Yoshlar kundaligi | Rasmiy
78.7K subscribers
12.1K photos
7.09K videos
52 files
16.5K links
Муаммо борми, шу ерга ёзинг👉: @yoshlar_kundaligi_bot

Видео ва овозли хабарлар юбориш учун👉:
@Yoshlar_aloqada_bot

Расмий веб сайт: yokun.uz
Download Telegram
SAVOL: Ko‘p bolali oilalarga qanday imtiyozlar mavjud?

JAVOB: Qonunchilikka ko‘ra, davlat ko‘p bolali oilalarga quyidagi imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi:

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan k o‘p bolali oilalar ko‘p kvartirali uylardan imtiyozli kreditlar asosida uy-joy olishi, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari hamda xotin-qizlarga ajratiladigan arzon uy-joylardan uy (kvartira) olishi mumkin.

Tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan moliyaviy yordamlar qo‘rsatiladi.

Ko‘p bolali oilalarning iqtidorli farzandlari Yoshlar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo kengashlari qarori bilan quyidagilarni amalga oshirish orqali moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi:

👉 zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash;

👉 asosiy turdagi o‘quv qurollari bilan ta’minlash;k

👉 badiiy kitoblar bilan ta’minlash;

👉 bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;

👉 respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;

👉 respublika bo‘ylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash
.

Ko‘p bolali ota-onalar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni tuman (shahar) hokimlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo‘yiladi.

Bunda, bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rni yaratiladi

Ko‘p bolali oilalarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishda imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi

Uy xo‘jaligida qoramol boqish uchun sharoit va imkoniyatlari, shu jumladan yer uchastkasi mavjud ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol berilishi mumkin

Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan.

Aloqa uchun bot:
@Yoshlar_aloqada_Bot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez orada ish yuritish to‘liq lotin alifbosida bo‘lar emish. Endi hamma lotin alifbosini o‘rganishga majbur.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
FARZANDLARIMIZDAGI QOBILIYAT YO‘QOLISHINING BA’ZI SABABLARI:

1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o‘ldiradi.
Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.🙃

2. Elektron o‘yinlar ijtimoiy aqlni, lug‘aviy ziyraklikni barbod qiladi.

🤣3. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida undagi motivasiya pasayib ketadi.

4. Bolaning yoshligidan u bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi.

💧5. Ta’lim berish davomida suv ichishni kamaytirishi (Miyaning 85% i suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan suv ichish zarur.)

🙅‍♀️ 6. O‘quvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay o‘qitish samarali natijaga olib kelmaydi.

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Bekobodda joylashgan "O‘zmetkombinat" АJdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati.

Aloqa uchun bot: @Yoshlar_aloqada_Bot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#Elon

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga talabgor yoshlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz.

Batafsil ma’lumotlarni Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlaridan olishingiz mumkin.

Aloqa uchun bot: @Yoshlar_aloqada_Bot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#foydali #statistika

Agar dunyodagi hamma ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvsa, yiliga 1 millionga yaqin odam hayotini saqlab qolishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yosh_tadbirkorlar_uchun
#Qibray_tumani

O‘z biznesini boshlamoqchi bo'lgan yoshlar diqqatiga

🔈 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qibray tumani bo‘limi tashabbusi bilan yurtimizning yirik tadbirkorlaridan biri, "BUSINESS COMPASS" markazi ta’sischisi, "LAMBRE" kompaniyasi rahbari, “BUSINESS PRO” loyihasi asoschisi va 20 dan ortiq muvaffaqiyatli bizneslar muallifi, motivator Ikromjon Tojiddinov ishtirokida motivasion dars tashkil etiladi.

💵Biznesni boshlashda qiynalayotgan, pulni qayerga ishlatishni bilmasdan yurgan yosh tadbirkorlarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chorlaymiz!

‼️ ESLATMA: Motivator Ikromjon faqat bir kun, ya'ni 13-fevral kuni soat 14:00 da Qibray tumani davlat xizmatlari markazida tuman yoshlari uchun bepul dars o'tadi (aslida bir soatlik dars mashg'ulotlari 250 $ni tashkil etadi).

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-maktabning 2-sinf o'quvchisi Baxtiyor Ergashevning iqtidoriga tan bermaslikning iloji yo'q. Uning o'qigan she'ri kattalarni lol qoldirdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Qaytar Dunyo @Muzikalar
Dildora Niyozova
Inson o'sib ulg'aydi kundan kunga,
Umr o'xshar goh ertak, goh afsunga.
O'ylab-o'ylab ba'zan tushunmayman shunga,
Ota-ona o'lguncha bolam der ekan.
Farzand qachon otam yo onam der ekan?

Dildora Niyozova

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#Bostonliq

Hech qanday tanish-bilishsiz ishga kiring!

👉Bugun soat 🕑14:00 da Bo'stonliq tumanining barcha ishsiz ayollari va yoshlarini bo'sh ish o'rinlari yarmarkasiga taklif qilamiz.
✍️Yarmarkada tumandagi muassasa va tashkilotlar, yirik ishlab chiqarish zavod va fabrikalari o'zlarining bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashadi.
👩‍💻Har bir ishtirokchi yagona ro'yxatga olinadi va mas'ullar tomonidan sizning ishga kirgan-kirmaganligingiz haqida doimiy nazorat o'rnatiladi.

Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
📌Manzil: 🏤Madaniyat markazi.
📍Mo'ljal: 🏢Bo'stonliq tuman hokimligi binosi.

📝Qo'shimcha ma'lumot uchun:
Tel: 94-422-77-11, 99-019-88-11

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyol_tumani

🏋️‍♀️15 nafar Jahon, Osiyo hamda O‘zbekiston chempionatlarida g‘olib bo‘lgan faxrli sportchilar Yangiyo‘l tumani hokimi U.Yalgashev bilan uchrashishdi.

🙋‍♂️ Sportchi yoshlar o‘z muammo va takliflarini hokimga aytishgan edi. Hokim hamma murojaatlarga yechim topib berdi.

Voy-bo` sal oshirib yubormadingizmi, deyayotgan bo'lsangiz, videoni ko'rib chiqing. 😉

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Tez tibbiy yordam. 1894-yil, Italiya.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi, Yangiyo‘llik yoshlarni baxtli yoshlar desak adashmagan bo‘lamiz.

🏣 Chunki Toshkent viloyatida yagona bo‘lgan Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi Yangiyo‘lda joylashgan. Hattoki Toshkent shahridagi yigitlar ham shu yerda ekan.

👨🏼‍✈️ Harbiylikka qiziqishi bor 18 yoshdan oshgan yigitlarni ushbu dargohga taklif etamiz.

‼️ Ha aytgancha yana bir yangilik, bu yerda Yangiyo‘l tuman va shahridagi maktab o‘quvchilariga bepul to‘garaklar o‘tilayotgan ekan. Xullas gap yo‘qda.👍 Ko‘rsangiz tushunib olasiz! 👆

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
​​#Sharh

"Padarkush" 110 yildan so‘ng ham hayotmi?

1911-yil. Samarqand. Madrasalar nurab yotgan, o‘lka talon-taroj qilinayotgan, ming yillik qadriyatlar yemirilayotgan palla. Aynan shu vaqtda O‘rta Osiyo, xususan, ro‘yi zamin sayqali Samarqandda pivoxona, aroq-vino sotiladigan maishatxonalar qurila boshlangan. Yoshlar o‘rtasida pivoxo‘rlik avj ola boshlagan.

Bu voqealarga guvoh bo‘lgan buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy "Padarkush" asarini yozdi. Asar uch yillik qiyinchilikdan so‘ng, sahnalashtirildi. Ilk marta asar Samarqandda namoyish etildi. O‘zbek teatr san’atining birinchi dramasi bo‘lgan mazkur spektakl Turkiston o‘lkasida juda katta shov-shuv uyg‘otdi. Xalq tomoshalarga yutoqib, katta qiziqish bilan kelar edi. Odamlar spektaklni ko'rish uchun bitta qo'yning puliga chipta sotib olishga ham tayyor edilar. Yana bir qiziqarli fakt. Spektakldagi bosh rollardan birini Abdulla Avloniy o‘ynagan.

Xo‘sh, bu asar nega bunchalar mashhur
?🤔 Nega oradan yuz yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, yana shu asarga murojaat qilindi? Bu savollarga javob bitta. Asarda o‘qimagan, otasining davrida kayfu safoga berilgan bolaning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi. Gʻoya jihatidan bu asar tik-tokdan bosh ko‘tarmayotgan avlod uchun bir oyna, ko‘zgudir.

Bu qiziqarli va odamni o‘yga toldiradigan asarni o‘qishni tavsiya qilaman.😊 Chunki, padarkushga aylanib qolmaslik uchun, tanlagan yo‘lingizga tanqidiy qarash uchun ayni mos asar.

Zangiota tumani yoshlariga bugun namoyish etilayotgan spektakl shular haqida. Men bu asarni har qanday yosh yigit-qiz umri davomida bir marta bo‘lsa ham ko‘rishi shart bo‘lgan spektakllardan biri ekaniga qat’iy ishonaman.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#tanqid

Dars – muqaddas emasmi?

Piskentdagi maktablarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilibdi. Dars vaqtida. Tadbirning nomini ko‘ring: 1) "Tig‘"; 2) "Davomat".

Hurmatli uchastkavoy akalar, maktabda o‘tkazadigan profilaktikangiz darsimizga halal beradi. Dars vaqtini buzishga sizning haqingiz yo‘q.😡 Biz maktabga o‘qish uchun boramiz.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yumor

"Apple House" jamoasi kutilmaganda sehrli chiroqni topib oldi. Davomi nima bo‘lganini videoda ko‘ring. Aytishlaricha, jin bugungi kunda jinnixonaga yotqizilgan emish...

🙈😂🤫

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram
#Билдириш

Мактаб директори (муҳаббат асири 🙈🤫) ҳақидаги пост бугун соат 18:00 да каналимизда эълон қилинади.

P.S. Энди сиз "Ёшлар кундалиги"ни кирилл алифбосида ҳам ўқишингиз мумкин. Каналга уланинг ва оригонал хабар ва янгиликлар,😜 теша тегмаган ҳазиллар, юмористик чиқишларимизни 🎭кузатиб боринг.

👉КИРИЛЛ ЁЗУВИДА ЎҚИЙМАН👈

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Facebook |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Natija

"Yoshlar kundaligi" aldamaydi! Bizga murojaat qilgan bekobodlik Shahlo qisqa vaqtda ishga joylashdi.😊 Ish qidirib yoki boshqa muammolar bilan qiynalib yurgan yoshlar bemalol, tortinmay bizga yozavering.

Aloqa uchun bot: @Yoshlar_aloqada_Bot

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEpbmrTBoa6A97lZhw

Kirillda o‘qish | Facebook |Instagram