Zangiota tumani hokimligi
3.45K subscribers
40.9K photos
2.94K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Xon_atlas_2022
#Zangiota_tumani_11_DMTT

"Xon atlas-2022" chellenjida Zangiota tumani 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyalanuvchilari .

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#xon_atlas

🌈"Xon atlas-2022" festivali doirasida Zangiota tuman XTBga qarashli 14-maktab jamoasi ustozlari va oquvchilaridan foto tuhfa.

🔴MILLIY LIBOSLAR QADIMIY OBIDALAR BILAN UYG
'UNLIKDA!

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from ZANGIOTA ТAROVATI
#xon_atlas

Garchi qizlar qarasa ham zamonaga,
Dil bermasa shu modaning yomoniga.
Kelin bo'lar bir tillo ostonaga,
Anoralar atlas ko'ylak kiyib yursa.

Kulganida gulday yuzi gulga havas,
Mushku anbar isi kelar olsa nafas.
Yal-yal yonib turganida kim tanimas,
Humoralar atlas ko'ylak kiyib yursa.

Azizalar, Shahnozalar, Zulfiyalar,
Oy yuzini ko'rganida oy uyalar.
Sovchi keti uzilmasdan sovchi kelar,
Zilolalar atlas ko'ylak kiyib yursa.

Malomatlar qilmang,dardim aytdim holos,
O'zbek qizi kiyinsinda O'zbekka hos.
Momolardan bizga qolgan yahshi meros,
Qizlaringiz atlas ko'ylak kiyib yursa.

https://t.iss.one/zangiotamanaviyatbolimi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xon_atlas
#chellenje

Milliy libos- ma'naviyat ko'zgusi

Yurtimiz boʻylab boʻlib oʻtayotgan "Xon atlas -2023" festivalida atlas, adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar namoyishi, rang-barang madaniy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

📷Suratlarda esa Zangiota tumani hokimligi xotin-qizlari.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xon_atlas_haftaligi

Xon atlas – eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi. Undagi yorqin ranglar, jilvakor naqshlar ona – tabiatimizdan nusxa olib yaratilgan.
Inson esa tabiatning ajralmas bir bo‘lagidir.

O'zbek milliy liboslariga mehr uyg'otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o'zbekona sharm-hayo me'yorlarini targ'ib qilish, o'zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida ikkinchi bosqich “Xon atlas- 2024” milliy festivaliga start berildi.

Festival doirasida tuman axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston gullagan diyor” rukni ostida kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola etildi. Ko’rgazmadan Milliy liboslarimiz, milliy qadriyatlar, kiyinish madaniyatiga oid kitoblar joy oldi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xon_atlas_2024
#Zangiota_tumani

"Xon atlas" festivali

Atlas va adras kabi matolar, rang-barangligi va go‘zalligi bilan boshqa matolardan ajralib turadi. Ushbu matolar yurakdagi mehr va tabiatning barcha go‘zalliklarini aks ettiradi hamda milliy liboslarning muhim qismi sifatida qadrlanadi.

Zangiota tumani 'Chinor" mahallasidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida “
Xon atlas” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda atlas va adras liboslari namoyish etildi, milliy raqslar ijro qilindi. Tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Usmonova, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari G.Tursunova, tuman IIB xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi mayor G.Tillayeva ishtirok etib, ishtirokchilarga sovg‘alar topshirishdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#xon_atlas

🔰Zangiota tumanidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida "Xonatlas" festivali o'tkazildi. Festivalda xotin-qizlar va harbiy xizmatchi ayollar ishtirok etib, o'zbek xalqining milliy matosi "Xonatlas"ning go'zalligi va fayzini namoyish etdilar.

🔰Tadbirda mavzuga oid kuy-qo'shiqlar va harbiy ijrochilar tomonidan koʻhna laparlar yangradi. Baxshining termalari bayram ishtirokchilariniga zavq bagʻishladi. "Xonatlas" liboslari esa kun davomida xotin-kizlarning ustida yal-yal tovlanib, an'anaviy madaniyatimizni yanada boyitdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi