Zangiota tumani hokimligi
3.45K subscribers
40.8K photos
2.94K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA "YOSHLAR UCHUN MING KITOB" LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligiga jahonda mashhur boʻlgan 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinishi va mamlakatimizda ommalashtirilishiga qaratilgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi ijrosini bajarish belgilangan boʻlib, bu boʻyicha amaliy ishlar Toshkent viloyatida ham boshlandi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, viloyatda 2024-yildan boshlab har yili hududlardagi axborot-kutubxona muassasalari fondlarini toʻldirish, yangilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjeti hamda mahalliy byudjetlardagi zarur mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

Bunda xorijiy tajriba oʻrganilgan holda, naʼmuna sifatida viloyatdagi bittadan axborot-kutubxona muassasasida adabiyotlar hisobini yuritish, saqlash va raqamlashtirish, aholiga zamonaviy kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA MUKOFOTI 100 MILLION SOʻM MIQDORDAGI "YONGʻIN XAVFSIZLIGI AʼLOCHISI" TANLOVI OʻTKAZILADI

2024-yildan boshlab har yili "Yongʻindan ogohlik" umummilliy kompaniyasi doirasida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida "Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi" tanlovi oʻtkazib boriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus elektron axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Mazkur tanlov gʻolibiga 100 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi hamda uning faoliyati ikki yil davomida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tekshirilmasligi kafolatlanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA IHOTA DARAXTZORLARI BARPO ETILADI

Toshkent viloyatida 2024-2026-yillarda ihota daraxtzorlarini barpo etish choralari ko‘riladi. Bunda, ko‘chatlar ekilishi ko‘zda tutilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xatlovdan o‘tkazilib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyiha-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori imzolandi.

2024-yildan boshlab yomg‘ir suvlarini to‘plash uchun membrana (rezervuar)lar tashkil etish hamda zamonaviy suv resurslarini tejash uslublari orqali daraxt va butalarni sug‘orish tizimini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Viloyat mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Toshkent viloyatida mahallani qo'llab-quvvatlash kengashi tashkil etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek qarorda, kengash a'zolari tarkibi hamda bajaradigan vazifalari keltirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_qarori

Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarida ijara to'lovi narxlari o'zgardi

Toshkent viloyatidagi bozor va savdo komplekslari ma'muriyati tomonidan 2024-yilda undirib olinadigan bir martalik yig'imlar, ijara to'lovlari va ko'rsatilgan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari joriy etildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, xalq iste'moli mollari, poliz ekinlari, gul va ko'chatlar, idishli hamda o'ramli tovarlar sotishda belgilangan savdo o'rinlarining hajmi va narxlari tasdiqlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Koʻp qavatli uylarga quyosh panellari oʻrnatiladi

Yangi foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlarining boʻsh qismini kamida 50 foizida quyosh panellari oʻrnatiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek qarorda, 2024-yilning 1-fevralidan "Yashil energiya" axborot tizimi toʻliq funksional rejimda ishga tushirilishi va hududlarda oʻrnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisoboti kiritib borilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Ekologiya sofligini taʼminlash borasida bir qancha tartiblar joriy qilindi.. Obodonlashtirish sohasi ishchilari farzandlariga kontrakt toʻlovi toʻlab beriladi

Endilikda avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini tasvirga olish dasturiy-texnik vositalari fuqarolar tomonidan chiqindi tashlash holatlarini ham qayd etadi va bu tegishli tartibda jarimalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Yaʼni, "Xavfsiz shahar" integratsiyalangan tizimi doirasida kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari boʻyicha ishchilari xizmatlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, ularga har oy 100 tadan velosiped ajratilishi va boshqa mukofotlar berib borilishini yoʻlga qoʻyish belgilandi.

Shu bilan birga, yuqoridagi sohalarda har yili kamida 10 yil sadoqatli xizmat koʻrsatgan xodimlar uchun "Tabiat uygʻunligi himoyachisi" tanlovi oʻtkaziladi hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktning toʻliq summasi toʻlab beriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Joriy yil 1-maydan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida belgilanadi.

Nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlashni toʻxtatmagan holda, 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati berildi.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Viloyatda tumanlar eksportbop ekin yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Toshkent viloyatida tumanlarni eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Joriy yilda Boʻka, Yangiyoʻl, Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlari eksportbop ekinlar yetishtirishga ixtisoslashtiriladi hamda mazkur tumanlarga 10 nafardan eksportyorlar biriktiriladi.

2024-yil yakuniga qadar meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshiriladi. Shuningdek, barcha shahar va tumanlarda aholi tomorqa yer maydonlarida bahorgi, takroriy va toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish orqali 3 marotaba hosil olishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish prognoz koʻrsatkichlari ham ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bogʻliq loyihalarga (qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno) 100 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi. Muzlatkichli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlash, quritish va qayta ishlash sexlari aholiga 12 oyga boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga berilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatida "Ekologik transport" tizimi joriy etiladi

Joriy yilning 1-iyun sanasidan boshlab barcha toifadagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish yuzasidan "Ekologik transport" tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Hududlarni ulardagi atmosfera havosi bilan bogʻliq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilgʻor xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida "yashil", "sariq" va "qizil" ranglar bilan belgilanadigan "toza", "oʻrta" va "zararli" ekologik zonalarga ajratib boriladi.

Shuningdek, transport vositalarining normativlarga mosligi darajasini avtomatik baholash tizimiga asosan, diagnostika tekshiruvi jarayonida aniqlash va natijalari boʻyicha qalbakilashtirishdan himoyalangan hamda elektron belgiga ega boʻlgan ekologik stikerlar berish orqali transport vositalarini "yashil", "sariq" va "qizil" ranglar bilan belgilanadigan "toza", "oʻrta" va "zararli" ekologik toifalarga ajratib boriladi.

Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya toʻlovlarini joriy etish yohud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taʼqiqlanishi joriy qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
#Hokim_qarori

Ehtiyojmand oilalarga kommunal toʻlovlarda yordam beriladi

Viloyatda ehtiyojmand oilalarga tabiiy gaz hamda elektr energiyasi xarajatlarining bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmol qilgan qismiga kompensatsiya toʻlab beriladi.

Yilning noyabr-fevral oylarida isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga toʻlovlarda yordam boʻlishi maqsadida, noyabr oyida 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlar 100 foiz oldindan amalga oshiriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatidagi Yangiyoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Angren shahar 2-son kasb-hunar maktabida kasb (mutaxassislik) va chet tiliga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, xorijda maqsadli ishlash istagi boʻlgan yoshlarning manzilli roʻyxati shakllantirilishi hamda ularni mazkur oʻquv kurslariga jalb etilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
#Hokim_qarori

Viloyatda "Ayollar reabilitatsiya markazi" tashkil etiladi

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi balansida boʻlgan, "Oppoq" MFY hududida joylashgan 0,1503 gektar yer maydoni va 473,88 kv metr boʻlgan bino Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasiga ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur yer maydonida Toshkent viloyati "Ayollar reabilitatsiya markazi" tashkil etilishi belgilangan.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Hokim_qarori

Viloyatda suv xoʻjaligi tizimi yanada takomillashtiriladi

Toshkent viloyatida suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinib, sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi. Xususan, suv resurslarini boshqarish borasidagi faoliyatga uchinchi shaxslar, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuvi taʼqiqlandi.

Joriy yil 1-iyuldan boshlab Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tuzilmasidagi tashkilotlar xodimlarining oyliklari oshiriladi hamda 2025-yildan boshlab koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish maqsadida, har oyda ustamalar berib boriladi. Shuningdek, 2024-yilning 1-yanvar sanasidan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taʼqiqlandi.

Shu bilan birga, 15-avgustga qadar tabiiy suv obyektlarining suv fondi yerlari Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tegishli foydalanuvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Hokim_qarori #Decree_of_the_governor
#Pаспоряжение_хокима

Viloyatning barcha hududlarida “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil etildi

👉 Batafsil
____________

A "Mahalla Service Company" is established in all areas of the region

👉 In detail
_____________

Во всех регионах области будут организованы "Маҳалла сервис компанияси"

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori #Governor's_decision #Решение_хокима

Barcha hududlardagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatish uchun 4 yarim millarddan ziyod mablagʻlar yoʻnaltirildi

👉 Batafsil
_____________

More than 4.5 billion soums is allocated for the installation of solar panels in the homes of low-income families in all regions

👉 In detail
_____________

Для установки в дома, где проживают малообеспеченные семьи, во все регионы области направляются более 4,6 миллиарда сумов

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Hokim_qarori #Governorʼs_decision #Решение_хокима

Toshkent viloyati hokimligining “Ishonch telefoni” yangi Nizom asosida qaytadan tashkil etildi

👉
Batafsil

——

The "Trust Phone" of the Tashkent regional government has been restructured based on the new regulation

👉
In detail

——

Служба "Телефон доверия" Ташкентского областного хокимията переобразована на основании нового Положения

👉
Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter