Zangiota tumani hokimligi
3.8K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Ахборот хизмати
#jarayon
#nazorat_manzili

O`zbekiston Resbuplikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning selektor yig`ilishidagi topshirigʻining ijrosi yuzasidan Zangiota tumani hokimi A. Tamikayev tumandagi kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarida boʻlib, mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

❇️Shular qatori kuni kecha oʻrganishda boʻlgan Eshonguzar "Issiqlik manbai" korxonasidagi kamchiliklarni bartaraf qilish va xodimlarni maxsus kiyim-kechak hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida korxonaga yana bir bor tashrif buyurib jamoa xizmatlari tahsinga loyiqligini bildirdi. El xizmatida bo`lishda barchalariga kuch-quvvat tiladi

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#nazorat

Zangiota tumanida arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari savdosi  davom etmoqda va oʻz navbatida kunlik nazorat ishlari ham olib borilmoqda.

Zangiota tumani hokim o'rinbosari J. Safaraliyev hamda Zangiota tumani 4-sektor mas'ullari, DSI mas’ul xodimlari tomonidan tuman hududidagi savdo yarmarkalarida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berilishi boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli mahsulotlar, dasturxon uchun eng kerakli va sifatli noz-ne’matlar bilan boyitilgan holda toʻldirilmoqda.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#nazorat

🔰Oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti, narx-navoni barqaror ushlab turish, sifatli va arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosini tashkil etishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram | YouTube

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#qaror_va_ijro
#nazorat

🔰Toshkent viloyati hokimi, Fuqaro muhofazasi boshligʼining 2022-yil 3-mart kunidagi 4-sonli buyrugʼi hamda Zangiota tumani hokimi, Fuqaro muhofazasi boshligʼining 2023 - yil 28 - yanvardagi 15-10-138-Q/23-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hududida sodir boʼlishi mumkin boʼlgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlar yuzaga kelganda qisqa muddatda ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholi va hududlarni muhofaza qilish bo'yicha nazorat "Yig'in" xabari berildi.

🔷Maqsad Zangiota tuman Favqulodda vaziyatlar boʼlimi tomonidan Fuqaro muhofazasi tuzilmalari mexanizatsiya ishlari yigʼma komandalari va shaxsiy tarkibida yigʼma komandaning doimiy shayligini nazorat tekshiruvidan oʼtkazish bo'ldi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#nazorat
#ogohlantirish

Viloyatimiz aholisi va mehmonlari!!!

G'alla maydonlari oldidan o'tayotganingizda tamaki qoldiqlarini tashlamang va dala yaqinida turli xil chiqindilarni yoqmang!

G'alla maydonlarida yong'in yoki tutun ko'rsangiz, zudlik bilan 101 yoki 1050 qisqa raqamlariga qo'ng'iroq qilish orqali xabar berishingizni so'raymiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#nazorat

Zangiotada katta yongʻin yuz bergani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida katta yongʻin yuz bergani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

11-iyun kuni 21:41 da Zangiota tumani “Quyoshli” MFY hududidan oʻtgan m-39 avtomobil yoʻli boʻyida taxminan 150 kvadrat metr ochiq maydonda quruq oʻt yongan. Shunga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 21:47 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:50 da oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#nazorat

Viloyat hududlari boʻylab chiqindi tashlanadigan joylarga videokameralar oʻrnatilmoqda

🌐BATAFSIL

Telegram | Website | YouTube | Instagram | Facebook | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#nazorat_tadbiri

🔰Zangiota tumanidagi "Xo'jalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksi" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo kompleksida o'rganish ishlari olib borildi. Bunda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi va Zangiota tumani soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Zangiota tumani bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.

📹 Batafsil "Nurafshon TV" lavhasida

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#nazorat_tadbiri
#jarayon

NOQONUNIY O‘RNATILGAN REKLAMA QURILMALARI BARTARAF ETILMOQDA

🔰“Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosini ta'minlash va Zangiota tumanida tashqi rеklama sohasidagi faoliyatni tartibga solish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

🔰Xususan, bugun tuman hududidagi “Eshonguzar” mahallasi savdo rastalari, maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalaridagi holat tuman hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Mavlonbekova tuman   Obodonlashtirish bo‘limi bilan birgalikda o'rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rildi.

🔰Oʻrganish davomida  tumandagi noqonuniy reklama o'rnatgan hamda imloviy xatolar bilan e’lon matni yozgan tadbirkorlarga, shuningdek, tashkilot rahbarlariga “Ogohlantirish xati” berildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#ogoh_boʻling
#nazorat

Zangiota tumani "Tokzor" MFY hududida yoʻl chetlariga nomaʼlum fuqarolar tomonidan tashlab ketilgan har xil turdagi chiqindilar Zangiota tuman ekologiya xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish choralari koʻrildi.

"Zangiota obodon"ning maxsus texnikalari jalb qilinib, hudud  chiqindilardan tozalandi va onlayn rejimda ishlovchi kamera qoʻyilib hudud nazoratga olindi.

Barcha fuqarolardan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlamasliklarini, ekologik barqarorlikni saqlab qolishda o'z hissalarini qoʻshishlarini soʻrab qolamiz.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM