Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
41.1K photos
2.95K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya: davlat oʻz zimmasiga olayotgan 10 ta muhim ijtimoiy majburiyat

1️⃣ Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻradi.

2️⃣ Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

3️⃣ Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.

4️⃣ Bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

5️⃣ Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

6️⃣ Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

7️⃣ Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.

8️⃣ Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni koʻradi.

9️⃣ Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🔟 Davlat nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashadi, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: tadbirkorlarga berilgan eng muhim 9 ta kafolat

1️⃣ Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.

2️⃣ Tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.

3️⃣ Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi.

4️⃣ Bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning sir tutilishi kafolatlanadi.

5️⃣ Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.

6️⃣ Davlat halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi.

7️⃣ Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi.

8️⃣ Yer xususiy mulk boʻlishi mumkin.

9️⃣ Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 26-moddasi: “Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas.

Hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o'tkazilishi mumkin emas”.

Inson sha'ni – bu insonning boshqa odamlar oldida o'z ahamiyatini anglashi yoki insonning ma'naviy obro'sidir.

Inson qadr-qimmati – bu shaxsning o'zini o'zi hurmat qilishi, jamiyat a'zosi sifatida o'z mavqei va ahamiyatini anglashidir.

Har qanday holatda ham hech bir shaxs qiynoqqa solinishi va boshqa g'ayriinsoniy ta'sirlarga duchor etilishi mumkin emasligini Konstitusiya taqiqlamoqda.

Shunga ko'ra, davlat organlari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'z faoliyatida har qanday holatda ham inson sha'ni, or-nomusi, va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, kamsitmasligi, aksincha ularga insoniy munosabatda bo'lishlari lozim.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=Hc2iFxZdJDg

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin