Zakovat: Xorazm
1.9K subscribers
14.9K photos
1.47K videos
128 files
6.26K links
Xorazm viloyatidagi “Zakovat” klubining rasmiy kanali.
Kanalda Xorazm viloyatidagi mavsumiy o‘yinlarga oid yangiliklar va boshqa ma’lumotlar berib boriladi
Bosh koordinator: @Matkarimov_Azamat
Koordinator: @Ilhom_Babajanov
Koordinator: @Mahmudjon_Jabbarov
Download Telegram
📸 Intellektual olimpiadaning taqdirlash marosimidan lavhalar

Kecha yakuniga yetgan musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 5,4 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan 900 mln so‘mi musobaqaning 6 ta yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan talabalarga pul mukoforlari ko‘rinishida topshiriladi. 4,5 mlrd so‘m esa umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan OTMlarning o‘ziga Prezident sovg‘asi sifatida topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida quyidagi OTMlar kuchli uchlikni egalladi:

🥇1-o‘rin: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti
🥉3-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti

🎁🤩 Ushbu oliy ta’lim muassasalariga egallagan o‘rniga mos ravishda quyidagi miqdordagi Prezident sovg‘asi topshiriladi:

1-o‘rin: 2 mlrd so‘m
2-o‘rin: 1,5 mlrd so‘m
3-o‘rin: 1 mlrd so‘m

Jamoalarga Prezident sovg‘asini oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov topshirdi

Intellektual olimpiadaning barcha sovrindorlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

✏️✏️✏️✏️✏️✏️ ✏️✏️✏️✏️✏️✏️
#Professional_Liga

📆 2024-yil 14-dekabr kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida "Zakovat intellektual klubi" NNTning Xorazm viloyati Zakovat klubi "Professional Liga" "QISHKI MAVSUM" 3-turi bo'lib o'tdi.

🏆 "Qishki mavsum" 3-turida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan va Qoraqalpog'iston Respublikasidan davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari, uyushmagan yoshlar, o‘quvchilar, talabalar va boshqa turli soha vakillaridan tashkil topgan 10 ta jamoa tarkibida 100 nafardan ortiq bilimdonlar ishtirok etishdi.

🔼 Ushbu jadvalda 3-turda Professional liga jamoalari qo'lga kiritgan reyting ballari bilan tanishishingiz mumkin!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

✏️✏️✏️✏️✏️
#Professional_Liga

🏆 XORAZM VILOYATIDAGI "ZAKOVAT" KLUBI "QISHKI MAVSUM" 3-TUR O‘YINI NATIJALARI VA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR BILAN TANISHING!!!

📆 2024-yil 7-dekabr kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida "Zakovat” intellektual klubi NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi Professional liga "QISHKI MAVSUM" 3-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

💎O'yin Respublika "Zakovat" klubi "Professional liga"si bilan SINXRON tarzda o'tkazildi.

🤵‍♂️O'yinda "Sodiq School" jamoasi navbatchilik savollari o'ynaldi.

Turnirda jami 10 ta jamoa qatnashdi;
Turnirda 3 ta raundda jami 36 ta savol o'ynaldi;
⚰️
9 ta savolga birorta ham jamoa to'g'ri javob berolmagan;
3 ta savolga 1 tadan jamoa to'g'ri javob berib, savolni ⚰️ dan qutqarib qolgan;

☄️ Ushbu jamoalar bilan tanishing:

1️⃣ E-Auksion jamoasi 2-raundni 2-savolida;
2️⃣ IDROK jamoasi 3-raundni 8-savolida;

3️⃣ IDROK jamoasi 3-raundni 12-savolida faollik ko'rsatib ochko olishgan.

💵 Eslatib o'tamiz, Qishki mavsum g'oliblari "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

🥇- o'rin - 9 MILLION so'm;
🥈- o'rin - 7 MILLION so'm;
🥉- o'rin - 5 MILLION so'm.

Eslatib o'tamiz "Professional liga" o'yinlari har hafta shanba kuni soat 18:00 da bo'lib o'tadi.

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Zakovat: Toshkent shahri
Professional va Birinchi liga savollarini Toshkent shahrida hamda hududlarda sinxron o‘ynaydigan jamoalar diqqatiga!

So‘nggi tur o‘yinlaridan so‘ng elektron pochtasi identifikatsiyadan o‘tmagan bilimdonlardan ham apellyatsiyalar kelib tushishi kuzatilmoqda.

Qishki mavsumdan boshlab apellyatsiyalar faqat jamoalarning identifikatsiyadan o‘tgan bilimdonlari orqali berilishi mumkin. Identifikatsiyadan o‘tmagan bilimdonlar tomonidan berilgan apellyatsiyalar ko‘rib chiqilmasligini eslatib o‘tamiz.

@Toshkent_ZakovatNNT
🏅 Oqilbek Mamashokirov - Zakovat teleo‘yinining 8-dekabr kuni efirga ketgan o‘yinida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi!

😀Ushbu muxlis quyidagi har ikki savolga eng birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob jo‘natdi:

1️⃣ Nemislarda shunday maqol bor: “U insonning og‘zida oltin bor” – degan. Nemislar bu maqolga doimo amal qilishga intilishadi.
Savol: Qanday insonlarga og‘zida oltini bor degan ibora ishlatishadi?

📃 1-savolning javobi: Erta turadigan kishilar

2️⃣ Yapon xokkusi. Basyo ijodidan.

Bahor tugayapti
Qushlar ko‘zida yosh
Hatto ularning ko‘zi ham jiqqa yosh

Eng qizig‘i Ularning ko‘zi yoshlanganligini hech kim ilg‘amaydi. Faqat xokku yozgan Basyo ko‘rgan.
Savol: Ularni topishingiz kerak.

📃 2-savolning javobi: Baliq

☝️Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi ishtirokida Zakovat qishki mavsumining to‘rtinchi o‘yini efirga ketadi va ushbu o‘yinda ham tanlov davom ettiriladi

💰Siz ham ushbu tanlovda @zakovattanlov_bot boti orqali qatnashishingiz hamda 4 million so‘m pul yutug‘iga ega bo‘lishingiz mumkin! Tanlovda ishtirok etish tartibi bu yerda keltirilgan

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Ertaga, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi qishki mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INTELLEKTUAL OLIMPIADA YAKUNLANDI
📆 “Zakovat” teleo‘yini 2024-yil qishki mavsum o‘yinlari taqvimi

📺 O‘yinlarni har yakshanba soat 16:00 da “Milliy” telekanalida tomosha qiling

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi qishki mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😅 Zakovatda estrada yulduzlari ham savoldan qochib qutulolmaydi

🕺 Intellektual olimpiada yopilish marosimida qatnashgan Jahongir Poziljonov musiqiy chiqishidan keyin savolga tutildi. Avval ham bunday “imtihon”ga duch kelgan xonanda bu safar savolga qiyinchiliksiz javob topdi ✊🏻

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov uchun javoblarni qanday yuborish kerak?

📺 Xabaringiz bor, bugun soat 16:00 da Milliy TVda Zakovat teleo‘yinining qishki mavsumi doirasida Farrux Rafiqov jamoasi o‘yini o‘tkaziladi

🏅 Teletomoshabinlar uchun tanlov bu o‘yinda ham davom ettiriladi. Tanlovda O’zbekiston hududida bo‘lib turgan istalgan kishi ishtirok eta oladi. O‘yin davomida teletomoshabinlar uchun berilgan 2 ta savolga eng birinchi to‘g‘ri javob bergan tomoshabin 4 000 000 so‘m sohibiga aylanadi

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ma’lumot olishingiz mumkin

Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Intellektual olimpiadaning 4-kunidan videorolik

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✏️✏️✏️✏️✏️  ✏️✏️✏️✏️

📺 Ertaga, 23-dekabr, soat 18:20 da "Xorazm TV" telekanalida "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm Zakovat klubi va Xorazm teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tasvirga olinayotgan "Breyn ring" intellektual o'yinining navbatdagi soni bo'lib o'tadi.

🟥🟥🟥🟥 Ushbu sonda siz JONLI EFIRda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari oʻrtasidagi "Rektor Kubogi"ning FINAL bahsiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

⭐️Ushbu FINAL bahsida quyidagi jamoalar kuch sinashadi:
1️⃣ "Kelajak tayanchi" jamoasi;
2️⃣ "Maestro" jamoasi;
3️⃣ "Everest" jamoasi;
4️⃣ "Avitsenna" jamoasi.


👤Bir-biridan qiziqarli savollar va bahslarga boy bo'lgan o'yinni o'tkazib yubormang!

🟡 Agar sizda "Xorazm TV" telekanalini ko'rish imkoniyati bo'lmasa, quyidagi havola orqali bemalol JONLI EFIRda kuzatishingiz mumkin:
https://t.iss.one/XorazmTELEKANAL?livestream

😎  Agar o'yinlarni ko'rishga ulgurmagan bo'lsangiz, https://youtube.com/@azamatmatkarimov4847 youtube kanalidan barcha o'yinlar videosini tomosha qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lishni unutmang!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM