Zangiota tumani hokimligi
3.74K subscribers
44.1K photos
3.29K videos
49 files
15K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#munosabat

🌐 Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holat yuzasidan Ekologiya boshqarmasi Zangiota tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan oʻrganish ishlari olib borildi.

Jarayonda Zangiota tumani "Turopobod" MFYda yashovchi fuqaro I.Sh tomonidan "Damariq" kanali boʻyiga, belgilanmagan joyga uyidan chiqqan chiqindini tashlab ketganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaroga tushuntirish ishlari olib borilib MJtKning tegishli moddasiga asosan BHMning 1 barobari miqdorida jarima chorasi qoʻllanildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani "Fayz" MFY “Temiryo‘l” ko‘chasi ancha yillardan beri abgor ahvoldaligi, yog‘ingarchilik mavsumida loy va ko‘lmak bo‘ladigan ushbu yo‘ldan ayniqsa qariyalar va bolalar qatnashda qiynalayotgani" ta’kidlangan murojaat boʻlgan.

🔰Ushbu yoʻl hozirgi kunda homiylar koʻmagida shagʻallashtirilgan. Ichki yoʻl boʻlganligi sababli "Tashabbusli byudjet" loyihasida qatnashish orqali muammo bartaraf etilishi bildirildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Zangiota tumanidagi dehqonlarga ekinlarni sug‘orish uchun  kanalda suv bo‘lishiga qaramay, kichik ariqlarga suvni ochishga ruxsat berilmayotgani" xususida tanqidiy fikr bildirilgan.

Murojaatchi manzilni aniq koʻrsatmagan boʻlsada ayni kunlarda tuman dala maydonlarida sug'orish borasida muammolar yoʻqligini bildiramiz.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent viloyati hokimi qaroriga ko‘ra tadbirkorga biriktirib berilgan Zangiota tumanidagi chiqindi xizmati ko‘rsatilishidan “O‘rta ovul” MFY, “Katta chinor” MFYda yashovchi aholi norozi" bo‘layotgani ta’kidlangan murojaat joylangan.

Ushbu holat masʼullar tomonidan nazoratga olindi. Chiqindilarni olib chiqib ketish reja-grafikka muvofiq tashkil qilingan va shu tartibda ishlar olib boriladi.

Izoh👈

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda Eshonguzar qoʻrgʻoni Markaziy shox koʻchasidagi xonadonda yongʻin kelib chiqqani xususida

Eshonguzar qoʻrgʻoni Markaziy shox koʻchasidagi xonadonda sodir boʻlgan yongʻin Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

⚡️Keyingi soatlarda batafsil maʼlumot beriladi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda joylangan murojaatga asosan Zangiota tumani Ekologiya boʻlimi xodimlari joyiga chiqib oʻrganish olib borishdi.

🔰O'rganish natijasida Zangiota tumani  "Oybek" MFY hududida qurib qolgan daraxt shoxlarini Zangiota tumani obodonlashtirish xodimlari tomonidan butalanganligi aniqlandi. Yaʼni, piyodalar yurish yoʻlakchalari, yoʻldan qatnovchi avtotransport vositalariga, shu hududda yashovchi aholi mulklariga ziyon yetkazish ehtimoli borligi va koʻchalarning dekorativ xususiyatiga taʼsir koʻrsatayotganligi sababli butalanganligi maʼlum boʻldi.

🔰Holat boʻyicha obodonlashtrish maʼsullariga daraxtlarning tag qismidan kesmasligi yuzasidan ogohlantirish berildi.

🌐TelegramFecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqda Zangiota tumani "Quyoshli" mahallasi, "Yangi hayot" koʻchasida yashovchi fuqaroning "ichimlik suvi isteʼmolga yaroqsiz" mazmunidagi joylangan murojaatini tegishli masʼullar nazoratga oldi.

Mazkur muammo yechimi borasida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi bolalar qabul bo‘limida soat 10 dan oshdi lekin bitta ham shifokor yo‘qligi aytilmoqda” mazmunidagi murojaat bo‘yicha rasmiy munosabat.

Zangiota tumani tibbiyot birlashmasi ma’muriyati shuni ma’lum qiladi.

Holat yuzasidan 2024-yil 4-avgust kuni navbatchi shifokor Yo.To‘raqulov betobligi sababli rahbariyatni ogohlantirmasdan ishga kelmagan.

Markaziy shifoxonaning navbatchilikdagi masʼul shifokoriga xabar berilgan va navbatchilikka boshqa shifokor chaqirtirilgan.

Shifokor kelguniga qadar bir soat vaqt o‘tgan bu vaqtda bemorlarni bolalar reanimatsiya bo‘limi navbatchi shifokori ko‘rikdan o‘tkazib turgan.
Loqaydlikka yoʻl qo‘ygan shifokorlarga intizomiy jazo choralari ko‘rib chiqiladi.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

🗞“Adolat ko‘zgusi” gazetasida “Advokatlar ham yordam bermagan muammoni gazeta hal qilishiga ishonaman!” sarlavhali materialda Zangiota tumani, “Nazarbek” MFY hududida joylashgan “Aziz Mirishkor Fayz bog‘i” f/x rahbari Toshkent shahridagi “Tolibjon Nabijon” nomli fermer xo‘jaligi rahbarining hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.  

🔰Nizoli vaziyatlar sudning hal qiluv qarori bilan yechim topilishini inobatga olib, fuqaroga tushuntirish ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#munosabat

🌐Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani "Tariq teshar" MFY "Teshik ko‘prik" oldida yuzaga kelgan katta tirbandlik haqida video tarqaldi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida Zangiota tumani IIB YXXBga biriktirilgan "Captiva" rusumli davlat belgisi 01055VSG bo‘lgan avtomobilning old mayoqchasini yoqqan holda Zangiota tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi
fuqarolarni osoyishta harakatlanishi, tirbandlikda turib qolmasligini oldini olish maqsadida qolgan avtoulovlarga halaqit bermagan holda shunday harakatlanishga majbur bo'lgan va tirbandlikni bartaraf qilgan. Oʻz xizmat vazifasini sidqidildan bajargan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tanqidiy postdagi izohlar ham buni isbotlab turibdi.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi