Zangiota tumani hokimligi
3.45K subscribers
40.8K photos
2.94K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#mehnat yarmarkasi
#bandlik

Zangiota tumani 1-sektor hududi "Eski qal'a" MFYda mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

📌 Unda bo'sh ish oʻrinlari, kasanachilik bo'yicha takliflar ilgari surildi.

⭕️Banklar tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" dan ajratilgan kreditlardan foydalanib o'z tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning 18 turdagi mahsulotlari namoyish etilib, aholini ikki karra kambag'allikdan chiqarish bo'yicha kasanachilik ishlari taklif qilindi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев камбағалликни қисқартириш ва бандликни ошириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по сокращению бедности и повышению занятости.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #kambagallikniqisqartirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#bandlik

Zangiota tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

🔰Unda ishsiz qolgan va band bo‘lmagan fuqarolarni doimiy ish bilan ta'minlash maqsadida "Eski qal’a" MFY binosida 1-sektor hududida joylashgan 11 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining mavjud 170 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etib doimiy ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga ma'lumotlar berishdi.

🔰Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad esa bir martalik (kunlik) ish bilan ta’minlanadigan fuqarolar va ish topishda qiynalayotgan ishsiz fuqarolarning bandligiga ko’maklashish bo'ldi.

🔰Unda 126 nafar ishsizlardan 16 nafar fuqaro ishga joylashish uchun, 11 nafar fuqarolar kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi. 34 nafar fuqarolarga o’zlarining murojaatlari bo’yicha huquqiy maslahat berildi.

🔰O‘tkazilgan tadbirda 1-sektordagi MFY raislari, xotin-qizlar faollari faol ishtirok etdilar.

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#hokim_yordamchilari
#bandlik

Hokim yordamchilari aholining munosib hayot kechirishiga hissa qo'shmoqda

Zangiota tumaninida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari o'z hududlarida ishsiz aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga munosib sharoitlar yaratishda muhim rol o‘ynamoqdalar.

Aholi xonadonlaridagi mavjud holatni o‘rgangan holda ularga amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirmoqda, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini ko‘rmoqda.

Xususan, ishsiz yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilib, ularning bandligini ta’minlashga va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashmoqdalar.

Qolaversa, ular tomorqadan unumli foydalanishni,uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi faoliyat turlarini yo‘lga qo‘yishni targ‘ib qilib, amaliy yordam ko'rsatmoqdalar.

📷"Asil", "Xo'jamozor", "Keng kichik" MFY hokim yordamchilari faoliyatdan.

Telegram
#bandlik
#yoshlar

Toshkent viloyati Zangiota tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi hamda 4-sektor hamkorlikda 38-sonli o’rta ta’lim maktabi binosida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasini o’tkazdi.

Unda 4-sektor hududida joylashgan 27 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 826 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

🔰2022-2023 yil bitiruvchilari, harbiy xizmatni o’tab kelgan yoshlar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganlar va ish topishda qiynalayotgan ishsiz fuqarolarning bandligiga ko’maklashish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda 193 nafar ish qidiruvchi qatnashgan bo‘lsa, yarmarka natijasiga ko‘ra, 21 nafar fuqarolar ishga joylashish uchun yo’naltirildi, 13 nafar fuqarolar kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi, 68 nafar fuqarolarga o’zlarining murojaatlari bo’yicha huquqiy ma’lumotlar berildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 ‌‌https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#mehnat_yarmarkasi
#bandlik

Zangiota tumani Madaniyat saroyida "Ishga marhamat" deb nomlangan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tuman prokurori tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan yirik korxona vakillari bilan birga tumandagi bo'sh ish o'rinlari bilan mavjud korxona va tashkilotlar ham qatnashishdi. Ular ish izlovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berib, yaratilagan shart-sharoitlar haqida batafsil tushuncha berishdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:
👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини ошириш ҳамда тадбиркорлик соҳасидаги мажбурий талабларни қисқартиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению занятости населения и сокращению требований в сфере предпринимательства.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #tadbirkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар бандлигини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения занятости молодежи.

