Zangiota tumani hokimligi
3.78K subscribers
41.2K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon

Zangiota tumani hokimi, Mahallalarni qoʻllab-quvvatlash tuman Kengashi raisi Erkin Rustamov boshchiligida muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

🔰Unda "Mahalla yettiligi"ning 2024-yil faoliyati yakunlari muhokama qilindi va 2025-yildagi ustuvor vazifalar belgilandi. Xususan, ishsizlik, kambag‘allik, jinoyatchilik, oilaviy ajrimlar va migratsiya ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilindi.

🔰 Ushbu muammolar bo‘yicha natijalari past bo‘lgan mahallalarning ishlash tizimi tanqidiy ruhda muhokama etildi.

🔰Tuman hokimi mas’ul idoralar va mahalla faollariga aniq topshiriqlar berib, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni kamaytirish va ijtimoiy muvozanatni tiklash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

🔰 Shuningdek, hududlarning kelgusi yil uchun rivojlanish strategiyalari belgilandi, muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mahallalar faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan amaliy reja ishlab chiqildi.


https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilishi davom etmoqda.

Xususan, "Tariq Teshar" mahallasida joylashgan xonadonlar va infratuzilma obyektlari o‘rganib chiqilib, mahalla aholisi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularga is gazi bilan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘in xavfsizligi hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xonadon egalari isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish, ventilyatsiya tizimini muntazam nazorat qilish va favqulodda holatlar yuzaga kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#ayollar_daftari

Zangiota tumanida "Ayollar daftari"ning oltinchi bosqichi doirasida xatlov ishlari davom etmoqda.

🔰Xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ahvolini chuqur o‘rganish, ularning muammolarini samarali hal qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qarori asosida “Ayollar daftari” ro‘yxatini shakllantirish ishlari davom ettirilmoqda.

🔰Mazkur qarorga muvofiq, Zangiota tumanidagi barcha mahallalarda keng qamrovli xatlov ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayon orqali ayollar duch kelayotgan dolzarb masalalar o‘rganilib, ularni hal etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔰Xatlovning ushbu oltinchi bosqichi jamiyatda ayollarning rolini kuchaytirish, ularning huquqlarini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#mahalla_hayotidan

🔰Zangiota tumani 2-sektorga qarashli "Obod" MFYning "Nurhayot" 2-tor ko‘chasidagi 175 metr uzunlikdagi asfaltlanmagan qismi mahalla hisob raqamiga soliqdan tushgan mablag‘lar hisobidan asfaltlanmoqda.

🔰Ushbu ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va sifatli yo‘l sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bu tashabbus mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining bir qismi hisoblanadi.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

🔰Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan yangi qurilish obyektida profilaktik ko‘rik o‘tkazildi.

🔰Tadbir davomida obyektning xavfsizlik talablariga muvofiqligi sinchiklab o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🔰Shu bilan birga, qurilish maydonida ishlayotgan xodimlarga yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga oid amaliy tushuntirishlar o‘tkazildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#mahalla_hayotidan

Zangiota tumani "Nazarbek" hududi "Farobiy" MFY faollari tashabbusi va aholi homiyligida "Hamjixat" ko‘chasida asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

Mahalla faollari va homiylar sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilgan bu tashabbus, jamoatchilikning birdamligini namoyon etuvchi yana bir namuna bo‘ldi.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Ayni damda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov boshchiligidagi ishchi guruh Nazarbek shoh ko‘chasi bo‘ylab noqonuniy qurilish va obyektlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Ushbu guruh tarkibiga sektor rahbarlari, mas’ul korxona va tashkilotlarning rahbarlari kiritilgan boʻlib, oʻrganish davomida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar rejalashtirilmoqda.

Ushbu sa’y-harakatlar hududda qonuniylikni ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#qishloq_xoʻjaligi
#amaliy_seminar

🌱ZANGIOTADA QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH KOʻPAYTIRILADI

Zangiota tumani "Navro‘z" hududida “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridan samarali foydalanib mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xurshid Ergashev, boshqarma rahbarlari, Zangiota tumani hokimligi mutasaddilari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.

Batafsil👈
____

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Zangiota tumani FVB xodimlari va "Zangiotatumangaz" gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida "Ahilobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan aholi xonadonlari o‘rganib chiqildi.

Tadbir davomida fuqarolarga is gazi, havo-gaz aralashmasi chaqnashi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan eslatmalar tarqatildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi