Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
41.4K photos
2.99K videos
47 files
14K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#oʻrganish_issiqxona

Zangiota tumanida qish mavsumida barqaror ishlayotgan issiqxonalarning faoliyati va ularni samarali isitish tizimi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🔰Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo'yicha birinchi o‘rinbosari X. Qoraboyev, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov hamda tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari A. Hikmatov issiqxonalarning faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔰Tashrif davomida issiqxonalarning ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan isitish tizimi, mahsulot yetishtirish jarayoni hamda fermerlarning duch kelayotgan muammolari muhokama qilindi.

🔰Shu bilan birga, issiqxona xo‘jaliklarining energiyadan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va bozorga barqaror yetkazib berish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔰Mutasaddilar tashrifi natijasida tuman hududidagi issiqxona xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram I Fecebook
|Website