#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon
#bandlik
#sektorlar_faoliyati

Zangiota tumani hokim oʻrinbosari Sherzod Berdiyev, sektor rahbarlari, tuman Kambagʻalikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish boʻlimi
hamkorligida hududiy sektorlar kesimidagi MFY faollari bilan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Har bitta sektorda xotin-qizlar, hokimi yordamchilari bilan faoliyatlari davomida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash,  migrantlar bilan ishlash, ular bilan aloqaga chiqish, aholini bandligini ta'minlash, yoshlar,  xotin-qizlar bandligini ta'minlash, yaratilgan imtiyozlar bilan ularni tanishtirish yuzasidan bo'yicha uchrashuvlar tashkil etildi. Kelgusida bajariladigan ishlar chora-tadbirlari belgilab olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bandlik

🔰 Zangiota tuman bandlikka koʻmaklashish va kambagʻallikni qisqartirish markazi hamda Probatsiya guruhi tomonidan navbatdagi ishga marhamat mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Unda nazorat ostida turuvchi 16 nafar fuqaro ishtirok etdi.

🔰 Dastlab, ishtirokchilar bilan belgilangan qoida va tartiblarga rioya etish, halol mehnat bilan shug‘ullanish, qonunlarga itoat etish borasida profilaktik suhbat olib borildi.
Shundan soʻng 4 nafariga bandlik tomonidan yoʼllanmalar berildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bandlik

Zangiota tumani “Qirguzar” mahallasi Nazarbek shoh ko‘chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi M.Oqilovaga hokim yordamchisi ko‘magida tikuvchilikni rivojlantirish maqsadida tikuv mashinalari olib berildi.

M.Oqilova “Ayollar daftari” 1-toifasida turgan bo‘lib, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2023-yilda 10 million kredit olib, ish boshlagan edi.

Bugun tadbirkor sifatida faoliyatini kengaytirib, 100 million kredati ajratildi va o‘zi kabi 2 nafar ayolni ish bilan ham ta’minladi.

Aytish mumkin, Qirguzarda joriy yil 6 oyi davomida 5 nafar fuqaroga ana shunday 100 millionlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bandlik #Employment #Бандлик

“Qirsadoq tajribasi” viloyat boʻylab ommalashtirilmoqda

👉 Batafsil
____________

"Kirsadok experience" is being popularized throughout the region

👉 In detail
____________

«Кирсадокский опыт» популяризуется по всей области

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#bandlik

Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan Zangiota tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan 2-sektor hududi "M.M.Xorazmiy" MFYda joylashgan 8- o’rta ta’lim maktabi binosida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔰Tadbir davomida 2-sektor hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi va sektor hududidan 15 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 94 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
🔰Yarmarkada 57 nafar ish qidiruvchilar (15 nafar yoshlar, 21 nafar ayollar) qatnashgan bo‘lsa, yarmarka natijasiga ko‘ra, 10 nafar fuqarolar (5 nafari yoshlar, 4 nafari ayollar) ishga joylashish uchun yo’naltirildi, 7 nafar fuqarolar (4 nafar yoshlar, 2 nafar ayollar) kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi, 26 nafar fuqarolarga o’zlarining murojaatlari bo’yicha huquqiy ma’lumotlar berildi hamda o’zini o’zi band qilishga ko’maklashildi.
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bandlik

Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan Zangiota tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan 3-sektor hududi "Harakat" MFYda joylashgan “Agrotexnologiyalar texnikumi” binosida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

🔰Tadbir davomida 3-sektor hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi va sektor hududidan 10 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 72 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
🔰Yarmarkada  52 nafar ish qidiruvchilar (11 nafar yoshlar, 23 nafar ayollar) qatnashgan bo‘lsa, yarmarka natijasiga ko‘ra, 10 nafar fuqarolar (2 nafari yoshlar, 6 nafari ayollar) ishga joylashish uchun yo’naltirildi, 5 nafar fuqarolar (3 nafar yoshlar, 2 nafar ayollar) kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi, 21 nafar fuqarolarga o’zlarining murojaatlari bo’yicha huquqiy ma’lumotlar berildi hamda o’zini o’zi band qilishga ko’maklashildi.
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bandlik

Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan Zangiota tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan 4-sektor hududi "Chinor" MFYda joylashgan “2-son kasb-hunar maktabi” binosida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


🔰Tadbir davomida 4-sektor hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi va sektor hududidan 12 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 78 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

🔰Yarmarkada  57 nafar ish qidiruvchilar (10 nafar yoshlar, 19 nafar ayollar) qatnashgan bo‘lsa, yarmarka natijasiga ko‘ra, 15 nafar fuqarolar (4 nafari yoshlar, 7 nafari ayollar) ishga joylashish uchun yo’naltirildi, 5 nafar fuqarolar (2 nafar yoshlar, 3 nafar ayollar) kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi, 13 nafar fuqarolarga o’zlarining murojaatlari bo’yicha huquqiy ma’lumotlar berildi hamda o’zini o’zi band qilishga ko’maklashildi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi