#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi
“Aholi tomorqalari va dehqon xo'jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” gi Hukumat qarori (191-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi.
🔰Qarorga ko'ra, “Online mahalla” platformasida dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari to'g'risidagi ma'lumotlar onlayn rejimda shakllantiriladi.
📃2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqalarining yer maydonlari to'liq xatlovdan o'tkazilishi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritiladi.
✔️Shuningdek, namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun qamrab olinadi.
☑️ 2025-yil 10-aprelgacha ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigi tasdiqlanadi.
📌 2025-yil 20-aprelgacha aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urug' va ko'chatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish tashkil etiladi.
📝 2025-yil 1-maygacha mahallalarda amalga oshiriladigan “yashil” va resurs tejamkor loyihalarning manzilli ro'yxati shakllantiriladi.
❇️ Bundan tashqari, “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bog', tokzor, anorzor, gulchilik va ko'chatchilik plantatsiyalarini yaratish hamda rezavor meva yetishtirish bo'yicha yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo'lga qo'yiladi.
Manba
🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website
Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi

❗️Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlovchi ayrim xodimlarga ish stajidan kelib chiqib ustamalar to‘lanadi
🔰Hukumat qarori (206-son, 08.04.2025 y.) bilan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi budjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizom tasdiqlandi.
✔️Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi (shaharlar) byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibini belgilaydi.
📝Shaharlardagi budjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, kuyidagi miqdorlarda belgilanadi:
🔹3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;
🔹3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 foizi;
🔹5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 foizi.
✔️Oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
▪️shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ishlagan davri;
▪️xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi budjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri;
▪️«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyuran» davlat korxonasi va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi» davlat muassasasi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimiga o‘tkazilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ushbu korxonalarda ishlagan davri.

❗️Har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy etiladi
✅Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-sentabrdan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
⛔️SHuningdek, ko'p kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yerto'lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko'p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o'zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta'sir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
✔️2025-yil 1-iyuldan:
🔸barcha ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o'tkaziladi;
🔸bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;
🔸tajriba-sinov tariqasida 2025-yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat byudjeti mablag'lari hisobiga yangidan quriladigan obyektlarga videokameralar o'rnatiladi;
🔸qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish samaradorligi oshiriladi
PQ-131-son, 28.03.2025-yil.

❗️Aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga sodda va qulay javob beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi
⚡️ Farmonga ko'ra, Iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida:
🔹davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o'rtacha bozor narxi o'rtasidagi tafovutning eng ko'p yo'l qo'yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi;
🔹2025-yilning 1-iyulidan yirik investisiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o'tkazish tartibi joriy etiladi;
🔹“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yanada oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.
🗓 2025-yil yakunicha:
➖xalqaro tender obyektlari bo'yicha subpudratchilar “SHaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilinadi;
➖qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo'lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlar “Shaffof qurilish” tizimida o'tkaziladi;
➖xalqaro tenderlar bo'yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o'z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.
🗓 2026-yil 1-yanvargacha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko'rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o'zi baholaydigan tizim joriy etiladi.
Bunda aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsiy javobgarligi belgilanadi.
🌐 Sun'iy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.
Manba👈

❗️ Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi
Qonun (O'RQ-1062-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔰Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg'ilash ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.
✅ Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to'lanmaganda – muddati o'tgan qarzdorlik uning mavjudligi to'g'risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo'lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.
📋 Bundan tashqari, sug'oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug'orilmaydigan yerlar toifasiga o'tkazish bo'yicha aniq talablar belgilanmoqda,
📌 Soliq kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, yer osti suv manbalaridan suv o'lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
⛔️Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo'jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo'lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Manba
Telegram | YouTube I Fecebook

❗️ Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi
🔰 Qarorga ko'ra, vaucher quyidagilarga beriladi:
🔹 uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko'rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:
➖ Kambag'al oilalar reestri, O'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz yashovchi hamda yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga;
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;
🔹 shaxsiy yordamchi xizmati uchun:
➖ I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;
➖ ko'zi ojizlik bo'yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga;
➖ birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.
🏚 2025-yil 1-dekabrgacha Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlari huzurida o'zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.

❗️ Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Qonun (O'RQ-1063-son, 16.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
📝 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imlar yig'im turlari jumlasiga kiritildi.
✔️ Bunda pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organini xabardor qilingani to'g'risida tasdiqnomaga ega bo'lgan yuridik shaxs hamda YATTlar ushbu yig'imlarning soliq to'lovchilari deb e'tirof etiladi.
✅ SHuningdek, 2030-yil 1-yanvargacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lashdan ozod etilishi belgilandi.
❇️ Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvargacha Kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi stasionar bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etiladi:
🔹 bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo'yicha – foyda solig'ini;
🔹 ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo'yicha – mol-mulk solig'i hamda yer solig'ini.
📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

❗️ Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilar qo'shimcha ta'limga jalb qilinadi
Hukumat qarori (365-son, 14.06.2025 y.) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni maktabdan tashqari ta'limga jalb qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilarni qo'shimcha ta'limga jalb qilish hamda o'qitish xarajatlarining 80 foizini Davlat byudjetidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
✔️ Ayrim toifadagi o'quvchilar Kambag'al oilalar reestridagi oilalarning umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.
📙 O'quvchilar to'garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.
📋 O'quvchilarning ota-onalari hamda ta'lim tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish YIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
💸 Ta'lim tashkilotlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar bo'yicha 1 nafar o'quvchiga har bir to'garak uchun 1 oylik to'lov quyidagi miqdorlardan oshmaydi:
🔹 7-11 yoshdagi o'quvchilar uchun darsdan keyingi qo'shimcha ta'lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uchun BHMning 1 baravaridan;
🔹 12-18 yoshdagi o'quvchilar uchun umumta'lim fanlari, 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun xorijiy til yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 2 baravaridan;
🔹 15-18 yoshdagi o'quvchilar uchun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yo'nalishlaridagi to'garaklar uchun BHMning 4 baravaridan.
💰 To'garak to'lovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi o'quvchining ota-onasi tomonidan to'lanadi.
Manba
Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteI Instagram