11
Mutribki, unini har kishi go'sh qilur,
Jon birla ko'ngulni zoru madhush qilur.
Maqsad nedurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush qilur?
Mutribki, unini har kishi go'sh qilur,
Jon birla ko'ngulni zoru madhush qilur.
Maqsad nedurki, elni yod etganda,
Ul doirada bizni faromush qilur?
12
Dushmanniki, bu daxr zabardast qilur,
Naxvat mayidin birnecha kun mast qilur.
G'am yemaki, yetkursa boshini ko'kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
Dushmanniki, bu daxr zabardast qilur,
Naxvat mayidin birnecha kun mast qilur.
G'am yemaki, yetkursa boshini ko'kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
13
Ko'zung bog'i sog'larni mast etgusidur,
G'amzang bori mastlarni past etgusidur.
Ko'p zohidu Porsoni Bobur yanglig'
La'ling havasi bodaparast etgusidur.
Ko'zung bog'i sog'larni mast etgusidur,
G'amzang bori mastlarni past etgusidur.
Ko'p zohidu Porsoni Bobur yanglig'
La'ling havasi bodaparast etgusidur.
14
Ishlar bori ko'nguldagidek bo'lg'usidur!
In'omu vazifa - bori buyrulg'usidur!
Ul g'allayu mahmilki, deb erding, bildim,
Mahmilg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur!
Ishlar bori ko'nguldagidek bo'lg'usidur!
In'omu vazifa - bori buyrulg'usidur!
Ul g'allayu mahmilki, deb erding, bildim,
Mahmilg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur!
15
Har kimki, vafo qilsa - vafo topqusidur!
Har kimki, jafo qilsa - jafo topqusidur!
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik xargiz,
Har kimki, yomon bo'lsa - jazo topqusidur!
Har kimki, vafo qilsa - vafo topqusidur!
Har kimki, jafo qilsa - jafo topqusidur!
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik xargiz,
Har kimki, yomon bo'lsa - jazo topqusidur!
16
Bu telba ko'ngulki, ishq aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti maqsudidurur.
Xijron kechib axbobni har kimki, ko'rar,
Xush davlatiyu toleyi mas'udidur.
Bu telba ko'ngulki, ishq aning sudidur,
Ahbobning ixtiloti maqsudidurur.
Xijron kechib axbobni har kimki, ko'rar,
Xush davlatiyu toleyi mas'udidur.
17
Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,
G'urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoqu g'urbat sharhin
Kim, ko'z yoshi nomaning yuzin nam qiladur?
Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,
G'urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav bitay firoqu g'urbat sharhin
Kim, ko'z yoshi nomaning yuzin nam qiladur?
18
Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur,
Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur.
Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek,
Borg'on sori bu ortadur, ul kam bo'ladur.
Jismimda isitma kunda mahkam bo'ladur,
Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur.
Har ikkalasi g'amim bila sabrimdek,
Borg'on sori bu ortadur, ul kam bo'ladur.
19
Yo Rab, menda ne yaxshi tole bordur
Kim, baxti mutiyu, yori tobe bordur.
Ma'zur tut ar vaslingga kechroq yetsam,
Ne chora qilay ozg'ina mone bordur.
Yo Rab, menda ne yaxshi tole bordur
Kim, baxti mutiyu, yori tobe bordur.
Ma'zur tut ar vaslingga kechroq yetsam,
Ne chora qilay ozg'ina mone bordur.
20
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko'z nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu faslidakim, latifu dilkash toladur!
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko'z nurini rangi lolayu dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda yurub sayr etsa,
Bu faslidakim, latifu dilkash toladur!
Hurmatli kanalimiz a'zolari kanalimiz faoliyati davomida juda ko'p ma'lumotlarni PDF variantda ham berib o'tamiz Hudo hohlasa. Sizning ham ilmiy ma'ruzalaringiz bo'lsa, yoki ajdodlarimiz qalamiga mansub she'r va g'azallarni ifodali tarzad o'qiy olsangiz, marhamat qilib Bobur nomli xalqaro jamoat Fondi Shahrixon Yoshlar bo'limi rahbari Faxriddin Nosirjonovning quyidagi @Faxriddin_Nosirjonov profiliga yuboring. Sizning ijodingiz kanalimizda yoritiladi.
21
Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur!
Po'loddur ko'nglunggu bag'ring toshtur!
Nomamg'a agar yaxshi javobing yo'qtur,
So'kmak bila yod aylasang ham xushtur!
Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur!
Po'loddur ko'nglunggu bag'ring toshtur!
Nomamg'a agar yaxshi javobing yo'qtur,
So'kmak bila yod aylasang ham xushtur!
22
Hajri aro oromu qarorim yo'qtur,
Vaslig'a yetarga ihtiyorim yo'qtur.
Kimga ochayin rozki, yo'q mahrami roz,
G'am kimga deyinki, g'amgusorim yo'qtur.
Hajri aro oromu qarorim yo'qtur,
Vaslig'a yetarga ihtiyorim yo'qtur.
Kimga ochayin rozki, yo'q mahrami roz,
G'am kimga deyinki, g'amgusorim yo'qtur.
23
Ulkim, anga ilm ichra g'olib yo'qtur,
Derlarkim, beri kelurg'a g'orib yo'qtur.
Dedimki, bu so'z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo'qtur.
Ulkim, anga ilm ichra g'olib yo'qtur,
Derlarkim, beri kelurg'a g'orib yo'qtur.
Dedimki, bu so'z rost emastur, negakim,
Tolibni tilar andaki, tolib yo'qtur.
24
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!
25
Qayg'ungni cheka - cheka qoribdur Bobur,
Rahm aylaki, o'zidin boribdur Bobur.
Noranj yibordi sengaki, bilgaysen,
Ya'niki, bu nav sarg'oribdur Bobur.
Qayg'ungni cheka - cheka qoribdur Bobur,
Rahm aylaki, o'zidin boribdur Bobur.
Noranj yibordi sengaki, bilgaysen,
Ya'niki, bu nav sarg'oribdur Bobur.
#Fakt
Boburiylar Sulolasi
Zahiriddin Muhammad Bobur (1526 - 1530)
Humoyun Mirzo (1530-39; 1555-56)
Akbarshoh (1556 - 1605)
Jahongir Mirzo (1605 - 1627)
Shoh Jahon (1627 - 1658)
Avrangzeb (1658 - 1707)
Boburiylar Sulolasi
Zahiriddin Muhammad Bobur (1526 - 1530)
Humoyun Mirzo (1530-39; 1555-56)
Akbarshoh (1556 - 1605)
Jahongir Mirzo (1605 - 1627)
Shoh Jahon (1627 - 1658)
Avrangzeb (1658 - 1707)