Zangiota tumani hokimligi
3.76K subscribers
41.3K photos
2.98K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon
#o'rganish

🔰Zangiota tuman hokimi Erkin Rustamov 7-umumta'lim maktabining bugungi kundagi holati bilan tanishdi.

🔰Maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan o'qituvchi va o'quvchilar bilan suhbatlashdi. Kamchilik va muammolar borasida fikr almashdi. O'quv dargohda sport zalga ehtiyoj borligi aniqlandi.

🔰Bu taklif tuman hokimi tomonidan inobatga olinib, rejaga kitildi. Sport zal qurilishi bo'yicha mutaxassislar bilan maslahatlashib xulosasi ma'lum qilinishini bildirdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV
#Zangiota_tumani
#ta'lim_maskani
#tuhfa

🔰 "Bilimlar kuni"da Zangiota tumanining 20- umumta'lim maktabida yangi 120 o'rinli qo'shimcha bino va zamonaviy usuldagi sport zalining qurib foydalanishga topshirilish jarayoni "Nurafshon TV" lavhasida.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, transport vositalari tezligini:

aholi punktlarida soatiga 70 kilometrdan;

maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan;

turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) soatiga 20 kilometrdan;

Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
#qabul
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov "Xo'jamozor" MFY da sayyor qabul o'tkazdi.

🔰Unda aholi murojaatlari va takliflari tinglandi. Qonun doirasida hal etilishi mumkin bo'lgan muammolar borasida qo'shimcha tushuntirish berildi. Qolgan masalalar muayyan vaqt talab etilishini inobatga olinib, nazoratga olindi.

🔰 Murojaatchilar orasidan "Xo'jamozor" MFY fuqarosi Umarova Tabassum "Ayollar daftari" ga kiritilib, tikuv mashinasi olib berib ish bilan band etish belgilab olindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
#qabul
#aholi_murojaati

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamovning aholi murojaatlari bo'yicha sayyor qabul manzili "Chorbog'" MFYda davom etdi.

🔰Ushbu mahallada hal etilishi lozim bo'lgan birgina muammo 4H717 Toshkent shahar -Zangiota qishlog'i avtomobil qatnov yo'li, umumiy uzunligi 8 km, shundan 5 km Zangiota tumaniga tegishli qismini asfaltlashtirish masalasi bo'ldi. Tuman hokimi muammoni Zangiota avtoyo'l TYFUK YHHTB rahbari S. Safaraliyev bilan o'rganib, bu masalani hal etish bo'yicha fikr almashdi.

🔰Keyingi masalalar kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, moddiy yordam, yoshlarga oid takliflar xususida bo'ldi. Murojaatchilar mas'ullarga biriktirilib masalasi ijroga yo'naltirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