Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#tanlov
#yosh_kitobxon

📚YOSH KITOBXONLAR BELLASHDILAR

🔖Zangiota tumanidagi 14- maktabda O‘zbekiston Kasaba uyushmasi Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi qarori ijrosini ta'minlash hamda o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida "Yosh kitobxon" tanlovi o‘tkazildi.
📖Tanlovda tumandagi barcha maktablarning kitobsevar o‘quvchilari ishtirok etib, test topshiriqlarini yechish va og‘zaki savol-javob shartlarini bajardilar.

📌Bellashuvda ishtirok etgan O‘zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashidan Shuhrat Jalilov, Toshkent viloyati ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi ma'sul tashkilotchisi Ravshanoy Gaziyeva va Zangiota tumani ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi Gavhar Mo`minova hamda maktab rahbariyati o‘quvchilarga omad tilab, o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#zakovat
#yosh_kitobxon

🔰Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 14-umumtaʼlim maktabi bilan hamkorlikda 5-sinf oʻquvchilari oʻrtasida yozuvchi Tohir Malikning “Alvido… bolalik” qissasi yuzasidan “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

🔰Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar yuqori bilim darajalari va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlari bilan hakamlar hayʼatini mamnun qildilar. Oʻyin jamoalarning durrang natijasi bilan yakunlandi. Ishtirok etgan guruhlar va ularning ustozi Axborot-kutubxona markazi tomonidan badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar. Tadbir doirasida yangi kelgan bolalar adabiyotlari, jumladan rus yozuvchisi I.A.Krilov asarlari yuzasidan kitob ko’rgazmasi tashkil qilinib, o’qish uchun tavsiya qilindi. O’quvchi-yoshlar uchun kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi va ular o’zlari qiziqqan kitoblarni o’qish uchun oldilar.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi