Zangiota tumani hokimligi
3.78K subscribers
41.2K photos
2.96K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Audio
#bugunning_mavzusi

Qishning sinovli kunlarini betalofot oʻtkazish uchun barcha kuch va vositalar safarbar etilmoqda

Xususan, ob-havoning keskin sovib ketishi kommunal sohalar vakillari va mahalliy mutasaddilar zimmasiga kechiktirib boʻlmaydigan qoʻshimcha vazifalar yuklamoqda. Barchaning diqqat-eʼtibori vujudga kelayotgan avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish, joylarda elektr, gaz va issiqlik taʼminotini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Qisqa satrlarda shu mavzuda soʻz boradi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Aholining mavsum bilan bogʻliq har bir muammosi sektor rahbarlari tomonidan manzilli oʻrganilmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev tegishli masʼullar bilan birga “Yangibogʻ” mahallasida boʻlib, gaz va elektr sohasidagi mavjud muammolarni ijobiy hal etish maqsadida aholi vakillari bilan uchrashdi.

🔘Ohangaron tumani. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda “Ohangarontumangaz” taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan joylarda is gazidan zaharlanishning oldini olish, yongʻin xavfsizligi qoidalari yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.

🔘Angren shahri. “Gulzor” mahallasida shahar hokimi, sektorlar rahbarlari boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan fuqarolarning muammolari xonadonboy oʻrganilyapti.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi hamda shahar IIB boshligʻi yetakchiligidagi ishchi guruh aʼzolari “Yulduz” mahallasida bir qator xonadonlardagi mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

🔘Zangiota tumani. Tuman hokimligi tomonidan ajratilgan koʻmir “Oʻratepa” mahalla aholisiga tarqatildi.

🔘Bekobod shahri. «Bekobodshahargaz” idorasi tomonidan gaz quvurlari va gaz tarqatish nuqtalarida yuzaga kelayotgan har qanday holatlarni bartaraf etuvchi tezkor guruhlar samarali faoliyat yuritmoqda.

🔘 Toshkent tumani. Tumanning tabiiy gaz yetib bormagan hududlari hamda gaz bosimi pasayib ketgan mahallalariga koʻmir yetkazib berilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#bugunning_mavzusi

Ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan tabiiy gaz yetib bormagan hududlarni, ayniqsa, birinchi navbatda “daftar”larda turgan xonadonlarni koʻmir bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Qisqa satrlardagi navbatdagi axborotlar ham aynan shu mavzuda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Qahraton qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shtab tomonidan tuman yoʻl qurilish boʻlimi omborida koʻmir zahirasi yaratilib, ehtiyojmand oilalar vakillariga tarqatilmoqda.

🔘Piskent tumani. “Piskenttumangaz” idorasi tomonidan tumanning olis “Oqtepa” mahallasidagi gazlashmagan hududdagi ehtiyojmand oilalarga suyultirilgan gaz, shuningdek, 10 ta xonadonga bepul koʻmir tarqatildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Doʻstlik” mahallasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” roʻyxatlarida boʻlgan aholi vakillari xonadonlariga 5 tonna koʻmir bepul yetkazib berildi.

🔘Boʻka tumani. Tumandagi gazlashmagan hududlarda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi vakillari tomonidan koʻmir tarqatilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tumandagi gaz taʼminoti boʻlmagan “Harakat” mahallasi aholisiga ham roʻzgʻor ehtiyojlari uchun koʻmir yetkazib berildi.

🔘Chinoz tumani. “Koʻmir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining maxsus ombori va savdo shaxobchasi muntazam faoliyat yuritmoqda. Mazkur yoqilgʻining yetarli zahirasi yaratilgan.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi tashabbusi bilan, 1-sektor hududidagi gaz bosimi sust boʻlgan mahallalardagi 14 oilaning har biriga 300 kilogramdan koʻmir yetkazib berildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Boʻstonliq tumanining gaz tarmogʻi yetib bormagan hamda gaz bosimi past boʻlgan mahallalarida koʻmir zaxiralari tashkil qilinmoqda.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_mavzusi

Sovuq mavsumda issiqlik eng zarur ehtiyojga aylanadi. Mavsumda aholini barqaror issiqlik bilan taʼminlash, shu bilan birga nohush holatlarning oldini olishda xizmat koʻrsatuvchi sohalardan alohida masʼuliyat talab etiladi.
Qisqa satrlarda viloyatimizdagi bugungi holat bilan tanishing.

🔺Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. Isteʼmolchilarni is gazidan muntazam ogohlantirmoqda.

🔺Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali. Tunu kun ishlovchi shtab istaʼmolchilarga xizmat koʻrsatmoqda. Boʻstonliq tumani aholisiga esa suyultirilgan gaz ballonlarda muntazam yetkazilmoqda.

🔺Qibray tumani. Gaz tanqisligi muammosiga yechim sifatida “Sharqiy” va “SoyuzNIXI” gaz taqsimlash stansiyasi xalqalanmoqda.

🔺Piskent tumani. Oqtepa MFY dagi 10 nafar ehtiyojmand oilaga “Piskenttumangaz” tashabbusi bilan suyultirilgan gaz va bepul koʻmir yetkazildi.

🔺Zangiota tumani. Aholi ehtiyojiga koʻra ballonlarda gaz bilan birga is gazidan zaharlanishga qarshi profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

🔺Toshkent tumani. “Hududgaztaʼminoti” filiallari hamkorlikda muammolar bartaraf etilmoqda.

🔺Nurafshon shahri. Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

🔺Oqqoʻrgʻon tumani. Hamid Olimjon MFYda isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#bugunning_mavzusi

Ob-havoning keskin sovib ketishi kommunal sohalar vakillari va mahalliy mutasaddilar zimmasiga kechiktirib boʻlmaydigan qoʻshimcha vazifalar yuklamoqda. Barchaning diqqat-eʼtibori vujudga kelayotgan avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish, joylarda elektr, gaz va issiqlik taʼminotini barqarorlashtirishga qaratilgan.

Qisqa satrlarda shu mavzuda soʻz boradi.

🔘Qibray tumani. Keskin sovib ketgan ob-havo tufayli elektr energiyasiga boʻlgan talabning ortishi natijasida yuzaga kelayotgan muammolar Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonasi tezkor guruhi tomonidan bartaraf etilmoqda.

🔘Yangiyoʻl tumani. Chirogʻi oʻchgan xonadonlarni yorugʻlik bilan taʼminlash maqsadida tuman nurchilari yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish uchun astoyidil ishlashmoqda.

🔘Chirchiq shahri. Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. Chirchiq shahri elektr tarmoqlari korxonasi 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda.

🔘Zangiota tumani. “Fayz”, “Turkiston” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi nasos agregatida yuzaga kelgan avariya tezkorlik bilan bartaraf etildi.

🔘Ohangaron shahri. “Qoʻrgʻon” mahallasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Ohangaron va Yangiyer koʻchalari elektrsiz qoldi, vaziyat tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

🔘Boʻka tumani.Boʻka tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimiga qarashli mahalliy tarmoqlarda gaz bosimning pasayishi tufayli idora mutahassislari gazning mahallalararo toʻgʻri taqsimlanishini muntazam nazorat qilmoqdalar.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman gaz va elektr taʼminoti idoralari joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish asnosida aholidan qoʻlbola elektr va isitish moslamalaridan foydalanmaslikni soʻrashmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Audio
#bugunning_mavzusi

Ayni vaqtda kommunal xizmat koʻrsatuvchi har bir korxona va tashkilotda mavsumiy yumushlar qizgʻin. Maqsad bitta — qish mavsumini betalofat va xavfsiz oʻtkazish.

Hududlarda bu boradagi ishlar bilan quyida qisqa satrlarda tanishishingiz mumkin.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi va prokurori ijtimoiy soha obyektlarida boʻlib, kommunal tizimlardagi muammolar bilan tanishdi va ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar belgilandi.

🔘Bekobod shahri. Bekobod shahar FVB xodimlari tomonidan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida ijtimoiy soha obyektlari va tunda odamlar qoladigan maskanlarda tungi reydlar oʻtkazilmoqda.

🔘Ohangaron shahri. 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha barcha mahallalardagi oʻrganishlar samarasi bilan shahardagi 3 ta mahalla fuqarolar yigʻini binosi qurilishi boshlab yuborildi.

🔘Zangiota tumani. “Qurilish” mahalla hududida 50 sotix maydondagi issiqxonaga yer ostidan yashirincha tortib kelingan gaz tarmogʻi aniqlanib, noqonuniy holat bartaraf etildi.

🔘Qibray tumani. Qishning sovuq kunlarida aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash, kelib chiqayotgan nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan “Olmazor” mahallasiga yangi elektr nimstansiyasi oʻrnatildi.

🔘Parkent tumani. “Yongʻin xavfsizligu oyligi” doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan profilaktika tadbirlari oʻtkazilmoqda.

🔘Ohangaron tumani. “Quyun” mahallasida gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida, “Ohangarontumangaz” boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻshimcha gaz quvurlari tortilmoqda.

🔘Piskent tumani. Piskent tumani hokimi rahbarligidagi yigʻilishda gaz bosimi pasaygan va gazlashmagan hududlardagi xonadonlar, xususan, ehtiyojmand oilalarga koʻmir va suyultirilgan gaz yetkazish, Yangi yil bayramining xavfsiz va betalofat oʻtishini taʼminlash kabi masalalar koʻrib chiqildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter