib olgach komfort zonaga tushib qolmasdan o'sishga harakat qilish qiyin.

Ish topguncha qilingan harakatni 50% qismini ish davomida ham qilish sizni top dasturchilar orasiga olib chiqadi.

#fikrlar

@abbosbek_software_engineer
🔥12
Loyiha va kompaniyaga rostdan ham foyda keltirayotgan qismlar ustida ishlash sizni texnik tomonlama yanada chuqurroq izlanishga majbur qiladi. Va bu ishingizning natijasi haqida siz gapirishingiz shart emas.

#fikrlar

@abbosbek_software_engineer
👍3