Zangiota tumani hokimligi
3.74K subscribers
44.4K photos
3.31K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#tabrik

🇺🇿14-yanvar Vatan himoyachilari kuni vatanimiz himoyasi va rivoji yo'lida turli xil kasblarda xizmat koʻrsatayotgan barcha Oʻzbekiston oʻgʻlonlariga muborak boʻlsin!

Vatanni asrash, uni qo'riqlash nafaqat egnida harbiy libosi bilan balki vijdoni va halol mehnati bilan shu Yurt ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan har bir yurtdoshimizning ham bayramidir!

Bayramingiz muborak bo'lsin, azizlar!

Zangiota tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | YouTube

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#tabrik
#e'tibor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4-martdagi Farmoniga binoan  O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun sifatida nishonlanib kelinadi.

🔰Shu munosabat bilan Zangiota tumani "Madaniyat saroyida" Favqulodda vaziyatlar xodimlarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklash hamda Zangiota tumani hokimining tashakkurnomalari, esdalik sovg'alarini topshirish maqsadida tadbir tashkillashtirildi.

🔷Bo'lib o'tgan tadbirda soha xodimlariga masʼuliyatli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, sog‘lik-salomatlik va oilalariga tinchlik-xotirjamlik tilab, e'tibor ko'rsatildi.

📹 Jarayonlar foto va videolavhada👆

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#tabrik
#sana

Hurmatli mahalla fidoiylari!

Sizlarni 22-mart Oʼzbekistonda mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tabriklaymiz!

📚Mahalla – ona  maskan,  sogʼlom  ijtimoiy  muhitdir.  Bu  erda  kuchli  taʼsirga  ega  boʼlgan  jamoatchilik  fikri  mahalla  aholisining  xulq – atvori,  oʼzaro  munosabatlarini  adolat  va  maʼnaviy  mezonlar  asosida tartibga  solib  turadi. Oʼzbekistondagi  ana  shunday  umuminsoniy  qadriyatlar  sarchashmalaridan  biri  mahalla  tizimi.  Uning  nufuzini  oshirish,  ijtimoiy,  siyosiy,  tarbiyaviy,  ulkan  maʼnaviy  masalalardan  biridir. 

🌹Mahallangiz tinch, har bir oila, har bir xonadonda yaxshi kunlar, toʼy-tomoshalar koʼp boʼlsin!

📌Mahalla – yirik  jamoadir!

Kasb bayramingiz barchangizga muborak boʼlsin!


✍️ Zangiota tumani hokimligi

Telegram | YouTube

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from Ахборот хизмати
#tabrik

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ZANGIOTA TUMAN HOKIMI RUSTAMOV ERKIN ERKAMOVICHNING TUMAN AHOLISIGA BAYRAM TABRIGI

Batafsil

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#tabrik

🇺🇿 Zangiota tumani hokimligi "8 yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni" munosabati bilan soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Forwarded from Ахборот хизмати
#tabrik

Assalomu alaykum qadrli
tumanimiz aholisi va mehmonlari!

Siz azizlarni, siz orqali barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ qadamlari bilan kirib kelgan, bahor, yasharish va yangilanish ramzi, sharqona yangi yil Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etaman!

Navro‘z o‘zaro qadr-qimmat, hayru-sahovat, mehr-oqibat timsolidir. Tumanimizda ham bayram arafasida umumxalq hasharlari o‘tkazilib, tumandoshlarimiz tomonidan ko‘chalarga va mahallalarga nihollar ekildi. Bu ham oqibat va ahillik ramzi, aslida. Fursatdan foydalanib, ushbu ezgulik, sahovatga yo‘g‘rilgan uyg‘onish, yasharish ayyomi bilan tabriklayman.

Ayyom har birimizning oilamizga tinchlik-xotirjamlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin. Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin.

Aziz tumandoshlar!

Sizlarni  yana bir bor uyg‘onish va mehr-oqibat, qadr-qimmat, yangilanish ramzi bo‘lgan Navro‘zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

Barchamizga ayyom muborak boʻlsin!

Zangiota tuman hokimi
Erkin Rustamov
👍15
#tabrik

🇺🇿 “BIR BOʻLSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!”


Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamovning Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tuman ahliga yo‘llagan bayram tabrigi

Batafsil

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
🔥3
#tabrik

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni


ZANGIOTA TUMANI HOKIMI ERKIN RUSTAMOVNING TA’LIM XODIMLARIGA BAYRAM TABRIGI
__

Batafsil

🌐Telegram | YouTube I Fecebook|

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏2
#tabrik

Qadrli tibbiyot xodimlari va soha faxriylari!

Sizlarni kasb bayramingiz – "Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati bilan tabriklayman!

Har bir soha vakili o‘zining mehnati, samarasi va kamoloti orqali yurt taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladi. Tibbiyot sohasi esa bu jarayondagi asosiy vazifani bajaradi.

Shubhasiz, tibbiyot xodimlarining mehnati, ularning aholiga ko‘rsatayotgan malakali tibbiy yordami beqiyos ahamiyatga ega.

Batafsil oʻqish uchun👈

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#tabrik
#Zangiota_tumani_91_yoshda

ZANGIOTA TUMANI TASHKIL ETILGANLIGINING 91 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TUMAN HOKIMI ERKIN RUSTAMOVNING
TABRIGI


Batafsil oʻqish 👈

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
🔥3
#tabrik

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan tuman aholisiga yoʻllagan bayram TABRIGI

Batafsil oʻqish👈

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏6
#tabrik

Hurmatli Zangiota tumani ahli, aziz yurtdoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Yangi yil har birimiz uchun yangi orzu va rejalarni amalga oshirish, maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkoniyatidir.

Kirib kelayotgan yangi yil biz uchun yanada ulug‘vor rejalar va marralar sari intilish davri bo‘lishi kerak.

Biz barchamiz birgalikda tumanimizni obod va farovon qilish yo‘lida ishlashda davom etamiz va xalqimiz yashash darajasini oshirish bo‘yicha ko‘plab tashabbuslarni amalga oshiramiz.

Azizlar!
Yangi yil tumanimizdagi har bir xonadonga baxt, tinchlik, sog‘liq va to‘kinlik olib kelsin. Har biringizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-osoyishtalik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Yangi yil quvonchli lahzalarga, yutuqlar va omadlarga boy bo‘lsin!


Hurmat bilan,
Erkin Rustamov
Zangiota tumani hokimi


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍10
#tabrik

Munis onaxonlar, aziz opa-singillar!

🌷Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azal-azaldan buyuk qadriyati bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Qadrli opa-singillar!

🌷Bahorning ilk bayrami munosabati bilan tumanimizning dilbar, fidoyi va mehribon xotin-qizlariga aytadigan dil so‘zlarim shuki: siz har jabhada ilg‘or, tashabbuskor, ibratli, fidoyisiz.

🌷Barchangizni bugungi bahor, nafosat va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Iqbolingiz baland, tan-joningiz sog‘, umringiz uzoq, rizq-u nasibangiz ziyoda bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Erkin Rustamov
Zangiota tumani hokimi


🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍7
#tabrik

Hurmatli Zangiotaliklar va qadrli mehmonlar!

🌸Sizlarni yasharish faslining quvonchli ayyomi – Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bu fayzli bayram “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z” shiori ostida nishonlanayotgani bejiz emas.

Zero, Navro‘z – nafaqat yangi kun, balki asrlar davomida xalqimizning ezgu an’analari, mehr-oqibat va hamjihatlik timsoli sifatida yashab kelayotgan bebaho qadriyatdir.

Bugun obod va farovon yurtimizda Navro‘z bayrami ezgulik, do‘stlik va totuvlik g‘oyalari bilan yanada fayzli kechmoqda. Har bir mahalla va xonadonlarda shodiyona, saxovat va ahillik ruhi hukm surmoqda.

Muhtaram tumandoshlar!

🌸Yangi yilning ilk tongi hayotimizga baraka, yuragimizga shodlik, o‘zaro mehr-oqibat va tinchlik olib kelsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va dasturxoningiz to‘kinligini tilayman.


🌸Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan,
Erkin RUSTAMOV
Zangiota tumani hokimi


Telegram | YouTube I Fecebook
| Website
👍11