Forwarded from Yoshlar kundaligi | Rasmiy
#Sharh
"Padarkush" 110 yildan so‘ng ham hayotmi?
1911-yil. Samarqand. Madrasalar nurab yotgan, o‘lka talon-taroj qilinayotgan, ming yillik qadriyatlar yemirilayotgan palla. Aynan shu vaqtda O‘rta Osiyo, xususan, ro‘yi zamin sayqali Samarqandda pivoxona, aroq-vino sotiladigan maishatxonalar qurila boshlangan. Yoshlar o‘rtasida pivoxo‘rlik avj ola boshlagan.
Bu voqealarga guvoh bo‘lgan buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy "Padarkush" asarini yozdi. Asar uch yillik qiyinchilikdan so‘ng, sahnalashtirildi. Ilk marta asar Samarqandda namoyish etildi. O‘zbek teatr san’atining birinchi dramasi bo‘lgan mazkur spektakl Turkiston o‘lkasida juda katta shov-shuv uyg‘otdi. Xalq tomoshalarga yutoqib, katta qiziqish bilan kelar edi. Odamlar spektaklni ko'rish uchun bitta qo'yning puliga chipta sotib olishga ham tayyor edilar. Yana bir qiziqarli fakt. Spektakldagi bosh rollardan birini Abdulla Avloniy o‘ynagan.
Xo‘sh, bu asar nega bunchalar mashhur?🤔 Nega oradan yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, yana shu asarga murojaat qilindi? Bu savollarga javob bitta. Asarda o‘qimagan, otasining davrida kayfu safoga berilgan bolaning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi. Gʻoya jihatidan bu asar tik-tokdan bosh ko‘tarmayotgan avlod uchun bir oyna, ko‘zgudir.
Bu qiziqarli va odamni o‘yga toldiradigan asarni o‘qishni tavsiya qilaman.😊 Chunki, padarkushga aylanib qolmaslik uchun, tanlagan yo‘lingizga tanqidiy qarash uchun ayni mos asar.
Zangiota tumani yoshlariga bugun namoyish etilayotgan spektakl shular haqida. Men bu asarni har qanday yosh yigit-qiz umri davomida bir marta bo‘lsa ham ko‘rishi shart bo‘lgan spektakllardan biri ekaniga qat’iy ishonaman.
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram