Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#ta'lim
#kengash_yig'ilishi

🔰Zangiota tumani hokimligi majlislar zalida tuman Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha kengash yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Zangiota tuman deputatlari kengashi hamda tuman Xalq ta'limi tizimi vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan kengash yig'ilishini Zangiota tuman hokimi oʻrinbosari S. Nosirov olib bordi.

🔴Unda joriy yilning 7-oktyabr kuni Toshkent viloyat hokimi Zoir Mirzayev tomonidan viloyatda xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha kengash yig‘ilishidagi fikrlaridan kelib chiqib so'z yuritildi.

📌Tuman Xalq ta'limi bo‘limi mudiri Abdulla Raxmatullayevning tumanda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham yig‘ilib qolgani xususida slayd orqali tahliliy ma'ruzasi tinglandi.

👉Batafsil:https://bit.ly/3g26YoN
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#kengash_qarori

XALQ DEPUTATLARI ZANGIOTA TUMANI KENGASHI 11-SAYLOV OKRUGIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA SAYLOV O‘TKAZISH TO‘GʻRISIDA

Batafsil

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
#Kengash_qarori

Toshkent viloyatida raqamlashtirish ishlari yanada jadallashtiriladi

Viloyatda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida, boʻsh turgan binolar roʻyxati shakllantirilib, IT-Park rezidentlarini 1 yil muddatga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.

Joriy yil yakuniga qadar IT-Park rezidentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi 250 milliard soʻmga, ularning eksport hajmi esa 15 million dollarga yetkaziladi.

1-noyabrga qadar dasturchilarning kamida 150 nafari ishga joylashtiriladi.

Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari "Har bir mahallada kamida ikki nafar dasturchi" loyihasini amalga oshirishi belgilandi. Bunda, 2 200 nafar yoshlarni ingliz tilidan C1 daraja va 1 100 nafar yoshlarni nemis yoki boshqa xorijiy tildan B2 darajada sertifikat olishlari taʻminlanadi.

Joylardagi Raqamli texnologiyalar markazlarida "mahalla beshligi" raqamli tizimlardan foydalanishga oʻqitib boriladi.

Bundan tashqari, viloyatda "IT shaharcha" qurilishi ham rejalashtirilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Кўксарой қароргоҳида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Хорижий инвесторлар кенгашининг иккинчи ялпи мажлиси бўлиб ўтди.

В резиденции "Куксарой" под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялась вторая пленарная сессия Совета иностранных инвесторов.

#Mirziyoyev #majlis #investorlar #kengash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#maʼnaviyat_maʼrifat
#kengash_yigʻilishi

Zangiota tumanida ijtimoiy-ma'naviy muhit holati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan navbatdagi Ma'naviyat va ma'rifat Kengash yig'ilishi o'tkazildi.

Zangiota tuman hokimi, Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Erkin Rustamov boshchiligida oʻtgan yigʻilishda kengash aʼzolari, tegishli boʼlim va korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Kengash yigʻilishida tumandagi korxona-tashkilot va muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilishi holati va sohada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada rivojlantirishda kengash a’zolari ham birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Kelgusidagi reja va topshiriqlar yuzasidan qaror qabul qilindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi