Zangiota tumani hokimligi
3.79K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#shukuh

❄️Zangiota tumanida joylashgan 16-MTTda jajji bolajonlar ishtirokida "Yangi Yil Sarguzashtlari" bayrami o‘tkazildi.

☃️Tadbirda Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari bolalar bilan birga quvnoq o‘yinlar o‘ynab, raqslar tushishdi. "Yangi yil"ni kutib olishda bolajonlar kulgili va ajoyib lahzalar ishtirokchisi boʻlib, koʻngillari yanada shodlikka to‘ldirdi.

🎄 Ushbu tadbir har bir bolaga quvonch va baxt olib keldi, unutilmas lahzalar taqdim etdi.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xotin_qizlar

🔰Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saodat Usmonova tumandagi "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turuvchi, nogironligi bor xotin-qizlarning yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib amalga oshirilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔰Uchrashuv davomida ushbu xotin-qizlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlari borasida fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Nogironligi bor ayollar o‘zlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishayotganliklarini ta’kidlashar ekan, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ko‘makdan mamnun ekanliklarini izhor qilishdi.

🔰Yaratilgan imkoniyatlar ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyatning faol a’zolariga aylantirishga xizmat qilayotganligini e’tirof etishdi.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh
#yoshlar_kubok@Zangiotatumanihokimligi

🔰 Zangiota tumani yoshlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Qorbobo kubogi” ommaviy sport musobaqasi tashkil etildi.

🔰Tadbirda sportning tosh ko‘tarish, darts, armrestling va stol tennisi kabi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Yoshlar o‘z mahorat va kuchlarini sinovdan o‘tkazib, qiziqarli va murosasiz bellashuvlarda ishtirok etishdi.

🔰Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘rtasida nafaqat sport mahorati, balki do‘stlik va birdamlik ruhi ham namoyon bo‘ldi. Tadbirning eng qiziqarli qismi esa g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘ldi. G‘oliblar Qorbobo va Qorqiz tomonidan esdalik sovg‘alari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#2025_yil_1_yanvardan

🔰Qonunchilikka ko'ra:

▪️nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari faoliyatini yo'lga qo'yish uchun tijorat banklarining o'z mablag'lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so'mgacha bo'lgan kreditlar bo'yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko'p bo'lmagan qismini qoplash uchun kompensasiya taqdim etiladi;

▪️nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o'zining bino va inshootlarida umumiy o'rta ta'lim faoliyatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan bog'liq bo'lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

▪️2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga o'z mablag'lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarning foyda solig'ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 25-26 декабрь кунлари ўтадиган МДҲ ва ЕОИИ саммитларида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Санкт-Петербург шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина посетит с рабочим визитом город Санкт-Петербург для участия в саммитах СНГ и ЕАЭС, которые пройдут 25-26 декабря.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #YOII

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon

Favqulodda vaziyatlar akademiyasi kursantlari, Zangiota tumani FVB xodimlari va "Zangiotagazta'minoti" xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida "Bo'z suv" hududi "Chinor" MFY aholi xonadonlari o‘rganib chiqildi. Oʻrganish davomida fuqarolarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM