Zakovat: Xorazm
1.93K subscribers
17K photos
1.68K videos
146 files
7.08K links
Xorazm viloyatidagi “Zakovat” klubining rasmiy kanali.
Kanalda Xorazm viloyatidagi mavsumiy o‘yinlarga oid yangiliklar va boshqa ma’lumotlar berib boriladi
Bosh koordinator: @Matkarimov_Azamat
Koordinator: @Ilhom_Babajanov
Koordinator: @Mahmudjon_Jabbarov
Download Telegram
🏆ННО «Интеллектуальный клуб Zakovat» объявляет о проведении 16-17 августа 2025 года III Открытого чемпионата Азии по игре Zakovat на русском языке!

В игровой программе: Основной турнир (6 туров по 12 вопросов), а также турниры по Своей игре и Брейн-рингу.

В 2023 году 🇺🇿Ташкент собрал 55 коллективов из 14 стран мира, в 2024 году в 🇰🇿Алматы приехали 42 команды, теперь мы ждем всех в теплом и гостеприимном 🇰🇬Бишкеке!

Заявки на участие в турнире принимаются через официальный сайт турнира до 8 августа 2025 года.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤵🏻‍♀️Eslatib o‘tamiz, ertaga “Zakovat” teleo‘yinida qatnashadigan ayollar jamoasi uchun kasting o‘tkaziladi!

🗓 Ertaga, soat 13:00 da Zakovat arenada “Zakovat” teleo‘yinining 2025-yil kuzgi mavsumida ayollardan tuziladigan yangi jamoada ishtirok etish istagida bo‘lgan bilimdonlarni saralab olish uchun individual kasting o‘tkaziladi.

❗️Bu muhim: Kastingda Toshkent shahri va hududlardagi Professional liganing yozgi mavsumida ishtirok etayotgan, shuningdek joriy yilda bo‘lib o‘tgan Xotin-qizlar o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jamoalar  a'zolari qatnashish huquqiga ega bo‘lib, bundan boshqalar kasting mobaynida Zakovat arenada bo‘lishlariga ruxsat etilmaydi.

➡️ Kastingdan so‘ng, soat 14:00 da Ayollar ligasining 11-tur o‘yini boshlanadi.

ℹ️ Kasting haqida batafsil ma'lumot bu yerda berilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Tahlil”da “De facto” jamoasi!

🤵🏻‍♂️ Loyihamizning 18-sonida Professional liganing “De facto” jamoasi o‘yinini ko‘rib chiqamiz.

👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️. ✏️✏️✏️✏️✏️✏️

🏆 Urganch shahrida "Do'stlik kubogi" bo‘lib o‘tadi!

🏆 27-iyul, yakshanba kuni soat 10:00 da Urganch shahridagi Yoshlar Markazi binosida "Do'stlik kubogi" bo'lib o'tadi.

ℹ️ Do‘stlik kubogining o‘tkazilish tartibi haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tamiz.

6️⃣ Musobaqa har biri 6 ta savoldan iborat bo‘lgan 6 ta turda o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchi 6 tur davomida turli jamoalarda o‘ynaydi. Bir jamoada birga o‘ynagan ishtirokchilar boshqa jamoada birga o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

📉Ishtirokchilar tasodifiy usul bilan tuziluvchi “O‘yin yo‘nalishi”ga ega bo‘lishadi. Ishtirokchilarning qaysi jamoada o‘ynashini “O‘yin yo‘nalishi” belgilab beradi. Misol uchun, 16-7-3-26-31-40 yo‘nalishiga ega ishtirokchi birinchi turni 16-jamoada, ikkinchi turni 7-jamoada o‘ynaydi va hkz.

🔔Har bir turdan so‘ng tanaffus e’lon qilinadi. Tanaffus davomida Musobaqa ishtirokchilari “O‘yin yo‘nalishi”da ko‘rsatilgan navbatdagi jamoasi stoliga borib, jamoaga qo‘shilishlari shart.

📝Bir tur davomida jamoaga har bir savolga bergan to‘g‘ri javobi uchun bir balldan beriladi. Har bir turda jamoa to‘plagan ballar jamoa tarkibida shu turda o‘ynagan ishtirokchilar hisobiga yoziladi. Misol uchun, ishtirokchining jamoasi birinchi turda 5 ta, ikkinchi turda 4 ta, keyingi turlarda 3, 2, 1, 6 ball to‘plagan bo‘lsa, ishtirokchining umumiy balli 21 ni tashkil qiladi.

🏅Musobaqada eng ko‘p ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.

📚Musobaqada dastlabki 3 ta o‘rinni olgan ishtirokchilar kitoblar bilan taqdirlanadi.

👇O‘zingizni qiziqtirgan qolgan savollarga quyidagi nizom orqali javob olishingiz mumkin.

🏆 "Do'stlik kubogi"da o'zingizni turli jamoalarda sinab ko'ring, kuchli bilimdonlar bilan bir jamoada o'ynang va doimo bilimingizni oshirib boring!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥84
📸 Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan kastingdan lavhalar

🤵🏻‍♀ Zakovat arenada respublikamizning turli hududlaridan yig‘ilgan professional bilimdon ayollar o‘rtasida kasting bo‘lib o‘tdi. Kasting yakunida eng yuqori o‘rinlarni egallagan ayollardan “Zakovat” teleo‘yinining kuzgi mavsumi uchun yangi jamoa shakllantiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Audio
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining 22-savoli

Javob variantingizni savol ostidagi izohlarda qoldiring.

O‘zgartirilgan (tahrirlangan) javoblar qabul qilinmaydi.

❗️Diqqat! Viktorinada g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan tashkilotchilar shaxsiy chat orqali bog‘lanadi. Shaxsiy chatda uzoq vaqt davomida javob berilmasa, undan keyingi to‘g‘ri javob egasi g‘olib deb topiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Audio
“Dolzarb 90 kun” viktorinasi 22-savolining javobi

Viktorinaning navbatdagi savoliga ishtirokchilardan to‘g‘ri javoblar kelib tushdi. Ushbu savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi tez orada e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Dolzarb 90 kun” viktorinasining navbatdagi g‘olibi aniqlandi!

Namangan viloyati Uychi tumanidan Marziyaxon Jo‘rayeva viktorinamizning 22-savoliga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi.

Viktorinaning bugungi g‘olibi hamkorimiz “Mutolaa” loyihasi tomonidan ajratilgan premium obuna vaucheri bilan taqdirlandi.

Viktorinaning keyingi savoli ertaga soat 15:00 da e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi yozgi mavsumning final o‘yinida ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm Zakovat klubi Professional liga yozgi mavsumi 8-turining onlayn jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Professional liga.

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✏️✏️✏️✏️✏️

🎉 KUTIB OLING"IDROK' INTELLEKTUAL O'YINI!  II-MAVSUM O'YINLARI BOSHLANDI!

📺 XORAZM TELEKANALIDA YANGI "IDROK"INTELLEKTUAL O'YINI!

🟢 DIQQAT QILING! "IDROK" INTELLEKTUAL O'YININING 23-SONI! II-MAVSUM 10-O'YINI!

  "Zakovat intellektual klubi" NNT va Xorazm teleradiokanali bilan hamkorlikda YANGI LOYIHA.

📺  Endi har hafta yakshanba kuni soat 18:30 da Xorazm telekanalida "IDROK" intellektual o'yini bo'lib o'tadi. Har bir ko'rsatuvda uch nafardan bilimdon ishtirok qiladi va bir-biridan qiziqarli savollarga javob berishadi.

💡 Ko'rsatuvimizning birinchi bosqichida viloyatimizdagi maktab o'quvchilaridan iborat bilimdonlar o'zaro bahs yuritishadi.

📺 Ertaga, 27-iyul kuni, soat 18:30 da "IDROK" intellektual o'yinida viloyatimizdagi maktab o'quvchilarini o'zaro bahslariga guvoh bo'lishingiz mumkin.

⭐️Ushbu bahsda quyidagi bilimdonlar ishtirok qiladi:
1️⃣ Dilnura Otaboyeva - Xiva tumani 28-sonli maktab o'quvchisi;
2️⃣  Masharifboy Olimov - Urganch tumani 39-sonli maktab o'quvchisi;
3️⃣  Zuhra Xalilova - Urganch tumani 36-sonli maktab o'quvchisi.


👤Bir-biridan qiziqarli savollar va bahslarga boy bo'lgan o'yinni o'tkazib yubormang!

🟡 Agar sizda "Xorazm TV" telekanalini ko'rish imkoniyati bo'lmasa, quyidagi havola orqali bemalol JONLI EFIRda kuzatishingiz mumkin:
https://t.iss.one/XorazmTELEKANAL?livestream

😎  Agar o'yinlarni ko'rishga ulgurmagan bo'lsangiz, https://youtube.com/@azamatmatkarimov4847 youtube kanalidan barcha o'yinlar videosini tomosha qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lishni unutmang!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Urfon-shou” qaytmoqda!

🥳 2 yillik tanaffusdan so‘ng “Urfon-shou” intellektual o‘yini yana efirga qaytmoqda!

👨‍🏫 Bu safar “Urfon-shou”da respublikamizning barcha hududlaridan taklif etilgan eng bilimli va zakovatli o‘quvchilar jamoalari g‘oliblik uchun bellashadi!

🎁 G‘olib jamoalarni katta sovrin va mukofotlar kutmoqda!

🗓 O‘yinning ilk sonini ertaga, 27-iyul kuni soat 20:30da “Yoshlar” telekanalida tomosha qiling!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1