Yoshlar Parlamenti / Молодежный Парламент / Youth Parliament
389 subscribers
3.72K photos
263 videos
6 files
974 links
🇺🇿Oliy Majlis Senati huzuridagi "Yoshlar Parlamenti"ning rasmiy kanali

instagram.com/yoshlarparlamenti
Facebook.com/yoshlarparlamenti
Twitter.com/YParlamenti
Download Telegram
“Yurtimiz yoshlarining yutugʻi barchamizga kuch bagʻishlaydi”.

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Diloram Tashmuxamedovaning “Yurtimiz yoshlarining yutugʻi barchamizga kuch bagʻishlaydi” mavzusidagi maqolasi “Xalq soʻzi” gazetasining 163-sonida chop etildi.

Mazkur maqolada Senator Diloram Tashmuxamedovaning yurtimizda sportning rivojlanishi va ommaviylashtirilishiga qaratilgan sa‘y-harakatlar haqida fikrlari bayon etilgan.

Bunda, sport sohasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning samarasini ta’kidlanib, yoshlarimizning xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari butun xalqimizga ruhiyat va kuch bag'ishlayotganini qayd etilgan.

Xususan, Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar, jumladan, erkaklar boksida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritilishi, mamlakatimiz sportchilari orasidagi raqobatbardoshlik va ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborni yana bir bor tasdiqlanganligi bildirilgan.

Shuningdek, maqolada davlatimiz rahbarining sport sohasiga qaratgan e’tibori natijasida, chekka hududlardagi sport inshootlarining rekonstruksiya qilinishi va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi haqida so‘z yuritilib, sport sohasi xodimlari va yoshlarimizga bo‘lgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash davom etishiga ishonch bildirilgan.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Joriy yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shoir ostida Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Qarshi shahridagi Oliy Harbiy aviatsiya bilim yurtiga Senator Erkayev Abduraxim Panjiyevich va Qashqadaryo viloyatidan saylangan Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Senator Erkayev Abduraxim tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni yanada g‘ayrat-shijoat bilan olg‘a intilishga, vatan koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lishga da’vat qilindi.

Shu bilan birga, Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Yusupov Shuxrat qonun ijodkorligi jarayoni, nazorat-tahlil tadbirlari, xalqaro uchrashuvlar xususida so‘z yuritib, jamiyatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, yoshlarga doir qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Uchrashuv so’ngida yoshlar o’zlarining taklif va muammolarini bildirdishdi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
“Senator va yoshlar” uchrashuvi

Buxoro garnizonidagi harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Yoshlar parlamenti aʼzolari, hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi maʼsullari va harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Harbiy qismda davom etgan targʻibot tadbirida senator va deputatlar ishtirok etib, buyuk istiqlolimiz, xalqimiz ayniqsa yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai boʻlib kelayotganligi toʻgʻrisida fikr mulohazalar bildirishdi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Xorazm viloyatida “Senator va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Sadullaeva Faroxat Aminovna, Yoshlar parlamenti a’zolari va harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlisi Senati a’zosi Sadullaeva Faraxat va Yoshlar parlament a’zosi Qo‘chqorov Quranboylar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi bilan tanishishdi.

Tadbir davomida safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan faol xarbiy xizmatchilarga sovg‘alar berildi va bayram tabrigi yo‘llandi.

Ko‘p millatli xalqimizning tinchligi yo‘lida sharafli, mas’uliyatli burchini – Vatanni himoya qilishdek buyuk vazifani ado etayotgan, oddiy askar va serjantlarga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish yo‘lida kuch-quvvat va katta muvaffaqiyatlar tilashdi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Vatanparvarlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatidagi Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi o‘rinbosari Diloram Tashmuxamedova, Yoshlar parlamenti aʼzolari, Qurolli kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda Qo'mitasi raisi o‘rinbosari Diloram Tashmuhamedova, Yoshlar parlamenti raisi Behzod To'xtamurodov hamda Qurolli kuchlar faxriysi so‘z olib, Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar, o‘tgan davr mobaynida mehnatkash xalqimiz o‘zining mustahkam irodasi, matonatini namoyon etib, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida bor bo‘y-bastini butun dunyoga namoyon qilayotganini misollar orqali e’tirof etildi hamda yoshlarni ona vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fikr mulohazalar bildirishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Senator va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Annaklicheva Gulistan Axmedovna, Yoshlar parlamenti a’zolari Gʻayratdin Seytekov, Azamat Qutlimuratovlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.

Shuningdek uchrashuvda mustaqillik yillarida yurtimizda har bir fuqaroning qalbida vatanparvarlik tuygʻularining yanada mustahkamlanganligini, Vatanga sadoqat, bagʻrikenglik, tinchlik-osoyishtalik, doʻstlik-birodarlik buyuk ne’mat etkanligi e’tirof etildi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
“Senator va yoshlar” uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Yoshlar parlamenti aʼzolari va harbiy xizmatchilar ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Qo‘mita raisi o‘rinbosari T.Madumarov va parlament aʼzolari harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi bilan tanishishdi. Tadbirda safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan faol xarbiy xizmatchilarga sovg‘alar berildi va bayram tabrigi yo‘llandi.

Mustaqillikning milliy qadriyatlari va anʼanalarning ahamiyati hamda yoshlarning mamlakat kelajagidagi roli haqida Yoshlar parlamenti a'zolari tomonidan maruzalar qilindi.
Aziz yurtdoshlar!

Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Yoshlar parlamenti barchangizni tabriklaydi!

Ushbu muhim sana – xalqimizning erkinlikka, mustaqillikka erishish yo‘lidagi mashaqqatli, ammo shonli yo‘lini ifodalaydi.

Kelajakda ham Vatanimiz yanada yuksalib, gullab-yashnashi uchun barchamiz birgalikda hissa qo‘shishda davom etamiz.

“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumida Yoshlar parlamenti a'zolari tomonidan mintaqa darajasidagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda yoshlarning ishtiroki muhokama qilindi.

Sessiya ishtirokchilari bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlarida Yoshlar parlamenti orqali kelajak bunyodkorlari siyosiy jarayonlarga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgani, muhim qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etayotganini taʼkidlab, bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish, o‘zaro tajriba almashish zarurligini qayd etishdi.

O‘z navbatida, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Behzod To'xtamurodov Prezidentimiz tomonlaridan Oʻzbekistonda yoshlarga oid siyosatga katta eʼtibor, ularning tashabbuslari bilan Oliy Majlisi palatalari qoshida Yoshlar parlamentlari tashkil etilganligi, hamda ularning faoliyati boʻyicha qisqa toʻxtalib oʻtdi.

Shu bilan birga, Yoshlar parlamenti tomonidan xalqaro miqqiyosda olib borilgan hamkorliklar, xususan MDH davlatlarining yoshlar parlamentlari bilan aloqalar, BMTning Bolalar jamgʻarmasi (UNIСEF) bilan yoshlarning ijtimoiy va psixologik farovonligini oshirish sohasida, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi aholi salomatligiga salbiy taʼsirini bartaraf etish yuzasidan esa BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC) bilan bilan aloqalarni mustahkamlanganligi toʻgʻrisida soʻz olib borildi.

Sessiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari Yoshlar parlamentlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonida ularning faol ishtirok etishini taʼminlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumidan video lavhalar.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
Hurmatli ustozlar, aziz murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Yoshlar parlamenti nomidan Sizning mehnatingiz, sabr-toqatingiz va bilim berishdagi fidoyiligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Har bir o'quvchining hayotida sizning rolingiz beqiyosdir.

Mehribon ustozlar, fidoiy faoliyatingizda sharaflar, cheksiz muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram
“Debat Xoll”da “Iqtisodiyot va tadbirkorlik” mavzusida navbatdagi teledebat boshlandi

Partiyalar o’rtasida bo’lib o’tayotgab debatda “Adolat” SDP partiyasidan Yoshlar Parlamenti raisi B.To’xtamurodov ishtirok etmoqda.

Debatlarni quyidagi telekanallarda jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: O‘zbekiston Milliy media birlashmasiga a’zo telekanallar — "Mening yurtim", "Renessans", "Sevimli", "Zo‘r TV" va "Uzreport" (o‘zbek tilida), "Dunyo bo‘ylab" (rus tilida) hamda "Foreign languages" (ingliz tilida). Shuningdek, Milliy media birlashmasi va Xalqaro press-klubning YouTube kanallarida ham bevosita efirni kuzatish imkoniyati mavjud.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda Jeneva shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 149-assambleyasi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu xalqaro tadbir doirasida turli mamlakatlar parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik va muloqot yanada mustahkamlanmoqda.

Parlamentlararo Ittifoq 2021 yilda "Parlamentda yoshlarga ʼHaʼ deyman!" kampaniyasini yoʻlga qoʻygan boʻlib, ushbu tashabbus doirasida 2000 ga yaqin shaxslar imzo chekkan va 750 dan ortiq parlament aʼzolari unga qoʻshilgan.

Kampaniya yoshlarning parlamentdagi ishtiroki va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Oʻz navbatida, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti ham ushbu kampaniyaga aʼzo boʻlish boʻyicha muhokama olib bormoqda.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo tarixida ilk marta Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi maʼlum qilindi.

Bu nufuzli xalqaro tadbir Oʻzbekistonning global parlament hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlab, mintaqada parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

📱Bizni kuzatib boring👇

Rasmiy sayt | YouTube | Instagram