Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
41K photos
2.95K videos
47 files
13.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚖️ Oilalarda meros bilan bogʻliq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi oʻtkaziladi.

🗓 Aksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.

🔰 Aksiya doirasida, jumladan:

🔸davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil qilinadi;

🔸joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;

🔸vorislik huquqi boʻyicha audiopodkast oʻtkaziladi;

🔸2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;

🔸merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bogʻliq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha amaliy choralar koʻriladi;

🔸bepul onlayn oʻquv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

Manba👈

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, Prezident farmoni hamda Hukumat qarori bilan davlat OTM magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.

Mazkur tartib magistratura qishki qabulida toʻlov shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.

📝 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga koʻra, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Manba

Telegram | YouTube I Bot

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Adliya_xabari

O'zbek va xorijiy tillarda “Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali o'z faoliyatini boshladi.

Mazkur portal orqali qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha takliflar qabul qilinadi.

Shunga ko'ra, fuqarolar konstitutsiyadagi har bir modda bo'yicha takliflarini qoldirishi mumkin.

Jarayonda takliflaringiz bilan faol ishtirok eting va qonunchilik mustahkamlanishida o'z hissangizni qo'shing.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Adliya_xabari

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya
#adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 4-oktabr kuni
adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani Oʻrta, Oʻratepa va Harakat mahalla fuqarolar yigʻinlari yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan eʼtibor hamda ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib, yoshlarni qiynab turgan muammolar, ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglandi hamda har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda vazirlik vakolati doirasida amaliy yo‘rdam ko‘rsatilishi borasida kelishib olindi.
 
Shu bilan birga, yoshlarning ikki nafariga qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda, ularni kelgusidagi ish faoliyatini samarali tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida, adliya vazirligi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari(IT – biznes, SMM) bo‘yicha o‘quv kurslariga yo‘llanma bilan bir qatorda noutbuklar topshirildi.

Telegram | Fecebook
#adliya_xabari

⚡️Yana bir qog‘ozbozlik endi o‘tmishda.

❗️Endilikda, bog‘chaga shakllangan yo‘llanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas!

📝Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qo‘yishdi.

📄Yangi tartib bilan bunday ovoragarchiliklar endi bo‘lmaydi!

Qanday deysizmi?


👉Endilikda, yo‘llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Adliya_xabari

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Manba

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM