Zangiota tumani hokimligi
3.73K subscribers
44.3K photos
3.3K videos
51 files
15.1K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#oʻrganish
#xotin_qizlar

🔰Yurtimizda ekin yeriga azaldan daromad va oila moddiy taʼminoti manbayi sifatida qarab kelingan. Dala-dehqonchilik ishlarida mirishkor mehnatsevar xalqimizning gʻayrat-shijoati bilan el dasturxoni toʻkinligi taʼminlanib, turmush farovonligi oshmoqda.

🔰Shu bois, Zangoita tumani hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud tomorqa yerlaridan unumli foydalanishga boʻlgan eʼtiborni oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va
xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Zuhra Mirgaziyeva va Zangiota tumani hokimi oʻrinbosari Saodat Usmonovalar Zangiota tumani "Navqiron" hamda "Namuna" mahallasi xotin-qizlari, yaʼni Xoshimova Lobar va Isayeva Muyassarlarning tomorqadan unumli foydalanishlari hamda mirishkorligiga govoh boʻldilar.

📹Tafsilotlar videolavhada aks etgan👆

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
1
#jarayon
#xotin_qizlar

🔸Zangiota tuman Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi tomonidan "Ayollar daftari"da turuvchi ishsiz, band boʻlmagan ayollar oʻqitilib, ularga Zangiota tumani Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari Dilorom Mirzaboyeva va Zangiota tumani hokimi oʻrinbosari Saodat Usmonovalar tomonidan sertifikat topshirildi.

🔸Ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida ham batafsil maʼlumot berdilar.


🌐TelegramFecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#xotin_qizlar

🔶Zangiota tumani 1-sektor hududida joylashgan "Sortepa" MFY binosida Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Saodat Usmonova mahalla ayollari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

🔶Unda yosh qizlarimizning erta turmush qurishining oldini olish, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlaridagi masʼuliyat xususida fikr almashildi va taklif mulohazalar bildirildi.

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xotin_qizlar

🔰 Zangiota tumani 'O‘rtaovul" hududi "Olmazor" mahallasida "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori bilan tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin- qizlar bo‘limi boshligʻi Saodat Usmonova boshchiligida, 17- oilaviy poliklinikasi hamshiralari hamkorligida ma’naviy -ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔰Tadbirda milliy qadriyatlarimiz talqini, 1- sektor mahallalarining xotin- qizlar faollari ish faoliyatlari bo‘yicha tajriba almashishdi. Hujjatlashtirish ishlari bo‘yicha fikr almashdilar. Urf- odat, an’ana, milliy qadriyatlarimizni davom ettirish borasida  "Kelin salom", "Beshikka solish" marosimlarini namoyish etishdi.

📹 Batafsil videolavhada.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏3
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so'mgacha kreditlar ajratilishi belgilangan.


Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasiga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) onasining iltimosiga ko'ra tibbiy xulosa asosida to'liqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

💰16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug'urta mablag'lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to'lanadi.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#xotin_qizlar

🇺🇿"Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanimiz!"


"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilinmoqda

Mahalla uyushmasi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi va sport maktabi hamkorligida mahallalardagi  30-70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlaridan ixtiyoriy va maxsus talablar boʻyicha "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilinmoqda.

Kuni kecha Zangiota tumanida dastlabki sport sinovlari qabul qilindi. Unda mahalla faollari koʻtarinki kayfiyat bilan sinovlarda ishtirok etishdi.

📹 Batafsil videolavhada👆

🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏1
#jarayon
#xotin_qizlar

🔰 Yurtimizda qizlarimiz bilim olishlari, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, jismonan sog‘lom bo‘lishlari va mukammal kasb hunar egallashlari uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, erta turmushga chiqish, erta xomiladorlik va mos bo‘lmagan kiyinish madaniyati kabi salbiy holatlar ham mavjud.

🔰Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbirda, tuman Xotin-qizlar bo‘limi, IIB va ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikda, qizlarni bu holatlardan ogoh qilish va muammolarni hal qilish maqsadida maktab psixologlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar va bosh shifokorlar ishtirok etdilar. Tadbirda erta nikoh, erta tug‘ruq va kiyinish madaniyati bo‘yicha fikr almashildi.

🔰Tuman Xotin-qizlar bo‘limi boshligʻi S. Usmonova hamkorlikni kuchaytirish, videoroliklar tayyorlash va faol targ‘ibotchilarni rag‘batlantirish takliflarini bildirdi. Tadbir savol-javob asosida munozaralarga boy bo‘ldi.

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#xotin_qizlar

Oiladagi sog‘lom muhit – jamiyat taraqqiyotining garovidir!

🔰Zangiota tumani hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman IIB bo‘limi mutasaddilari, "Oqila ayollar" tuman otin oyilari va xotin-qizlar faollari ishtirokida "Oiladagi sog‘lom muhit – jamiyat taraqqiyotining garovi" mavzusida seminar oʻtkazildi.

🔰Seminarda Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari  S.Usmonova. soʻzga chiqib, tarbiya eng avvalo oiladan boshlanishi, oiladagi sogʻlom muhit jamiyat taraqqiyoti hamda rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishi xususida taʼkidladi.

🔰Shuningdek, Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Sodiqova, viloyat "Oqila ayollar" harakati jamoatchilik  tuzilmasi rahbari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

🔰Seminarda mahalla faollari va "Oqila ayollar" harakatining joylardagi vakillari bilan hamkorlikda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.


Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sport
#xotin_qizlar

🔰Zangiota tumani sport maktablari va tuman Oila va
xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tuman mahallalaridagi xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlaridan tashkil etilgan “Xotin-qizlar” sport musobaqalarining tuman bosqichi "Ramadan" MFY hududida joylashgan 12-maktabda bo‘lib o‘tdi.

🔰 Tadbirda jami 40 nafar ayol va
qizlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar har bir yo‘nalish bo‘yicha faol qatnashib, g‘oliblik uchun bellashdilar. Sport turlari bo‘yicha g‘oliblar va sovrindorlarga viloyat Sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

🔰Shuningdek, musobaqa g‘oliblari viloyat bosqichiga yo‘llanmani ham qoʻlga kiritdilar.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website I Instagram

Kanalga ulanish:👉
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
👏3