Zangiota tumani hokimligi
3.79K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#2025_yil_1_yanvardan

πŸ”°Qonunchilikka ko'ra:

β–ͺ️nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari faoliyatini yo'lga qo'yish uchun tijorat banklarining o'z mablag'lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so'mgacha bo'lgan kreditlar bo'yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko'p bo'lmagan qismini qoplash uchun kompensasiya taqdim etiladi;

β–ͺ️nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o'zining bino va inshootlarida umumiy o'rta ta'lim faoliyatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan bog'liq bo'lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

β–ͺ️2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga o'z mablag'lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarning foyda solig'ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
#2025_yil_1_yanvardan

πŸ”°Qonunchilikka ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari yuqoridagicha belgilanadi.

Manba
🌐Telegram |  Fecebook| Website

Kanalga ulanish:πŸ‘‰ https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#2025_yil_1_yanvardan

βœ”οΈ Jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.

πŸ“ Aholining yagona elektron reyestri:

πŸ”ΉO'zbekiston Respublikasining fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi;

πŸ”Ήtegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integrasiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko'rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug'urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko'rsatishda ushbu reestrdan foydalaniladi;

πŸ”ΉAdliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:πŸ‘‰ https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#2025_yil_1_yanvardan

πŸ–₯ Qonunchilikka muvofiq, β€œKorrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi.

βœ… Bunda, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:πŸ‘‰ https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#2025_yil_1_yanvardan

βœ”οΈQonunchilikka ko'ra, β€œKambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:πŸ‘‰ https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#2025_yil_1_yanvardan

πŸ—“
1-yanvardan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

πŸ”ΉAyrim ta'lim tashkilotlari kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉBukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉTazyiq va zo'ravonlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarning reyestri yuritiladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉAholining yagona elektron reyestri joriy etiladi βž–BATAFSIL;

πŸ”Ήβ€œsubsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga beriladigan qo'llab-quvvatlashlarning reyestri yuritiladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉJinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉAholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari oshiriladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉNogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉFuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtiroki ta'minlanadi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉUmumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig'i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉAyrim yer uchastkalari bo'yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉKambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉMaktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan bog'chalar rahbar va pedagoglari rag'batlantiriladi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉBog'chalarda inklyuziv ta'lim guruhlari ochiladi βž–BATAFSIL;

πŸ”Ήβ€œIshga marhamat” monomarkazlarida ish beruvchilar talabiga asosan tezkor kurslar tashkil qilinadi βž–BATAFSIL;

πŸ”ΉYetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan yoshlarga uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko'rsatiladi βž–BATAFSIL.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:πŸ‘‰ https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi