Zangiota tumani hokimligi
3.39K subscribers
40.6K photos
2.92K videos
46 files
13.7K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

🗓 Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.

📝 Shunga ko'ra, talabalar joriy yilning 1-avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.

🚫 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

⚠️ Ma'lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, bank mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini, shu jumladan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini va ularni belgilash tartibini, depozitlar bo'yicha foiz stavkalarini, vositachilik haqi miqdorini va ushbu shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o'zgartirish huquqiga ega emas.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Isteʻmolchi_huquqlari #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, o'ziga zarur sifatga ega bo'lmagan tovar sotilgan xaridor, agar nuqsonlar sotuvchi tomonidan aytilmagan bo'lsa, o'zining tanlashiga ko'ra sotuvchidan (oziq-ovqat tovarlariga nisbatan xaridor xarid qilingandan keyin 24 soat mobaynida bunday huquqqa ega bo'ladi) quyidagilardan birini talab etishga haqli:

🔹aynan shunday markadagi (model, artikuldagi) tovarga almashtirishni;

🔹xarid narxini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilgan holda boshqa marka (model, artikul)dagi aynan shunday tovarga almashtirishni;

🔹xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini;

🔹tovarning nuqsonlari darhol bepul bartaraf etilishini;

🔹tovarning nuqsonlarini bartaraf etish xarajatlari qoplanishini.

📌 Bunda xaridor zarur sifatga ega bo'lmagan tovar sotilganligi oqibatida o'ziga yetkazilgan zarar to'liq qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo'lga qo'yish uchun Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so'mgacha kreditlar ajratilishi belgilangan.


Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Xotin_qizlar_huquqi #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, uch yoshga to'lmagan bolaning byudjet tashkilotlarda ishlaydigan onasiga haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti belgilanadi va bunda ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish beruvchi homilador ayolning, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) onasining iltimosiga ko'ra tibbiy xulosa asosida to'liqsiz ish vaqtini belgilashi shart.

💰16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolani tarbiyalayotgan onaga oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni berilib, davlat ijtimoiy sug'urta mablag'lari hisobidan shu vaqt uchun bir kunlik ish haqi miqdorida nafaqa to'lanadi.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.


#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
#Taʻlim #Bilasizmi

🔍 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekiston yoshlar ittifoqining faol a'zosi bo'lgan oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo'lgan taqdirda ta'lim bo'yicha to'lov kontrakti miqdorining 35 foizi to'lanishi belgilangan.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi‌‌
#Bilasizmi

🔰Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:


🔹mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm
(1 oktabrdan 1 155 000 so'm);

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm (1 oktabrdan 375 000 so'm);

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so'm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so'm;

🔹nogironlik pensiyalari, ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so'm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so'm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so'mdan) 920 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so'm;

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 745 000 so'm.

👉 Manba
https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

❗️Davlat xizmatchisi tadbirkor yoki uning muassisi bo'lishi mumkin emas


🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

▪️o'zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo'lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo'ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo'ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

▪️pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga, O'zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

▪️tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga;

▪️tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

▪️o'zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo'lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

▪️o'z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko'zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg'alar olishga;

▪️chet davlat fuqaroligini olishga;

▪️qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o'z xizmat mavqei bilan bog'liq holda foydalanishga;

▪️O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

▪️o'zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishga.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

❇️ Qonunchilikka ko'ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o'rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensasiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 5 barobari;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt/soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo'lganda BHMning 7 barobari.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi