Tan olaylik, ruslar bizdan koʻp kitob oʻqiydi.
90 ga kirgan bir rus buvining uyiga chaqiruvga borganimda kitoblarini koʻrib hayron qoldim.
Kitoblarning hammasi shedevr, klassik adabiyot edi. Buvi qanaqa kitob oʻqishni bilarkan.
2 ta kitobni tanlab olishimga ruxsat bergan edi, “Doktor Jivago” bilan “Jeyn Eyr” ni ovoldim.
t.iss.one/Xushnudbek_kutubxonasi

Forwarded from The Stranger
Mayli, har kuni oʻqimas, har hafta oʻqimas, har oy oʻqimas, ammo yiliga hech boʻlmasa uch-toʻrtta kitob oʻqimaydigan odam nafaqat sizni, balki hech kimni chinakamiga sevishga qodir emas. Keching undan.
Yangi kitob boshladim: 30.06.2025)
P.S: Kitob asosida ishlangan film Oscar mukofotini olgan.
t.iss.one/Xushnudbek_kutubxonasi
P.S: Kitob asosida ishlangan film Oscar mukofotini olgan.
t.iss.one/Xushnudbek_kutubxonasi
Kitob shunday narsaki, negadir bu sohani hamma yaxshi bilaman deb o'ylaydi. Holbuki yillar davomida kitobning orqasidan kun ko'rgan, yuzlab kitoblarni nashr qilganlarning ham soha haqida yetarlicha bilimi yo'qligiga ko'p bor guvoh bo'ldim. Chinakam kitobxon kitobning sifatini juda yaxshi farqlaydi. O'z navbatida unga kitob mazmunan emas, moddiyan ham qadrli. U kitobni ushlaganda zavqlanishni, qaraganda ko'z quvnashini, kitob uzoq xizmat qilishini xohlaydi. Shu bois muqovaga, ishlatilgan qog'ozga, yelimga, tikilgan ipga, shriftlarga, sahifalashga, imlo va uslubiy xatolargacha e'tibor beradi. O'ziga nima kerakligini aniq bilgan iste'molchi ishlab chiqaruvchi e'tibor qilmagan jihatlarni ham ilg'aydi. Eng yaxshi va to'g'ri bahoni oxir-oqibatda iste'molchi beradi. Bizning kontekstda bu iste'molchi kitobxonlar.
1000 Kitob loyihasi jadal suratlarda boshlandi. Ammo o'tgan yil adog'ida loyiha ichida va atrofida qator gap-so'zlar urchidi. Kim haq, kim nohaq, bu boshqa masala. Mana shu dilxiraliklar fonida loyiha menejeri Xurshid Yo'ldoshev shartnomani uzaytirmadi va loyihadan ketdi. Loyiha menejeri sifatida Eldor Asanov ish boshladi.
Kuni kecha kitoblarning signal variantlari e'lon qilindi va jamoatchilikning keskin e'tiroziga sabab bo'ldi. Bir qarashda ular abituriyentlarning printerdan chiqarib oladigan test kitobchalariga o'xshab ketardi. Balki kitoblar ko'ringanichalik sifatsiz emasdir, ammo vah deydigan darajada zo'r ham emas. Xalqning milliardlab puli sarflangan loyiha doirasida bundan ancha sifatli kitoblarni kutgandi bu xalq.
Bugun biz bukblogerlar, kitobxonlar hatto xususiy nashriyotlardan ham sifatli kitob talab qilyapmiz. Vaholanki ular har bir tiyinni o'z cho'ntaklaridan sarflashyapti, shunda ham iste'molchi sifatida har tomonlama sifatli, "shkarniy" kitob talab qilyapmiz. Ha, kitobning mazmuni muhim, ammo ustimizni yopsa bo'ldi deb qop kiyib yurmaymiz, qorin to'ysa bo'ldi deb qozonning o'zidan ovqat yemaymiz, shakl va mazmun bir butun narsa, bu qushning ikki qanotiga o'xshaydi, ikkisini bir-biridan ajratib, birini boshqasidan ustun qo'yib bo'lmaydi.
Mana shuning kabi e'tirozlar yangragach loyiha menejeri e'tirozchilarni "hasharotlar", "chichqoqlar" deb haqoratlagani internet tarmog'iga sizdirildi. Bu yuqoridagi masaladan alohida olganda ham juda-juda xunuk holat. Xalq avvalo soliq to'lovchi sifatida, shu bilan birga kitobxon sifatida mahsulotning sifatli bo'lishini talab qilishga va u haqida fikr bildirishga haqli. Fikr egalarini haqoratlash esa na olimlik etikasiga, na davlat xodimi etikasiga to'g'ri keladi.
Chiqishi kutilayotgan kitoblar sifati yomon bo'lmasa-da, shu bozorlardagi odatiy kitoblar darajasida bo'lishi mumkin. Ammo bunday kitob chiqarish uchun milliardlab pul sarflash shart emas, bundan-da a'lo sifatdagi kitoblarni xususiy nashriyotlar o'z hisobidan kunda, kunora chiqarib yotibdi. Shuncha pul ketdimi, shunga yarasha uzoqdan ko'rganda ham vah deydigan kitob chiqarish kerak. Chiqarolmadingizmi, unda e'tirozlarga loyiqsiz.

Klassik adabiyot umuman boshqa dunyo.
Rus klassikasi esa, ular ichida eng sevganim.
Ayniqsa, u Tolstoy boʻlsa mazza qilasan kishi.
Yangi kitob boshladim. Tolstoylashamiz.
Menimcha, bu asar oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan.
t.iss.one/Xushnudbek_kutubxonasi
Rus klassikasi esa, ular ichida eng sevganim.
Ayniqsa, u Tolstoy boʻlsa mazza qilasan kishi.
Yangi kitob boshladim. Tolstoylashamiz.
Menimcha, bu asar oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan.
t.iss.one/Xushnudbek_kutubxonasi
"Read what you love until you love to read."
- Naval Ravikant
Menda esa yana yangi mutolaa)
t.iss.one/Xushnudbek_kutubxonasi
- Naval Ravikant
Menda esa yana yangi mutolaa)
t.iss.one/Xushnudbek_kutubxonasi
Yozuvchilar terapevtlardir!
Tasavvur qiling, siz bir kuni juda charchagansiz. Ichingizni bir g‘am, bir savol yeb bitiryapti. Kim bilandir gaplashgingiz kelyapti, lekin hech kimga ishonolmayapsiz.
Shunda qo‘lingizga bir kitob olasiz. Ehtimol, bu Orxan Pamukdir. Yoki Stiven King. Yoki O‘tkir Hoshimov. Kitobni ochasiz… va birdan bitta satr yuragingizga o‘qday uriladi.
“Men ham shunday bo‘lganman,” deydi u satr.
“Sen yolg‘iz emassan,” deydi boshqa biri. “Agar sen buni o‘qiyotgan boʻlsang, demak hali ham kech emas,” deydi muallif.
Shu ondayoq tushunasiz: yozuvchi — terapevtdir. Ammo u sizga maslahat bermaydi. U faqat yuragingizdagi jimjitlikka ohang qo‘shadi. Sizni eshitadi. Sizni tushunadi. Sizni o‘zingizga qaytaradi.
Ba’zan bizni davolaydigan gaplar shifokor og‘zidan emas, qog‘ozdagi qahramon tilidan chiqadi.
Ishonmasangiz sinab koʻring.

Kecha yangi kitob boshlaganman.
Fantastik asar oʻqimaganimga ham ancha boʻlgandi. Lekin bu mavzudagi kitoblarni tez-tez oʻqib turish kerak.
Chunki, fantastik asarlar bizni real hayotdan olib chiqib, yangi olamlarni ko‘rsatadi. Lekin aynan shu olamlar orqali biz o‘zimiz, jamiyatimiz va kelajagimiz haqida chuqurroq o‘ylay boshlaymiz.

NEGA YAPON ADABIYOTINI O‘QISH KERAK?
Dunyoda har bir xalqning adabiyoti o‘ziga xos, alohida olam. Ammo yapon adabiyoti - bu boshqa dunyo. U nafaqat hikoya qiladi, balki his qildiradi va sizni ichkariga, qalb tubiga olib kiradi. Shuning uchun ham yapon yozuvchilari asarlari bugun butun dunyoda millionlab o‘quvchilarning sevimlisiga aylangan.
Ammo savol tug‘iladi: nega aynan yapon adabiyotini o‘qish kerak? Quyida bir nechta sabablarni aytib oʻtaman:
1. Minimalizm va chuqurlik uyg‘unligi
Yapon yozuvchilari ko‘pincha sodda voqealarni tasvirlaydi, lekin bu soddalik ortida hayotiy falsafa, ichki iztirob va chuqur psixologik qatlamlar yashiringan bo‘ladi. Haruki Murakami, Banana Yoshimoto yoki Yasunari Kavabata kabi mualliflar sodda syujet orqali o‘quvchini fikrga toldiradi.
2. Tabiat bilan uyg‘unlik
Yapon adabiyotida tabiat — shunchaki fon emas. U personajga aylanadi. Gullarning ochilishi, yomg‘irning yog‘ishi, tog‘lar yoki dengiz - bular barcha voqealarning ruhiy holatini ifodalovchi vositaga aylangan. Ayniqsa, klassik yapon adabiyotida bu juda yaqqol seziladi.
3. Ichki dunyo aks ettiriladi
Yapon adabiyotida tashqi konfliktdan ko‘ra ichki kurashlar muhimroq: yolg‘izlik, o‘zini anglash, o‘tmish bilan yashash, orzular va haqiqat o‘rtasidagi ziddiyat… Ayniqsa, o‘quvchi o‘zini anglash yo‘lida yurgan bo‘lsa, yapon adabiyoti unga ko‘zgudek bo‘ladi.
Tavsiya etiladigan mualliflar:
Haruki Murakami — zamonaviy yapon adabiyotining yuzidir. Real va irreal dunyolar kesishmasida yuradi.
Yasunari Kavabata — Nobel sovrindori. Go‘zallik va yolg‘izlik haqida sukutli she’riy romanlar yozgan.
Banana Yoshimoto — g‘amgin, ammo iliq ruhli asarlar muallifi. Ayollik, oila va yo‘qotish mavzularini ochib beradi.
Ryu Murakami — jamiyatning qorong‘u tomonlarini ochib beruvchi muallif. Tanqidiy va kuchli asarlar yozgan.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob oʻqish boʻyicha ayrim tavsiyalar:
Ko‘plab odamlar singari, maqsadsiz o‘qimang. Muammoni hal qilish uchun o‘qing.
Agar siz malakali yetakchi bo‘lishni istasangiz, sizga ushbu sohadagi eng yaxshi kitoblarni topishingiz foydali bo‘ladi.
Agar siz eng muvaffaqiyatli odamlarning xususiyatlari va shaxsiyatlarini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz va kamroq sub’ektiv fikrga ega bo‘lishni xohlasangiz, ularning tarjimai holini o‘qib chiqishingiz maslahat beriladi.
Sharhlarni, tavsiflarni o‘qing. Ushbu kitob mashhur bo‘lgani uchun o‘qimang. Siz uchun ommabop emas, siz uchun foydali va qiziqarli kitob o‘qishingiz kerak.
Ta’rifga ishonish (odatda kamdan-kam hollarda bajariladigan va‘dalar) yetarli emas. Kitobni ro‘yxatga qo‘shishdan oldin, uning mazmunini har doim biling.
Bu, ayniqsa, o‘z-o‘zini rivojlantirishga oid kitoblarga tegishli. Ehtimol siz mualliflar ko‘pincha bir xil fikrlarni takrorlashlarini payqagandirsiz. Unda shu muallifning hamma kitoblarini o'qishingiz shart emas.
➡️ @Xushnudbek_kutubxonasi