Zangiota tumani hokimligi
3.43K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#mehnat yarmarkasi
#bandlik

Zangiota tumani 1-sektor hududi "Eski qal'a" MFYda mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

📌 Unda bo'sh ish oʻrinlari, kasanachilik bo'yicha takliflar ilgari surildi.

⭕️Banklar tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" dan ajratilgan kreditlardan foydalanib o'z tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan fuqarolarning 18 turdagi mahsulotlari namoyish etilib, aholini ikki karra kambag'allikdan chiqarish bo'yicha kasanachilik ishlari taklif qilindi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#mehnat_yarmarkasi

♻️Zangiota tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan bugun ishsiz aholi va yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda tumanda hamda Toshkent shahrida joylashgan 35ta korxona va tashkilotlar jami 311ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Mehnat yarmarkasiga tumandagi jami 258 nafar fuqarolar shundan (yoshlar 79nafar, ayollar 103nafar) jalb qilindi.

❇️Tadbirda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i M. Isaboyev, Zangiota tuman hokimi birinchi o`rinbosari J. Safaraliyev, tuman hokim o`rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo`lim boshlig`i, S. Usmonova va Zangiota tuman Bandlikka ko`maklashish markazi rahbari Yu. Bolibekovalar qatnashib, tadbir ishtirokchilariga bugungi mehnat yarmarkasining o`tkazilish maqsadi xususida tushuncha berib, yaxshi niyatlar bildirishdi.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehnat_yarmarkasi

🔰Zangiota tumanida tashkil etilgan Mehnat yarmarkasiga jalb qilingan fuqarolardan 21 nafari ishga joylashtirildi,13 nafari ishga joylashish uchun yo‘naltirildi. 25 nafari kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi, 15 nafari tadbirkorlar tomonidan uy sharoitida bandligini ta'minlash maqsadida ish bilan ta`minlandi. 28 nafari mehnat xuquqlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#mehnat_yarmarkasi

Zangiota tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.

🔷 Ayollar daftarining 1-toifasiga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar, 2022-2023 yil bitiruvchilari, xarbiy xizmatni o'tab kelgan yoshlar, jazoni ijro etish myassasasidan ozod etilgan hamda ish izlayotgan fuqarolarning bandligiga ko'maklashish maqsadida o'tkazilgan tadbirda tumanining 2-sektor hududidan 27 ta korxona va tashkilotlar 1470 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

🔷 Yarmarkada 456 nafar ishga joylashishga talabgor fuqarolar ishtirok etdi. Shulardan 67 nafari ishga joylashish uchun yo'naltirildi. 154 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Zangiota tumani MFYlarda bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
#jarayon
#mehnat_yarmarkasi

💠Toshkent viloyati Zangiota tumani Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan ishsiz qolgan va band bo‘lmagan fuqarolarni doimiy ish bilan ta'minlash maqsadida Zangiota tumani "Tarnov" MFYda joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o’tkazildi.

♻️Tadbir davomida "Ayollar daftari"ning 1-toifasiga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar, 2022-2023- yil bitiruvchilari, harbiy xizmatni o’tab kelgan yoshlar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganlar va ish topishda qiynalayotgan ishsiz fuqarolarning bandligiga ko’maklashishda 3-sektor hududidan 18 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 450 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

🔷Yarmarkada 196 nafar ish izlovchidan 28 nafari ishga joylashish uchun, 7 nafari kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi. 86 nafar fuqarolarga o’zlarining murojaatlari bo’yicha huquqiy maslahat berildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
#mehnat_yarmarkasi
#bandlik

Zangiota tumani Madaniyat saroyida "Ishga marhamat" deb nomlangan bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tuman prokurori tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan yirik korxona vakillari bilan birga tumandagi bo'sh ish o'rinlari bilan mavjud korxona va tashkilotlar ham qatnashishdi. Ular ish izlovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berib, yaratilagan shart-sharoitlar haqida batafsil tushuncha berishdi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:
👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#mehnat_yarmarkasi

Bugun Toshkent viloyati Zangiota tumani "Katta chinor" MFY hududida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o’tkazildi.

🔰Tadbir davomida 1-sektor hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi hamda doimiy ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumotlar berildi.

🔰Shuningdek, bitiruvchi va harbiy xizmatni o’tab kelgan yoshlar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganlar, aliment to’lovchi ishsiz fuqarolar va ish topishda qiynalayotgan ishsiz fuqarolarning bandligiga ko’maklashildi.

🔰Tadbirda 1-sektor hududidan 14 ta korxona va tashkilot o‘zlaridagi mavjud 105 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. 117 nafar ish qidiruvchilardan 17 nafari ishga joylashish uchun, 12 nafari kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi. 31 nafar fuqarolarga huquqiy ma’lumotlar berildi.
  
Telegram | YouTube I Fecebook
| Website
#yoshlar_oyligi
#mehnat_yarmarkasi

Zangiota tumanida Yoshlar oyligi doirasida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida "Tadbirkorlik va kasb-hunar haftaligi” boʻyicha mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Zangiota tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Sh. Umarxodjayeva tadbirni ochib berdi va bugungi kunda yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbirda 60 nafar ishsiz, band boʻlmagan yoshlar, 11 nafar tadbirkorlar, yirik ish beruvchi korxona va tashkilot masʼullari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida “Mehnat yarmarka”si ham tashkil etildi. Yarmarkada 60  nafar yoshlarga kasb-hunarga o‘qish  yo‘nalishlari tushuntirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi