Zangiota tumani hokimligi
3.78K subscribers
41.2K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Zangiota_tumani
#Madaniyat_va_turizm

Zangiota tumani Madaniyat saroyida Madaniyat va turizm bo’limi tomonidan 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” munosabati bilan “Tinch yurtga bayramlar yarashadi” deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchi bolajonlari o’zlarining quvnoq raqslari va qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida tuman Madaniyat va turizm bo’limi Markaziy madaniyat markazida tashkil etilgan “Dramma va notiqlik” to’garagi a’zolari she’riy kompozitsiyalari bilan, “Xushnud” milliy estrada xonandaligi jamoasining xushovoz xonandalari esa o’zlarining kuy qo’shiqlari bilan tomoshabinlarga xushkayfiyat bag’ishladi.

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi