Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
44.1K photos
3.28K videos
49 files
15K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon

Bugun Zangiota tumani “Abdujalilbob” va “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishidagi yutuqlarni yoritish maqsadida videotasvirga olish ishlari olib borildi.

Mazkur ishlar doirasida hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollarining ko‘magi hamda amaliy maslahatlari asosida o‘z biznesini boshlagan fuqarolarning faoliyati o‘rganildi. Ularning muvaffaqiyatli loyihalari, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalaridagi natijalari keng jamoatchilikka namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Tasvirga olish jarayonlari fuqarolarning o‘z mehnati bilan erishgan yutuqlarini targ‘ib qilish, boshqalarga ham ijobiy namuna sifatida ko‘rsatish, shuningdek, mahallalarda tadbirkorlik muhitini yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

📷Ish jarayonidan fotolavhalar👆


Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#ekologiya

Zangiota tumanida ekologik qonunbuzarlik bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda

Ayni paytda Zangiota tumani “Tariq Teshar” mahalla fuqarolar yig‘inining “Yog‘du” 1-berk ko‘chasida joylashgan ayrim xonadonlarda hosil bo‘layotgan maishiy suyuq chiqindilar mahalla hududidan o‘tgan zovurga noqonuniy ravishda oqizib yuborilganligi aniqlandi.

Mazkur holat ekologik muvozanatga putur yetkazishi, suv resurslarining ifloslanishiga olib kelishi va aholining sanitariya-gigiyena holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqilib, tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqarolarga nisbatan amaldagi ekologik va sanitariya qonunchiligi doirasida qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan aholiga chiqindilarni to‘g‘ri utilizatsiya qilish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Zangiota tumani Ekologiya boʻlimi tomonidan bunday holatlarning oldini olish va aholining yashash muhiti sifatini yaxshilash maqsadida zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.


Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Zangiota tumani FVB xodimlari tomonidan tumandagi yirik bozorlarda joylashgan yer osti suv olgichlari va suv jo‘mraklarining texnik holati o‘rganilmoqda.

Ushbu o‘rganishdan maqsad — bozorlarda yong‘inlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda xodimlarning to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Tadbirkorlar va ishchi xodimlarga bunday vaziyatlarda qanday harakat qilish bo‘yicha zaruriy tushuncha va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#investitsiya

💠Zangiota tuman hokimligi binosida tuman hokimi Erkin Rustamov hamda “Goldy Mount” MCHJ — Xitoy xorijiy korxonasining direktorlar kengashi raisi janob Nikolay Ne o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tuman hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari rejalashtirildi.

💠Xususan, “Goldy Mount” MCHJ tomonidan tumanning “Ramadan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mebelsozlikda foydalaniladigan turli xil mebel furnituralari (ehtiyot qismlari) ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilishi muhokama qilindi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

💠Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bu boradagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tumanlar hamda sohalar kesimida atroflicha tahlil qilindi.

💠Shundan soʻng Zangiota tuman hokimi Erkin Rustamov tegishli mas’ullar hamrohligida hududdagi sanoat korxonalariga tashrif buyurdi.

💠U joylarga chiqqan holda korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, mavjud imkoniyatlari, muammolari hamda ularni hal etish choralari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur tashrif davomida ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va ehtiyojlari o‘rganildi.

💠Shuningdek, tuman hokimi tadbirkorlar bilan uchrashuv davomida videoselektor yig‘ilishida bildirilgan mahalliy sanoatni rivojlantirishga doir yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Joriy yil 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan muassasalarda xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori vositalari iste’molini tartibga solish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish” masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar asosida shu sanadan boshlab mamlakat bo‘ylab “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” hamda “Favqulodda vaziyat” davri e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan Zangiota tumanida ham “90 kunlik o‘zgarishlar” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tumandagi tibbiyot muassasalarining faoliyatini yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va dori-darmon vositalarining asosli va nazoratli iste’molini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks reja ishlab chiqildi.

Xususan, bugun Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov tibbiyot sohasi xodimlari bilan uchrashib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalda samarali ro‘yobga chiqarish yuzasidan aniq topshiriqlar ham berdi.

Uchrashuv davomida mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish yo‘llari belgilandi.
Mazkur 90 kunlik davr davomida tumanda sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga, aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim islohotlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#oʻsimliklar_karantini

Fermer va tomorqa yer egalari uchun seminarlar tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirish va qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–136-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Zangiota tumanida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Zangiota tumanidagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan mahallalardagi fermerlar, dehqonlar va tomorqa yer egalari uchun texnikum va kollejlar binosida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Ushbu seminarlar davomida kooperativlar tuzish, ularning iqtisodiy foydalari, samarali faoliyat yuritish usullari, mahsulotni yig‘ishtirish, saqlash va eksportga tayyorlash kabi masalalar bo‘yicha tushunchalar va amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur tadbirlar orqali qishloq xo‘jaligida kooperatsiya tizimini rivojlantirish, fermer va tomorqachilarni yagona tizimga birlashtirish, ularning bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, seminarlarda ishtirokchilarga zamonaviy agrotexnologiyalar, ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hamda mahsulotni xalqaro talablar asosida yetishtirish bo‘yicha ham zaruriy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Zangiota tumani "Nihol" MFYdagi "Xayratiy" ko‘chasi va M-34 yo‘nalishiga chiqish yo‘llariga asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda

Qurbon hayiti arafasida aholi uchun qulaylik yaratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish maqsadida "Nihol" mahalla fuqarolar yig‘inida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Xayratiy" ko‘chasi hamda M-34 magistral yo‘liga chiqish yo‘llariga zamonaviy asfalt-beton qoplamasi mahalliy homiylar ko‘magida amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.

Shuningdek, asfaltlash ishlari Qurbon hayiti kabi ulug‘ ayyom arafasida boshlanganligi, mahalliy aholi kayfiyatini ko‘tarib, bayramni yanada fayzli o‘tkazishlariga zamin yaratmoqda.


Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi