Zangiota tumani hokimligi
3.75K subscribers
41.3K photos
2.98K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Ijtimoiy_aksiya

☑️ Vasiyat qiluvchi merosning olinishi uchun merosxoʻr xulq-atvorining xususiyatini shart qilib qoʻyishga haqli.

📝 Vasiyatnomaga kiritilgan boʻlib, merosxoʻr oʻz salomatligining ahvoliga koʻra yoki boshqa obyektiv sabablar tufayli bajara olmaydigan shartlar merosxoʻrning daʼvosi boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Manba👈

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Ijtimoiy_aksiya

🚫 Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

🔰 Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:

▫️kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish;
▫️ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
▫️ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
▫️homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik;
▫️sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

📝 Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko'rsatilib javob beriladi.

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Ogohlantirish muddati davomida xodimga boshqa ish topishi uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi va bu kunga haq to'lanadi

Ish beruvchi xodimni bir qator asoslar bilan ishdan bo'shatishi mumkin, mazkur holatlarda ish beruvchi quyidagi muddatlarda xodimni ishdan bo'shatish haqida ogohlantirishi shart:

🔸tashkilot tugatilganda, xodimlar soni yoki shtatlar o'zgarganda – kamida 2 oy oldin (ya'ni, 2 oydan ko'proq muddat 3, 4 oy, 2 oy-u 10 kun va h.k);

🔸tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va alohida bo'linma rahbari mulkdor o'zgarganligi uchun ishdan bo'shatilganida – kamida 2 oy oldin;

🔸xodim malakasi yetarli bo'lmaganligi uchun bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi sababli bo'shatilganda – kamida 2 hafta oldin;

🔸xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun ishdan bo'shatilganda – kamida 3 kun oldin.

🔘 Ayrim toifadagi xodimlar uchun ogohlantirish muddatining alohida muddati belgilangan:

🔸mavsumiy ishda ishlaydigan xodimni tashkilot tugatilganda, shtat o'zgarganda kamida 7 kun oldin, malakasi yetarli bo'lmaganida kamida 3 kun oldin, o'zining aybli harakati bilan bo'shatilganda 1 kun oldin;

Mavsumiy ishlar – iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ish.

🔸vaqtinchalik xodimlar korxona tugatilganda, shtat o'zgarganda xodim malakasi yetarli bo'lmaganda kamida 3 kun oldin, o'zining aybli harakati bilan bo'shatilganda kamida 1 kun oldin.

⚠️ Ikki oygacha bo'lgan muddatga ishga qabul qilingan shaxslar vaqtinchalik ishlarda band bo'lgan shaxslardir.

📝 Ogohlantirish yozma shaklda, imzo qo'ydirib amalga oshiriladi.

Ogohlantirish muddati pulli kompensasiya bilan almashtirilishi mumkin.

☑️ Ogohlantirish muddati ichida xodimga boshqa ish topish uchun haftada kamida 1 kun vaqt beriladi, bu kunda xodimning ish haqi saqlanadi. Ushbu imtiyoz xodim o'zining aybi bilan ishdan bo'shatilganda berilmaydi.

➡️ Ogohlantirish muddatiga xodimning kasal bo'lgan vaqti, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi. Korxona tugatilganda esa hamma vaqt kiritiladi, istisno yo'q.

📌 Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik, Senat a'zosi vazifalarini bajarish, harbiy majburiyatni bajarish va boshqa bir qator ishlarni bajargan vaqt kiradi, bu ishlar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi