Zangiota tumani hokimligi
3.8K subscribers
41.1K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Maxsus_dayjest

2022-yil yakuniga yetmoqda. Viloyatimiz ahli dilda shukronalik bilan eski yilni kuzatib, quvonch va hayajon bilan yangi yilni qarshi olmoqda. Qisqa satrlarda shukuhli voqealar haqida xabar beramiz.

🔘
Bekobod shahri. Bayramni betalofat oʻtkazish uchun puxta taraddud koʻrilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Mingbuloq, Qirsadoq, Sohibkor va Said ota MFYlarda bayram tadbirlari oʻtkazildi.

🔘Qibray tumani.Bolaning begonasi boʻlmaydi” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun bayram aksiyasi oʻtkazildi.

🔘Zangiota tumani. Madaniyat bogʻida Prezident sovgʻalari oʻz egalariga topshirildi.

🔘Ohangaron tumani. Maxsus daftarlarda turuvchi 32 nafar fuqaroga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

🔘Boʻka tumani. Yangi yil archasi atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun reydlar oʻtkazildi.

🔘Olmaliq shahri. Shahar hokimi tozalik fidoyilariga bayram sovgʻalarini ulashdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tadbirkorlik boshlash istagidagi 181 nafar fuqaroga ish anjomlari sovgʻa qilindi.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi 102 yoshli urush faxriysini bayram bilan qutlab bordi.

🔘Chirchiq shahri. Yolgʻiz va eʼtiborga muhtoj keksalar holidan xabar olindi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Audio
#Maxsus_dayjest

Ayni kunlarda yurtimizda qishning sovuq va sinovli kunlari boshlandi. Tabiiyki bunday ob-havo sharoitida elektr ta’minotiga boʻlgan ehtiyoj ortadi. Toshkent viloyati hududlarida talab etilayotgan elektr energiya ta’minotidagi olib borilayotgan ishlarning amaliy jarayonlari bilan mazkur dayjestda tanishing.


🔘Qibray tumani. Aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida tezkor guruhlar tashkil etilgan.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Nurafshon MFY ga 400 kVA va Yangihayot MFY ga 630 kVA li qo'shimcha transformatorlar o'rnatildi.

🔘Yangiyoʻl tumani va Zangiota tumani Sohaning kun qahramonlari fotojarayonlarda

🔘Bekobod shahri. Ko'p qavatli uylarning elektr ta'minotidagi avariyaviy holatlari ta'mirlanmoqda.

🔘Toshkent tumani. Guliston hamda Ko‘ksaroy hududlarida avariya holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. 4-sektor xududining "Ko'ksaroy" va "Beruniy" MFYlarida xatlov natijasida ishchi guruh tomonidan aniqlangan muammolarga tegishli tashkilotlar jalb qilingan.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Maxsus_dayjest

Sovuq kunlarda elektr energiyasiga boʻlgan talab ortishi tabiiy hol. Yuqori darajadagi yuklama esa baʼzida avariya holatlarini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi noxush holatlarning oldini olish maqsadida hududlarda soha xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔘
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi. Chirchiq shahar kengashi deputati hamda bloger murojaati bilan tez fursatda shaharning 10-kichik nohiya hududida elektr taminotidagi muаmmo bartaraf etildi.

🔘Boʻstonliq tumani. “Boʻston” MFY hududida meʼyordan ortiqcha yuklama oqibatida kuyib ketgan elektr kabellari tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan almashtirilmoqda.

🔘Chinoz tumani. Maxsus tashkil etilgan shtab aʼzolari kechayu kunduz fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar yuzasidan tezkor amaliy koʻmak berishmoqda.

🔘Qibray tumani. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari “Oybek” va “Bobur” mahallalarida yuzaga kelgan nоsozliklarni bartaraf etib, tez fursatda mazkur hududlar aholisi uchun elektr taʼminotini tiklash taraddudida.

🔘Zangiota tumani. “Erkin” mahallasi hududida yuzaga kelgan avariyaviy holat tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari kun-u tun xalq xizmatida boʻlib, joylarda elektr energiyasi barqarorligini taʼminlashga harakat qilmoqda.

🔘Bekobod shahri. Shahar elektr taʼminoti idorasi xodimlari Muqumiy mahallasidagi transformator qurilmasida yuzaga kelgan nosozlikni toʻgʻrilash choralarini koʻrmoqda.

🔘Boʻka tumani. Tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish va elektr taʼminotini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari avariya holatlarini tezkor bartaraf etishmoqda.

🔘Parkent tumani. Tumandagi Qiziltogʻ qoʻrgʻoni hamda Qoʻrgʻontepa mahallasida elektor energiyasi bilan vujudga kelgan avariya holatlari tezda bartaraf etildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Maxsus_dayjest

Elektr taʼminoti korxonalarining kun tartibi bugun juda qizgʻin. Tarmoqlardagi yuklama sababli bir joyda avariya, yana qayerdadir elektr uzilgan. Sovuq kunda uydan chiqish malol kelgan bir vaqtda ular 8-10 metr balandlikda xavfli yumushni ogʻrinmay bajaradi.

Maxsus dayjestimiz “kun qahramonlari” haqida.

🔘Yoshlar kundaligi. Bugungi sovuq va sinovli kunlarda kommunal soha vakillarining biz uchun jon kuydirib qilayotgan mehnatlarini qadrlaylik!

🔘Quyi Chirchiq tumani. Bugun yoʻqni yoʻndirib, borini tejab, uzilganni butlab, buzilganni sozlab tunu kun ishlayotgan energetiklar tumanda elektr uzilishlari bilan bogʻliq noxush xolatlar, nosozliklarni tezkor bartaraf etishmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlarining tezkorligi va shayligi tufayli “Madaniyat” mahallasining “Diyor”, “Intizor” koʻchasida yashovchi aholi muammolari hal etildi.

🔘Angren shahri. Shahar “nurchi”lari tomonidan olis va togʻli “Lashkarak” mahallasida joylashgan nuqsonli yogʻoch tayanchlar almashtirilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. “Ungut” mahallasi “Yangilik” koʻchasidagi elektr tarmoqlarida meʼyordan ortiqcha yuklama tufayli yuzaga kelgan nosozlik tuman elektr taʼminoti korxonasi mutahassislari tomonidan bartaraf etildi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman energetiklari “Uchchinor” va “Kavardon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammolarga yechim topdilar.

🔘Toshkent tumani. Tumanda suv, gaz, elektr taʼminoti korxonalari xodimlaridan iborat tezkor brigadalar tunu kun joylardan tushayotgan murojaatlar asosida tezkor choralar koʻrmoqdalar.

🔘Qibray tumani. Tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari hudud ahliga bugungi sinovli kunlarni yengib oʻtishda sidqidildan kamarbasta boʻlmoqdalar.

🔘Boʻka tumani. Tuman elektriklari avariya holati tufayli 386-TPda nosoz holga kelgan transformatorni bugun tongga qadar yangisiga almashtirdilar.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Qovunchi” mahallasidagi TP-79 punktida taʼmirlash ishlari yakunlanib, hududda elektr energiyasi tiklandi.

🔘Boʻstonliq tumani. Ayni vaqtda tuman hokimi boshchiligidagi masʼullar kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish choralarini koʻrmoqda.

🔘Parkent tumani. Tumanning Qirg'izovul, Mozorxoji hamda Teman mahallalarida elektr energiyasi bilan bog'liq bo'lgan avariya elektr ta'minoti bo'limi hodimlari tomonidan tezda joyiga borib o'rganildi hamda avariya holati bartaraf etildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Maxsus_dayjest

Yurtimiz boʻylab tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj miqdori ortib borayotganligi sababli Toshkent viloyati hududlarida bu borada olib borilayotgan ish jarayonlari bilan qisqa satrlarda tanishing.

🔘
Piskent tumani. Tuman shtabiga “Mingtepa” mahallasidan suyultirilgan gaz soʻrab qilingan murojaat “Piskenttumangaz” tomonidan ijobiy hal etildi.

🔘Bekobod shahri. Ijtimoiy soha obyektlarining navbatchilik qismlarida tungi reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimi rahbarligida shifoxonaning shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar FVB aholini gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etishga chaqirmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hududidagi mahallalarda gaz bosimi va isitish tizimidagi jarayonlar kunu tun masʼullar nazoratida.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Sektorlar tomonidan anomal ob-havo sharoitida mehnat qilayotgan kommunal soha vakillarining 50 nafariga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🔘Qibray tumani. Tuman aholisining murojaatlari va muammolarini oʻrganish hamda bartaraf etish maqsadida mahalla kesimida ishchi guruhlar biriktirildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman markazidan olis togʻli hududlarga muntazam ravishda koʻmir va suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Aholi xonadonalarida is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan profilaktik-targʻibot ishlari tegishli masʼullar tomonidan davom ettirilmoqda.

🔘Toshkent tumani. 2-sektor rahbari tashabbusi bilan hududdagi har bir mahallaga grafik asosida suyultirilgan gaz tarqatilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Gaz bosimi yetib bormagan Gʻalaba mahallasining ayrim koʻchalari uchun har kuni 2 mahal issiq ovqat tayyorlanib tarqatilmoqda

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#maxsus_dayjest

2022-yil 2-mavsumda Toshkent viloyatida “Tashabbusli byudjet” doirasida fuqarolar 2 mingga yaqin loyiha boʻyicha ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.

Shundan eng koʻp ovoz toʻplagan 131 ta loyiha gʻolib boʻldi. Unda fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yoʻllarni qurish, maktablarni taʼmirlash, jihozlash hamda boshqa takliflar ilgari surildi.

Bugungi qisqa satrlarda mazkur sohada hududlarda olib borilgan ishlarning 2022-yilning 4-chorak yakuni bilan tanishamiz.

🌐Toshkent viloyati

🌐Angren shahri

🌐Bo'stonliq tumani

🌐Bekobod tumani

🌐Bekobod shahri

🌐Bo'ka tumani

🌐Nurafshon shahri

🌐Ohangaron tumani

🌐Ohangaron shahri

🌐Olmaliq shahri

🌐Oqqo'rg'on tumani

🌐Parkent tumani

🌐Piskent tumani

🌐Qibray tumani

🌐Quyi Chirchiq shahri

🌐Toshkent tumani

🌐Yangiyo'l tumani

🌐Yangiyo'l shahri

🌐Yuqori Chirchiq tumani

🌐O'rta Chirchiq tumani

🌐Chirchiq shahri

🌐
Chinoz tumani

🌐Zangiota tumani

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#maxsus_dayjest

Bugun viloyatning barcha maktablarida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" sadolari yangradi

Mazkur sana munosabati bilan hududlarda keng miqyosda tadbirlar, ma’rifat soatlari, yoshlar sayllari tashkil etildi.

Shuningdek, maktab hayotida faol ishtirok etgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar berildi.

Tadbirlar tafsilotlari bilan qisqa satrlarda tanishamiz

🔘Nurafshon shahri

🔘Ohangaron shahri

🔘Bekobod shahri

🔘Yangiyo'l shahri

🔘Olmaliq shahri

🔘Angren shahri

🔘Chirchiq shahri

🔘Piskent tumani

🔘Yangiyo'l tumani

🔘Yuqori Chirchiq tumani

🔘O'rta Chirchiq tumani

🔘Quyi Chirchiq tumani

🔘Ohangaron tumani

🔘Bo'ka tumani

🔘Oqqo'rg'on tumani

🔘Parkent tumani

🔘Zangiota tumani

🔘Toshkent tumani

🔘Bekobod tumani

🔘Qibray tumani

🔘Bo'stonliq tumani

🔘Chinoz tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, hududlarda o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar qisqa satrlarda

Zangiota tumani. "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Piskent tumani. Harbiy xizmatchilar va sportchi yoshlar oʻrtasida bellashuv boʻlib oʻtdi.

Olmaliq shahar. Bayram munosabati bilan, "Metallurg" madaniyat saroyida shahar hokimligi va OKMK hamkorligida tadbir tashkillashtirildi.

Chinoz tumani. Mazkur sana munosabati bilan tumanda "Uch avlod uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.

Yangiyo‘l shahar. Harbiy vatanparvarlik oyligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, shaharda avtokarvon tashkil etildi.

Yangiyo‘l tumani. Harbiy qism harbiy xizmatchilari va hamkor tashkilotlar ishtirokida uyushmagan yoshlar oʻrtasida sport musabaqalari oʻtkazildi.

Qibray tumani. "Yosh Temurbeklar" harbiy-sport maktabi tinglovchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida "Uch avlod uchrashuvi" uyushtirildi. 

Toshkent tumani. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati otryadlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Chirchiq shahar. Xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolari holidan xabar olinib, ularga moddiy koʻmaklar koʻrsatildi.

O‘rta Chirchiq tumani. Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida tuman ma’muriy markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Ayni damda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari bo'lib o'tmoqda. Hashar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib borilib, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodon holga keltirilmoqda.

Angren shahri. "Yoshlar bog'i"da tashkil qilingan hasharda shahar hokimligi, barcha korxona va tashkilot xodimlari faollik ko'rsatmoqda.

Bekobod shahri. “Bekobodshahargaz” bo‘limi ishchi-xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etib, atrofni obodon holga keltirmoqda.

Bekobod tumani. Mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari yoshlar ishtirokida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Bo‘ka tumani. "Agrobank" ATB Bo'ka filiali, shuningdek, "O'zbek", "Yangiobod", "Qo'chqorso'ygan", "Ezgulik" va "Parkent" mahallalarida hashar ko'tarinkilik bilan davom etmoqda.

Bo‘stonliq tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Zangiota tumani. “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida, tumandagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Nurafshon shahri. Mahallalarda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik ko'rsatmoqda.

Olmaliq shahri. Erta tongdan mahallalar bo‘ylab korxona-tashkilot mehnat jamoalari, tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari tomonidan hashar ishlari boshlab yuborildi.

Oqqo‘rg‘on tumani. Hasharda tumandagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahri. "Birlik" va "Navbahor" MFYda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ohangaron tumani. "Ohangarontumangaz" GTB xodimlari hasharni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Parkent tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Piskent tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Chinoz tumani. Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borildi.

Toshkent tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq hashari ko'tarinki kayfiyatda, xodimlar hamjihatligida bo'lib o'tmoqda.

Chirchiq shahri. Erta tongdan korxona-tashkilot va mahallalarda umumxalq hashari boshlandi.

O‘rta Chirchiq tumani. Hasharda ko‘chalar, qabriston va ariq-zovurlar tozalanib, ko‘chatlar payvandlandi hamda atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Qibray tumani. “Chinobod” qabristonida o’tkazilgan umumxalq hasharida yoshlar yetakchilari va ko’ngilli hasharchilar jonbozlik ko'rsatdi.

Quyi Chirchiq tumani. Hasharda tuman hududi bo'ylab ko'chalar, qabriston va ariq-zovurlarni tozalash ishlari olib borilib, ko‘chatlar o'tqazildi.

Yangiyo‘l tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik bilan ishtirok etmoqda..

Yangiyo‘l shahri. Barcha mahallalarda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Hokimlar yoshlarga murojaat bilan chiqmoqda.

Unda bir qator masalalar koʻtarilgan. Quyidagi havolalar orqali yaqindan tanishamiz.


▶️ Angren shahri

▶️ Bekobod shahri

▶️ Ohongaron shahri

▶️ Yangiyo'l shahri

▶️ Olmaliq shahri

▶️ Chirchiq shahri

▶️ Nurafshon shahri

▶️ Bekobod tumani

▶️ Bo'ka tumani

▶️ Bo'stonliq tumani

▶️ Zangiota tumani

▶️ Ohangaron tumani

▶️ Oqqo'rg'on tumani

▶️ Piskent tumani

▶️ Parkent tumani

▶️ Toshkent tumani

▶️ Yuqori Chirchiq tumani

▶️ O'rta Chirchiq tumani

▶️ Quyi Chirchiq tumani

▶️ Qibray tumani

▶️ Yangiyo'l tumani

▶️ Chinoz tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM