Zangiota tumani hokimligi
3.8K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#taʼlim

🔰Zangiota tumani 14-umumta'lim maktabida o'quvchilarni maktabdan keyingi ta'limga yo'naltirish bo'yicha Koreya Kyungbuk o'rta maktabi (kollej) , Fan va texnologiya universiteti hamda Ajou universitetidan o'qtuvchilar kelib taqdimot qilishdi.

🔰 Oʻquvchilar bilan suhbat jarayonida oliygohlardagi yo'nalishlar haqida ma'lumot berishdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🔰 Horijiy tillardan koreys tili oʻqitiladigan ushbu maktab oʻquvchilarining koreys tilida ravon gaplashishlarini koʻrib OTMdan tashrif buyurgan ustozlar yuzida mamnunlik hissi uygʻondi. Ularni oʻz taʼlim maskanlarida talaba sifatida koʻrish istaklari borligini bildirishdi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Zangiota_tumani
#taʼlim

🔰Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Maʼrifat ulashib" loyihasini amalga oshirish maqsadida Yaponiya raqamli universiteti va Toshkent viloyati Zangiota tumani 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda olima, bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🔰Tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan shoiraning sheʼr va qoʻshiqlari ijro etildi. "Mikrob, virus va salomat qiz" asari sahnalashtirildi.

🔰Yaponiya raqamli universiteti prorektori hamda shu universitetning Maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektori X.Xotamov oʻquvchilarga universitet faoliyati va to bugungi kunga qadar erishgan yutuqlari, yaratilgan shart-sharoitlari xususida maʼlumot berishdi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#taʼlim_tizimi

🔰Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar tahsinga loyiq.

🔰 Bugun Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimlari bilan tumanda ta’lim sohasida amalga oshiralyotgan ishlar va ustuvor vazifalar bo‘yicha fikr almashdi.

🔰 Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’lim sohasidagi bir qator ustivor vazifalar amalga oshirilishi belgilab berilgan edi. Bugungi muhokama yigʻilishida ham mazkur vazifalar ijrosi tahlil qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

🔰Xususan, 2024-yil yakuniga qadar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustivor vazifalar tuman hokimi tomonidan belgilab, manzilli topshiriqlar berildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#taʼlim
#ochiq_eshiklar_kuni

🔰Oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida tahsil olishga jalb etish maqsadida ushbu maskanlarda muntazam ravishda ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda.

🔰 Xususan, Zangiota tumanida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabda ham umumta'lim maktabi o'quvchilari va ularning ota-onalari uchun ana shunday tadbir bo'lib o'tdi.


📹 Batafsil "Nurafshon TV" lavhasida.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача ва мактаб таълими сифатини ошириш, педагоглар малакасини ошириш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества дошкольного и школьного образования, совершенствованию системы повышения квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hashar
#taʼlim

"Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

🔰 Zangiota tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi va uning tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari "Mahalla obod-yurt obod" umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.

🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami arafasida taʼlim muassasalarida boʻyoqlash, tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

📷Jarayon fotolavhalarda👆

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fikr
#taʼlim

🔰 - Bugungi kunda Yurtboshimizning tashabbuslari bilan ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, o'qituvchilarga ko'rsatilayotgan e'tibor va o'qituvchi maqomini hattoki konstitutsiyada qayd etilishi, bularning barchasi ta'limga berilayotgan imkoniyatlar va e'tiborning yorqin namunasidir, - deydi Zangiota tumani 32- maktab rahbari Nilufar Muhitdinova.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
#taʼlim

🔰Zangiota tumani 40- umumtaʼlim maktabida "Sentyabr - O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini madh etish oyligi" doirasida "Jadidlar izidan" haftaligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

🔰Ushbu tadbirda taniqli siyosiy sharhlovchi va O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov ishtirok etdi.

🔰Tadbir davomida Qobilbek Karimbekov o'quvchilar bilan o'zaro fikr almashish, tarixiy shaxslar va jadidlarning O'zbekiston tarixi va madaniyatidagi o'rni haqida batafsil maʼlumot berdi. O'quvchilarga o'z Vatanimizning mustaqillik yo'lidagi muhim bosqichlari, jadidlar harakatining maqsadlari va bugungi kunda yosh avlodning o'z tarixini anglashdagi roli haqida soʻz yuritdi.

🔰Tadbir yakunida ishtirokchilar o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar, savollar berishdi, shuningdek, jadidlar va mustaqillik mavzulariga oid qiziqarli fikrlar bilan bo'lishdilar.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook|

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#taʼlim_eʼtirof

🔰Ta'lim sohasida bir necha yildan beri ishlab kelayotgan, o‘z kasbining fidoyi xodimlari ko‘p.  Ana shulardan biri  Zangiota tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Xabibullina Vinera Salixovna  Davlatimiz rahbari tomonidan "1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylar" kunida "Do‘stlik"  ordeni bilan taqdirlandi.

"Yangi kunda yana birganiz" dasturi mehmoni  Xabibullina Vinera Salixovna boʻldilar.


🌐Telegram | YouTube I Fecebook|

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#hujjat
#taʼlim

Tumandagi umumta’lim maktablariga musiqa cholg‘u asboblari xarid
qilish xarajatlari uchun mablag‘ ajratish toʻgʻrisida


Tegishli qarorlarga muvofiq Zangiota tumani hokimi tuman mahalliy budjetining 2024-yil II chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan tumandagi umumta’lim maktablariga musiqa cholg‘u asboblari xarid qilish xarajatlari uchun mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#hujjat
#taʼlim

Zangiota tumandagi umumta’lim maktablarini harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi targ‘ibot materiallari bilan jihozlash xarajatlari uchun
mablag‘ ajratish to‘g‘risida

Tegishli qarorlarga muvofiq Zangiota tumani hokimining tuman mahalliy budjetning 2024-yil II chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan tumandagi umumta’lim maktablarining CHQBT xonalarini harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi targ‘ibot materiallari bilan jihozlash xarajatlari uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi farmoyishi imzolandi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi