Zakovat: Xorazm
1.9K subscribers
14.9K photos
1.47K videos
128 files
6.26K links
Xorazm viloyatidagi “Zakovat” klubining rasmiy kanali.
Kanalda Xorazm viloyatidagi mavsumiy o‘yinlarga oid yangiliklar va boshqa ma’lumotlar berib boriladi
Bosh koordinator: @Matkarimov_Azamat
Koordinator: @Ilhom_Babajanov
Koordinator: @Mahmudjon_Jabbarov
Download Telegram
⚡️Bugun Urganch davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida "Harbiy-vatanparvarlik" mavzusida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Unda litsey o'quvchilari faol ishtirok etib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. 8 ta jamoa o‘rtasida o‘tgan turnir yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni "Al-Xorazmiy" jamoasi qo‘lga kiritdi. G'olib jamoaga "Zakovat intellektual klubi" NNT hududiy koordinatori I.Babajanov tomonidan litesy ko‘chma kubogi topshirildi va universitetning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

👉 @Xorazm_ZakovatNNT
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️

👮‍♀️ 15-yanvar kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm Zakovat klubi va Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" bayramiga bag'ishlab Xorazm viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o'yini o‘tkazildi.

☄️ Ishtirokchilar 2 ta turdan iborat bo‘lgan bilimlar bahsida jami 20 ta savol o'ynashdi. 5 ta jamoa ishtirok qilgan intellektual turnir ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi deyishimiz mumkin.

🎁 G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

✏️✏️✏️✏️✏️✏️ ✏️✏️✏️✏️✏️✏️
#Professional_Liga

📆 2025-yil 11-yanvar kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida "Zakovat intellektual klubi" NNTning Xorazm viloyati Zakovat klubi "Professional Liga" "QISHKI MAVSUM" 5-turi bo'lib o'tdi.

🏆 "Qishki mavsum" 5-turida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan va Qoraqalpog'iston Respublikasidan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, uyushmagan yoshlar, o‘quvchilar, talabalar va boshqa turli soha vakillaridan tashkil topgan 11 ta jamoa tarkibida 100 nafardan ortiq bilimdonlar ishtirok etishdi.

🔼 Ushbu jadvalda 5-turda Professional liga jamoalari qo'lga kiritgan reyting ballari bilan tanishishingiz mumkin!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

✏️✏️✏️✏️✏️
#Professional_Liga

🏆 XORAZM VILOYATIDAGI "ZAKOVAT" KLUBI "QISHKI MAVSUM" 5-TUR O‘YINI NATIJALARI VA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR BILAN TANISHING!!!

📆 2025-yil 11-yanvar kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida "Zakovat” intellektual klubi NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi Professional liga "QISHKI MAVSUM" 5-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

💎O'yin Respublika "Zakovat" klubi "Professional liga"si bilan SINXRON tarzda o'tkazildi.

🤵‍♂️O'yinda "Farrux Rafiqov" jamoasi navbatchilik savollari o'ynaldi.

Turnirda jami 11 ta jamoa qatnashdi;
Turnirda 3 ta raundda jami 36 ta savol o'ynaldi;
⚰️ 3 ta savolga birorta ham jamoa to'g'ri javob berolmagan;
7 ta savolga 1 tadan jamoa to'g'ri javob berib, savolni ⚰️ dan qutqarib qolgan;

☄️ Ushbu jamoalar bilan tanishing:

1️⃣ Zehn jamoasi 1-raundni 5-savolida;
2️⃣ Birrovchilar jamoasi 1-raundni 10-savolida;

3️⃣ Alibi jamoasi 2-raundni 3-savolida;
4️⃣ URAL jamoasi 2-raundni 6-savolida;
5️⃣ IDROK jamoasi 3-raundni 1-savolida;
6️⃣ IDROK jamoasi 3-raundni 3-savolida;
7️⃣ IDROK jamoasi 3-raundni 9-savolida faollik ko'rsatib ochko olishgan
.

💵 Eslatib o'tamiz, Qishki mavsum g'oliblari "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

🥇- o'rin - 9 MILLION so'm;
🥈- o'rin - 7 MILLION so'm;
🥉- o'rin - 5 MILLION so'm.

Eslatib o'tamiz "Professional liga" o'yinlari har hafta shanba kuni soat 18:00 da bo'lib o'tadi.

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zakovat harakati
“Zakovat intellektual klubi” NNT - “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida g‘olib bo‘ldi!

Bugun “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT” nominatsiyasida – “Zakovat” intellektual klubi” NNT O‘zbekiston Milliy media birlashmasi bilan birgalikda g‘olib deb topildi!

Ma’lumot uchun, ushbu tanlov Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Tanlovda jami 934 ta tashkilot va muassasalar ishtirok etib, ular orasidan 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

@zakovatharakati
🪖Harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari talaba va kursantlari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik mavzusida “Zakovat” o‘yini o‘tkazilmoqda

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM