Zangiota tumani hokimligi
3.73K subscribers
44.3K photos
3.3K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov “Obod turmush” hamda “Asl” mahallalarida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida hokim mahalla infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi.

Jumladan, “Asl” mahallasida barpo etilayotgan yangi mahalla binosi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.Mazkur bino zamonaviy arxitektura asosida, aholining ehtiyojlariga mos tarzda bunyod etilayotgani ta’kidlandi. Qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatda yakunlanishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, hokim "Obod turmush" mahalla hududidagi bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan sport maydonchasi holatini ham o‘rgandi. Afsuski, mavjud sport maydonchasi talab darajasida emasligi, sport jihozlarining eskirganligi va hududning texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgani aniqlandi. Hokim bu borada tegishli tashkilotlarga topshiriq berdi.

Telegram
👍3
#jarayon

Zangiotada ipakchilik an'analari qayta tiklanmoqda


Tumanimizda turli sabablarga ko‘ra, ko‘p yillardan buyon ipak qurti yetishtirish ishlari to‘xtab qolgan edi. Biroq joriy yilda bu sohada yana harakat boshlandi va 30 ta quti ipak qurti parvarish qilindi.

Ushbu tashabbus doirasida 16 nafar ayol ish bilan ta'minlandi. Qolaversa, bu ishga boshqa xotin-qizlar ham jalb etilib, ular uchun yangi daromad manbai va foydali tajriba bo‘ldi.

— Hali hech birimiz ilgari bu ish bilan shug‘ullanmagandik, — deydi Shahnoza Tazabekova. — Men ipak qurti haqida ilk bor onam Zarifa opadan eshitganman. Dastlab qiyin bo‘ldi, albatta. Ammo imkon qadar harakat qildik. Ipak qurti boqish — sabr va mehr talab qiladigan mehnat ekan. Biroq uning natijasi ham yoqimli bo‘ldi.

Aytish joizki, kecha yetishtirilgan pilla yig‘ishtirib olindi. Bu esa tumanimizda ipakchilik an'analarining qayta tiklanayotganidan dalolatdir.

Telegram |Fecebook
👍2
#jarayon
#oʻrganish
#shukronalik

Mahalla — barqaror taraqqiyot va ijtimoiy birdamlikning muhim maskani


Respublika ishchi guruhi Zangiota tumani “Baliqchi” MFYda

🔰Bugun Respublika ishchi guruhi tuman mas’ullari bilan birga “Baliqchi” mahalla fuqarolar yig‘ilishi hududida bo‘lib, aholining farovonligi uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Nuroniylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning taklif va istaklari tinglandi. Har bir fikr va mulohaza kelajakdagi rejalarga yo‘naltirildi. Bugungi faravonlik va oʻzgarishlar uchun duoga qoʻl ochib shukronalik bildirildi.

#Baliqchi #Zangiota #Tadbirkorlik #Farovonlik #Bandlik

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍1
#jarayon
#qishloq_xoʻjaligi

♻️Zangiota tumanida mevali ko‘chatlar parvarishi bo‘yicha seminar tashkil etildi

📅 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Zangiota tuman bo‘limi boshlig‘i, inspektorlari hamda Fermerlar kengashi hamkorligida "M.Ulug‘bek" hududida joylashgan "Aliyev Umar" fermer xo‘jaligi dalasida amaliy seminar o‘tkazildi.

🌱 Seminar davomida dala chetlariga ekilgan mevali ko‘chatlarni to‘g‘ri parvarishlash, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hamda agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteI Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#Zangiota_tumani

Respublika ishchi guruhi faoliyatidan

Zangiota tumanida ijtimoiy soha obyektlari holatini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan suhbatlashdi.

Mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolarning turmush darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati ham o‘rganilib, ularning ishlab chiqarish sharoitlari, ehtiyojlari va takliflari yuzasidan fikr almashildi.


Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteI Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

🔰Zangiota tuman hokimi Erkin Rustamov “Dolzarb 90 kunlik” amaliy harakatlar doirasida tuman hududidagi bir qator ijtimoiy soha obyektlarini borib koʻrdi.

🔰Tashrif davomida maktabgacha ta’lim muassasalari, Zangiota agrotexnologiyalar texnikumi hamda “Bogʻishamol” mahallasi faollari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔰Xususan, texnikumda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, shuningdek, “Dolzarb 90 kunlik” reja asosida amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar holati oʻrganildi.

🔰Mazkur tashriflar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteIInstagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#seminar

🇺🇿 Toshkent viloyati Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi 35-sonli DMTTda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

📍 Seminarda Zangiota tumani, Toshkent tumani, Yangiyo‘l shahri va tumani hamda Chinoz tumanidagi davlat, nodavlat, davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosidagi va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan jami 100 nafar rahbar ishtirok etdi.

🗣 Tadbir davomida ishtirokchilar muhokama qilingan mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Seminar juda qiziqarli va samarali o‘tdi.

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteIInstagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍1
#jarayon

Zangiota tumanida Respublika ishchi guruhi tashabbusi hamda tuman xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida 38-umumtaʼlim maktabida "Quyoshli" va "Vatanparvar" mahallalari aholisi uchun keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlarga sogʻlom turmush tarzi, oila va jamiyatdagi masʼuliyat, hunar oʻrganishning ahamiyati kabi mavzularda fikr almashildi.

Bundan tashqari, maktabda faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik to‘garaklari, jumladan, milliy tikuvchilik yoʻnalishlari, “Buvijonlar maktabi” tashabbusi doirasida o‘zbek urf-odatlari, oilaviy qadriyatlar haqida yoshlarga amaliy saboqlar berildi, milliy kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Shuningdek, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, aholining muammolarini hal etishdagi faolligi yuzasidan tahlil va ochiq muloqotlar olib borildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteIInstagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👍2