Zangiota tumani hokimligi
3.73K subscribers
44.3K photos
3.3K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik
#ta'limda_targ'ibot

🔰Jamiyatimizda yoshlarni g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan kamol toptirishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyati avvalo oilada va ta'lim-tarbiya maskanlaridagi targ'ibot ishlarida, qolaversa ijodiy uchrashuvlarning jonli muloqot shaklida kechishida ko'p jihatdan yaxshi samara beradi.

🔷Bunga Zangiota tumanining 14- umumta'lim maktabida Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist, Xalq maorifi aʼlochisi, yozuvchi Erkin Malik bilan o'tkazilgan uchrashuvda ham amin bo'ldik.

📹"Nurafshon TV" ning "Haftada yoshlar" loyihasidagi fikrlar ham shu xususda 👆

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#kitobxonlik

📚Rustam Mirvohidning "Seningdirman" she'riy kitob taqdimotidan fotolavhalar.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#kitobxonlik
#targʻibot

📚Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi, Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida “Oilamiz bilan kutubxonaga” loyihasi doirasida kitob aksiyasi hamda ijodiy uchrashuv kechasi o‘tkazildi. 

📚 Uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi shoira Farog‘at Xudoyqulova va Toshkent viloyati ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Sayyora Fayziyevalar kitobxon onalar bilan uchrashib dildan suhbatlashdilar. Tadbir nihoyasida ishtirokchilarga Farog‘at Xudoyqulova uyushma tomonidan taqdim etilgan badiiy adabiyotlarni sovg‘a qildi va barchani oilaviy kitobxonlikka chorladi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#kitobxonlik_soati
#Zangiota_tumani

Ertaklar - yaxshilikka yetaklar


📚Kutubxonamizning bugungi mehmoni jajji bolajonlar boʻldilar. Kitob bolalarda diqqat-eʼtibor, xotira, fikrlash, kuzatuvchanlik va tasavvur qilish kabi ko‘nikmalarni paydo bolishida va ularning aqliy rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Bolalarni maktabga tayyorlashga katta yordam beradi.

📚Tumanimizning 4–son maktabgacha taʼlim tashkilotining tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari Tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan jajji bolajonlar uchun “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida
kitobxonlik soati oʼtkazilib, rus xalq ertaklaridan “Chipor tovuq” ertagi jonlantirildi.

📚Yangi kelib tushgan ertak kitoblari bolajonlar eʼtiboriga havola qilindi. Tadbir soʻngida kutubxona boʻylab ekskursiya uyushtirildi.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍1
#kitobxonlik_kuni

Men sevib o‘qigan kitob


📚Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Zangoita tuman Axborot-kutubxona markazida 13-umumta’lim maktabning  5-sinf hamda 14-umumta’lim maktabning 8-sinf o‘quvchilari kutubxonaga tashrif buyurdilar. 

📚 Mutaxassislar tomonidan “Men sevib o‘qigan kitob” mavzusida kitobxonlik kuni o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilarga kutubxona faoliyati va kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxonadan foydalanish qoidalari  haqida ma’lumotlar berildi. Ular ham o‘z navbatida o‘zlari sevib o‘qigan kitoblaridan gapirib va  o‘zlari yozgan, yod olgan she’rlaridan o‘qib berdilar. Ularning bilimlarini sinab ko‘rish maqsadida rebus o‘yinlari o‘tkazildi hamda bahorgi ta’til vaqtida o‘qishlari uchun bir qator kitoblar tavsiya qilindi.
Tadbirdan so‘ng ishtirokchilar o‘zlari tanlagan kitoblarini o‘qish uchun oldilar.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website
👍1
Forwarded from ZANGIOTA ТAROVATI
#Zangiota_tumani #kitobxonlik_haftaligi


📆Avval xabar berganimiz- kitobxonlik haftaligi bugundan boshlandi.

🔰Tuman Axborot kutubxona markazida haftalikning ochilishi va “Men sevgan adib” loyihasi asosida A.Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag’ishlangan “Avlodlar yod etar ehtirom ila” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

📚Adib haqidagi ma'lumotlar, asarlari asosida tayyorlangan badiiy chiqishlar A. Qodiriy ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

🎼Madaniyat bo‘limi qoshidagi "Hosil" xalq maqom ansambli xonandalari ijrosidagi mumtoz va lirik qo‘shiqlar tadbirga fayz bag‘ishladi.

❗️Eslatib o‘tamiz va taklif qilamiz:

📆23.04.23 – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuniga bagishlangan «Zangiota-muqaddas maskan» nomli davra suhbati 12:00 da otkaziladi.


Kanalga ulanish: 👇

https://t.iss.one/zangiotamanaviyatbolimi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#kitobxonlik

📚Kitobxonlik yoshlarning boʻsh vaqtlarni mazmunli va samarali oʻtkazishga, jumladan, maʼnaviy-maʼrifiy axloqiy-ruhiy barkamollikka yetishishlari, qolaversa, Vatanparvarlik tuygʻulari shakllanishiga xizmat qiladi.

📚Toshkent Xalqaro universiteti bilan hamkorlikda Zangiota tumanida joylashgan 16-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida "Maʼrifat ulashib" nomli adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.

📹 Batafsil "Nurafshon TV" lavhasida.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#kitobxonlik_kuni
#yoshlar_oyligi

Kitob eng yaqin do’stimiz

📚Zangiota tumanidagi 34-umumta’lim maktabida  tashkil etilgan “Qaldirg’och” nomli sog’lomlashtirish maydonchasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan  “Ta’tilda birgalikda kitob o’qiymiz” shiori ostida “Kitob eng yaqin do’stimiz” nomli  ovozli o’qish tadbiri tashkil etildi.

📚Jajji kitobxonlar oʻzlari sevib oʻqigan kitoblari, undagi ijobiy va salbiy qahramonlar haqida gapirib berib, koʻrgazma uchun olib borilgan kitoblar bilan tanishdilar.  Bolajonlar nutqlari ravonligini sinab ko’rish maqsadida “Mukofotga kim munosib” nomli kitobni ifodali oʻqib berdilar.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik_haftaligi

📚 Zangiota tumanida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V-respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlarga start berildi

Batafsil oʻqish 👈

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi