NAMANGAN YOSHLARI
6.81K subscribers
41.2K photos
3.53K videos
68 files
10.2K links
Namangan viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI

Murojaat uchun📝 @yia_namangan_bot
Download Telegram
Xorijdagi vatandoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi

Davlatobod tuman hokimligi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida tumandan xorijga ishlash maqsadida ketgan yoshlar va fuqarolar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

Ushbu muloqotda xorijda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 40 nafarga yaqin vatandoshlar ishtirok etdi. Suhbat davomida tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib, huquqiy va amaliy maslahatlar taqdim etdilar.

Shuningdek, muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, mehnat bozori, tadbirkorlik va yoshlar bandligini ta’minlash sohalarida yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xorijdagi yurtdoshlar o‘z yurtiga qaytib, faoliyat yuritishga chorlandi. Ular uchun kafolatli ish o‘rinlari, ta’lim va qayta tayyorlash kurslari orqali barcha zarur sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida 30 ga yaqin murojaat va takliflar kelib tushdi. Ular mazmuniga ko‘ra tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, har bir murojaatning hal qilinishi qat’iy nazoratga olindi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook‌‌‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Namanganda davlat xizmatiga oid o‘quv seminar tashkil etildi

Namangan shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan seminar tashkil etildi.

Yoshlar ishlari bo‘yicha xodimlarning davlat xizmatiga oid bilim va malakalarini oshirish, ularning davlat boshqaruvi tizimida faol va samarali ishtirokini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminarda Namangan viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi rahbariyati, shuningdek, shahar va tumanlaridagi yoshlar ishlari bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etishdi.

Mazkur seminar davomida ishtirokchilarga Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom atroflicha tushuntirib berildi. Jumladan, tanlov jarayonining bosqichlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari hamda baholash mezonlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari davlat xizmatiga qabul qilishdagi yangicha yondashuvlar, professional kadrlar zaxirasini shakllantirish va tizimli o‘sish imkoniyatlari haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir interfaol savol-javoblar, tajriba almashish va amaliy tavsiyalar bilan boyitildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Namangang shahrida joylashgan Yoshlar markazida yoshlar masalasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasida muhokama yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma xodimlari, shahar va tumanlar bo‘lim boshliqlari, mas'ul xodimlar hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Muhokama davomida sohadagi dolzarb masalalar mahallalar kesimida atroflicha tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, kelgusida huquqiy madaniyatni oshirish, yoshlarni qonuniy bilimlar bilan tanishtirish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsizlik muhitini yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 1-sonli Qarori hamda ushbu Qaror bilan tasdiqlangan yo'l xaritasiga asosan Namangan viloyatida joriy yil davomida amalga oshirilishi lozim bo'lgan barcha yo'nalishni ta'minlanishini samarali tashkil etish lozimligi tushuntirib o'tildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM