Zangiota tumani hokimligi
3.38K subscribers
40.6K photos
2.91K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Rasmiy #Official #Oфициально

Tojikiston. Soʻgʻd: Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi savdo-iqtisodiy forumda ishtirok etdi

👉
Batafsil
__________

Tajikistan, Sogd: Regional delegation headed by Zoyir Mirzaev participated in trade-economic forum.

👉
In detail
_________

Таджикистан. Согд: Делегация Ташкентской области во главе с Зойиром Мирзаевым приняла участие в работе торгово-экономического форума

👉
Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Faol tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Ular orasida viloyatimizning yetakchi tadbirkorlari ham bor.

Bugun Qibray tumanida mazkur yuksak davlat mukofotlarini oʻz egalariga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan holat yuzasidan Zangiota tuman ekologiyasi inspeksiyasi joyiga chiqqan holda oʻrgandi.

Oʻrganish jarayonida hududda qurilish ishlarini olib borish uchun ruxsatnomasi bor fuqaro X.J. "Boʻzsuv" muhofaza mintaqasiga qurilish chiqindilari tashlanganligi yuzasidan tushuntirish, targʻibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, fuqaro X.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan 3 400 000 soʻm jarima qoʻllanildi. "Boʻzsuv" muhofaza mintaqasini tozalash va obodonlashtirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev raisligida bugun boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida viloyatimizda yangi lavozimda ish boshlagan rahbarlar tanishtirildi. Viloyat hokimining tegishli farmoyishi, yuqori turuvchi idoralar rahbarlarining tegishli qarori bilan:

Mirsultonov Miraziz Bahromovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Odilov Olim Homidovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Ubaydullayev Umidjon Raimqulovich Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimiga;

Isroilov Farhod Obidxoʻjayevich “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi DUK boshligʻi lavozimiga;

Olim Sulaymonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Negadir hokimlarimiz bilan uchrashgan ayollarimiz obmorkka tushib, tezyordamtalab boʻlib qolishyapti. Zangiota tumani.” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatga rasmiy munosabat.

Batafsil

🌐Telegram | YouTube I Fecebook|

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Rasmiy

“Kambagʻalikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi

Bugun viloyat hokimligida “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida masʼullar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi. Bunda har bir rahbar oʻziga biriktirilgan kambagʻal oila bilan individual shugʻullanishi, ular barqaror daromadga kirguncha faol ravishda ish olib borishi shartligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ishtirok etib, kambagʻal oilalar reyestrini shakllantirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, orzu-umidlaridan kelib chiqqan holda, istiqboldagi rejalarni tuzish, maxsus elektron platforma orqali bu tajribani qayd etib borish lozim ekanligini atroflicha tushuntirdi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari platformani qanday toʻldirish, kambagʻal oilalar reyestrini adolatli, haqqoniy yuritish boʻyicha ish olib borish tartibini videoselektorda ishtirok etgan “Mahalla yettiligi”ga koʻrsatib, batafsil tushuntirib berishdi. Toshkent viloyatida toʻplangan va samara keltirgan ijobiy tajriba kelgusida respublika miqyosida kambagʻallikka qarshi kurash jabhasiga tatbiq etilishi moʻljallanmoqda, dedi M.Olloyorov oʻz nutqida.

Yil boshida viloyatimizda jami aholining 10,2 foizini kambagʻal oilalar tashkil etgan boʻlsa, bu saʼy-harakatlar natijasida yil yakunida 7 foizga tushishi kutilmoqda. Boshqacha aytganda, bugun hududda 63 ming 9 ta kambagʻallik darajasidagi oilalar mavjud. Ularning har biri bilan individual tartibda ish olib borilmoqda.

Endilikda, viloyatda rahbarlar haftaning juma kunida oʻziga biriktirilgan kambagʻal oilalarda boʻlib, ular bilan suhbatlashadi, berilgan imtiyoz va imkoniyatlarni tushuntiradi. “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” davlat dasturida belgilangan yettita yoʻnalishda, yaʼni, turmush tarzi, ijtimoiy tafakkurini yaxshilash, rivojlantirish borasida birgalikda ish olib boradi. Masalan, oʻtgan hafta – 4-oktyabr kuni oʻtkazilgan “Kambagʻal oilada bir kecha” aksiyasi doirasida 220 nafar viloyat boshqarmalari va tuman, shaharlar sektor rahbarlari qatnashgani katta ijobiy samara keltirgan: 456 nafar inson ishga joylashgan, 367 ta oilaning farzandlari turli toʻgaraklarga jalb qilingan.     

Yigʻilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi. Majlisda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

CHIQINDIDAN QARZDOR ISTE’MOLCHILAR ELEKTR ENERGIYASIDAN UZILMAYDI

Ijtimoiy tarmoqlarda “1-noyabrdan "musor"dan qarzi borlar tо‘liq elektrdan uzilishi haqida xabarlar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabarni о‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ma’lum bо‘lishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024-yil 31-oktabr soat 23:50dan 5-noyabr soat 23:50gacha profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek Agentlik tomonidan mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishini haqida xabar bergan.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda notо‘g‘ri talqin qilinishi natijasida kо‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan isteʼmolchining chiqindi boʼyicha qarzdorlik boʼyicha ogohlantirilgandan keyin toʼlov qilmagan shaxslarning elektr uchun toʼlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi amaliyoti bо‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

Shu о‘rinda chiqindidan qarzdor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

Manba👈

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#rasmiy

Zangiota tuman saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining yangi tarkibi bilan tanishing.

Batafsil

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Zangiota tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi
.

Unda Zangiota tuman saylov komissiyasi raisi Abduvali Eshonqulovning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizomi tasdiqlandi.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimining o'rinbosari Najmiddin Sharipov ishtirok etdi hamda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan Zangiota tumani hokimi lavozimiga Erkin Rustamov nomzodi koʻrsatilganligini bildirildi.

Tasdiqlangan deputatlarning nomzod borasidagi fikr-mulohazalari tinglanib, Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining qarori bilan Rustamov Erkin Erkamovich Zangiota tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi
.

🌐Telegram | Fecebook| Website I Instagram
#rasmiy_munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi "Zangiota tumani pedagoglari: ixtiyoriy- majburiy obunaga chek qoʻyilsin" mazmunidagi murojaat yuzasidan

Zangiota tumanning "Istiqbol" gazetasi uchun obuna amalga oshirilishi faqatgina tavsiya va targ‘ibot asosida olib borilayotganini maʼlum qilamiz.

Obuna qilish jarayonida tuman korxona-tashkilotlari tomonidan faqatgina gazetaga qiziqishni oshirish va uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.

Tahririyat gazetaning mazmunini zamonaviy talablarga moslashtirish, qiziqarli va foydali maʼlumotlar bilan boyitish borasida faoliyat olib bormoqda. Asosiy maqsad — gazeta o‘z o‘quvchilariga foydali bo‘lishi va obuna jarayoni ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanishini taʼminlashdir.

Albatta, murojaatda bildirilgan taklif va fikrlar gazeta faoliyatini yanada takomillashtirishga yordam beradi. Har bir pedagogning xohishiga hurmat bilan yondashiladi va obuna bo‘lishga majburlash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi