Zangiota tumani hokimligi
3.8K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#KUN_NAFASI
💎Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan


💐Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida baxt va sadoqat kuychisi, shoira Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 yilligi munosabati bilan “So‘limaysiz siz bahor gullari” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

💐Tadbirda Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mazkur tadbirga mahalla faollari hamda ota-onalar ham taklif qilindi.

💐Shoiraning tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbirlar tumandagi barcha ta’lim muassasalarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook