Zangiota tuman IM
636 subscribers
1.95K photos
385 videos
18 files
253 links
Download Telegram
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!

📸 Rasmlarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
✉️ “JADID BOBOMGA XAT” INSHOLAR TANLOVI
📜 Dolzarb 90 kun doirasida “Jadid” gazetasi bilan hamkorlikda!

Hurmatli yosh ijodkorlar!
Agar siz tarixga, ma’rifatga va jadid bobolarimizning merosiga befarq bo‘lmasangiz, o‘z yuragingizdagi tilak va mulohazalaringizni insho shaklida qog‘ozga tushirish fursati keldi!

📬 Tanlov mavzusi: “Jadid bobomga xat”
📝 Talablar:

Insho kamida 80 qator bo‘lishi kerak

Imlo xatosiz, husnixatli bo‘lishi shart

Asar avval hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi kerak

Sun’iy intellektdan foydalanilmagan bo‘lishi lozim

O‘zingiz yozgan, samimiy va tafakkurga boy bo‘lishi zarur

Tanlov muddati: 2025-yil 20-iyundan 20-avgustgacha .
🎁 G‘oliblar
1 ta 1-o'rin-5 mln

2 ta 2-o'rin 4mln dan jami 8 mln

3ta 3-o'rin -3 mln dan jami 9 mln.

Bundan tashqari qimmatbaho sovg‘alar ,maktabi uchun esa 1000 ta badiiy,ilmiy-ommabop kitoblar va inshoning “Jadid” gazetasida e’lon qilinish sharafiga ega bo‘ladilar!

📮 Insholaringizni quyidagi manzilga yuboring: Toshkent shahar,Shayxontohur tumani ,Navoiy ko'chasi 60-uy, "Jadid"gazetasi tahririyatiga pochta orqali.

Jadid bobolarimiz sizning xatlaringizni kutmoqda. Qog‘oz va qalamingizni oling — tarix sizdan ovoz kutmoqda!
👍21🔥1
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish bo'yicha maxsus davlat idorasidir.


Agentlikning asosiy vazifa va vakolatlari haqida batafsil videoda tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga  murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:  Call-markaz – 1253


https://t.iss.one/ZangiotaIMtadbirlar
1🔥1
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253

https://t.iss.one/ZangiotaIMtadbirlar
🔥1
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.

Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga  murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:  Call-markaz – 1253


https://t.iss.one/ZangiotaIMtadbirlar
RAHBAR VA PEDAGOG KADRLAR TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🔍 Kelajak innovatsion ta’limini birga quramiz!

👩‍🎓 Ta'lim tizimida o‘zgarish qilishga, innovatsion g‘oya olib kirishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
🌐Platforma: job.piima.uz va job2.piima.uz

💡 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓 Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar – xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va professional rivojlanish.

🌍 Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglarda – bevosita ishtirok etish, xalqaro IELTS, SAT kabi sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati.

💼 Ta’limda global yondashuv – sizda xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

📎 Talab qilinadigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Bakalavr yoki magistr diplomi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Halol, fidoyi va mas’uliyatli;
🔹 kuchli liderlik salohiyatiga ega;
🔹 jamoa bilan ishlay oladigan va AKT sohasida zamonaviy bilimlarga ega rahbar.

Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz - yangi bosqichga birinchi qadamni tashlang!

Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Forwarded from Zangiota tumani hokimligi (.......)
#ogoh_boʻling

❗️Ноқонуний диний фаолият ҳолатига чек қўйилди

1983 й.т., Тошкент халқаро ислом академиясининг битирувчиси, Тошкент вилояти, Чиноз туманида яшовчи фуқаро Ш.А. томонидан ноқонуний диний таълим бериш ҳолати аниқланди.
Хусусан, у Чиноз туманида жойлашган ўқув марказида Тошкент вилоятида яшовчи 5 нафар вояга етмаган фуқароларга диний адабиётлардан таълим бериб келган.

⚠️Аниқланган ҳолат процессуал тартибда расмийлаштирилиб, Ш.А.га нисбатан Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг тегишли моддаси асосида маъмурий жавобгарликка тортилди. Шунингдек, вояга етмаган шахсларнинг ота-оналари ҳам тегишли тартибда жавобгарликка тортилди.

Telegram |YouTubeI
Fecebook
|😥WebsiteIInstagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣7👍2🤯21🔥1🤨1👀1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari bo‘yicha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari rasman e’lon qilinmagan. Ayni paytda natijalarni shakllantirish ishlari yakuniy bosqichda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihon natijalarini bugun kunning ikkinchi yarmida rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qiladi.

Hurmatli ota-onalar va nomzodlar! Iltimos, norasmiy va tasdiqlanmagan manbalarga ishonmang. Faqat Agentlikning rasmiy sahifalari orqali beriladigan xabarlarga tayaning.

Eng so‘nggi va ishonchli ma’lumotlar faqat quyidagi sahifalarda e’lon qilinadi:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
3
⚡️Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги имтиҳон натижаларини бугун куннинг 2-ярмида эълон қилинади

Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги бу ҳақида расмий муносабат берди:

➡️ Ижтимоий тармоқларда таянч ва ҳудудий ихтисослаштирилган мактабларга қабул имтиҳонлари бўйича расман тасдиқланмаган маълумотлар тарқалмоқда.

➡️ Эслатиб ўтамиз, имтиҳон натижалари расман эълон қилинмаган. Айни пайтда натижаларни шакллантириш ишлари якуний босқичда.

❗️Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги имтиҳон натижаларини бугун куннинг иккинчи ярмида расмий саҳифалари орқали эълон қилинишини маълум қилади.

👉 @yangi_oylikbot - Ойлик ҳисоблаш учун бот.

Ўқитувчи | Мактаб таълими каналига обуна бўлинг 👇👇👇

https://t.iss.one/+fIFNV3-cyDcyYjEy
https://t.iss.one/+fIFNV3-cyDcyYjEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar

2025-yilda Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining natijalari quyidagi tartibda baholanadi

🤩Kirish imtihonlarini baholash jarayonida savollarning murakkabligi va yechish bosqichlari hisobga olinib, 1,1 va 2,1 ballik tizimda baholanadi.

🔎 Masalan, 5-sinfga kirish imtihonlari quyidagicha baholanadi:
📘 Matematika — 30 ta savol:
▪️ 12 ta savol — 1,1 ball
▪️ 18 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 51 ball

📗 Ingliz tili — 15 ta savol:
▪️ 6 ta savol — 1,1 ball
▪️ 9 ta savol — 2,1 ball
Umumiy ball: 25,5 ball

✔️ Jami ikkala fan bo‘yicha maksimal ball: 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Barcha sinflar kesimida maksimal ball 76,5 ballni tashkil etadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
#imtihon_natijalari_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

📆 Joriy yilning 7-, 8-, 9-, 10-, 11-IYUL kunlari Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari eʼlon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda e’lon qilinadi.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#apellatsiya_2025

APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 31-IYUL, 1-, 2-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

📝 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

➡️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Ijod maktablari uchun

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Pedkadr.tdi.uz
x9HYrmLo0s8lvGdj12uQya278ru5fCqC.pdf
710.4 KB
⚡️Илғор педагоглар ҳамда иқтидорли ўқувчиларга дам олиш масканларига бепул йўлланма берилади

Вазирлар Маҳкамасининг 2025 йил 29 июлдаги тегишли қарори билан “Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги дам олиш масканларига дам олувчиларни қабул қилиш тартиби тўғрисида”ги Низом тасдиқланди.

Унга кўра:

➡️ вазирлик тизимидаги дам олиш масканларига вазирлик тизими ходимлари, жумладан, педагог кадрлар ҳамда давлат умумий ўрта таълим ташкилотларининг (7-14 ёш) иқтидорли ўқувчиларини қабул қилиш тартиби белгиланди.

Дам олиш масканларида:

➡️ вазирлик тизими ходимлари ҳамда илғор педагоглар учун — сентябрь-май ойларида;
➡️ иқтидорли ўқувчилар учун — июнь-август ойларида 12 кунлик дам олиш кунлари белгиланади.

➡️ Йўлланмалар саралаш мезонлари асосида тақсимланади ҳамда энг юқори натижаларга эришган вазирлик тизими ходимлари, педагог кадрлар ҳамда иқтидорли ўқувчиларга кетма-кетлик асосида бепул йўлланма берилади.

Масканларда дам олувчи илғор педагоглар қуйидаги мезонлар асосида танлаб олинади:

➡️ халқаро олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;
➡️ ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган халқаро олимпиадалар ғолиблари;
➡️ хорижий тил ва STEAM фанларидан мутахассислиги бўйича халқаро сертификатларга эга ўқитувчилар (TESOL LEVEL 5, CEFR B2, IELTS 6 ва ундан юқори, шунингдек, вазирлик томонидан белгиланадиган бошқа сертификатлар);
➡️ асосий олимпиадаларнинг Республика босқичи ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар;
➡️ Республика босқичидаги кўрик-танловларда фахрли ўринларга эга бўлган ўқитувчилар;
➡️ олий ва биринчи малака тоифасига эга бошланғич синф ўқитувчилари, мактабгача таълим ташкилотлари педагоглари;
➡️ асосий олимпиадаларнинг вилоят босқичи ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар.

Масканларда дам олувчи иқтидорли ўқувчилар (7-14 ёш) қуйидаги мезонлар асосида танлаб олинади:

➡️ асосий олимпиаданинг 3- ва 4-босқичларида фанлар кесимида 1-, 2-, 3-ўринларни эгаллаган ўқувчилар;
➡️ минтақавий халқаро олимпиадалар ғолиблари;
➡️ нуфузли халқаро олимпиадаларда иштирок этган ўқувчилар;
➡️ халқаро танлов, фестиваль ва мусобақа ғолиблари;
➡️ республика даражасидаги ташкилотлар томонидан ташкил этилган турли кўрик-танловлар ва мусобақаларнинг республика босқичи ғолиблари.

Дам олиш масканларида:

➡️ маънавий-маърифий, кўнгилочар, соғломлаштириш, спорт, ўқув ва илмий-тадқиқот йўналишларида;
➡️ иқтидорли ўқувчиларнинг туризм, спорт, техника, китобхонлик, маданият ва санъат йўналишларидаги қобилиятларини ривожлантириш мақсадида турли хил тадбирлар ташкил этилади.

🗂Низом матни билан юқоридаги файлда батафсил танишишингиз мумкин.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025

▶️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2-bosqich kirish imtihonlarini jonli efir orqali kuzatib boring.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali kelib tushgan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar


🎙 Savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbari Sevara Shakirova javob berdi.

📹 Batafsil ma’lumot — videomurojaatda

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1