Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Президент тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказди. Бундай шаклдаги учрашув илк бор ўтказилди ва унда жами ўн мингга яқин тадбиркор иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида соҳадаги муаммоларни ҳал қилишга қаратилган 7 та муҳим йўналишни кўрсатиб ўтди, янги ташаббусларни илгари сурди.
Мулоқотда тадбиркорлар сўзга чиқиб, фаолиятида дуч келаётган муаммоларни, таклиф ва мулоҳазаларини айтди. Улар тармоқ мутасаддилари ва ҳокимлар иштирокида муҳокама қилинди.

Президент провел открытый диалог с предпринимателями. В мероприятии, впервые прошедшем в таком формате, приняли участие около 10 тысяч представителей бизнеса.
В своем выступлении глава государства обозначил 7 важных направлений решению проблем в сфере и выдвинул новые инициативы.
Выступившие предприниматели рассказали о проблемах в своей деятельности, высказали свои мнения и предложения. Они рассмотрены с участием ответственных лиц и хокимов.

#Mirziyoyev #uchrashuv #tadbirkorlik #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Шундай жамият қуришимиз керакки, ўқитувчилик энг обрўли касб бўлиши лозим! Бу йўлда биз, аввало, ўз ҳаётини ёш авлод тарбиясига бағишлаган минг-минглаб устоз ва мураббийларга таянамиз! Устозларни эъзозлаган жамият ҳеч қачон кам бўлмайди, ўз мақсадларига албатта етади. Бир ҳақиқатни ҳеч қачон унутманглар: халқимиз ўз келажагини сизларга ишониб топширган. Келажагимиз қандай бўлиши аввало сизларга боғлиқ. Бу йўлда Президент сизларни доимо қўллаб-қувватлайди, – дея таъкидлади Президент Шавкат Мирзиёев бугун таълим кўргазмаси доирасида бир гуруҳ мактаб ўқитувчилари билан учрашув чоғида.
#Agentlik_maktabi
#Uchrashuv

Tumanimiz hokimi Jahongir Nazarov Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari bilan
uchrashuv o'tkazdi

🏆Tumanimiz hokimi respublika va xalqaro olimpiadalar g'olibi Maqsadbek Egamberdiyev bilan yaqindan tanishib, xalqaro maydonda qo'lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

🎗Hokim tomonidan xalqaro olimpiadada erishilgan ushbu muvaffaqiyatlar butun Xorazm eli uchun katta yutuq ekanligi e'tirof etilib, ustozlari Quvondiq va Ne'matjon Kamalovlar estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🥇Eslatib o'tamiz Maqsadbek Egamberdiyev joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmanistonda o’tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritgan edi.

@BagatPschool
👍5
#Uchrashuv

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda xalqaro nufuzi baland bo'lgan "British management university" vakillari bilan ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil oluvchi ingliz tiliga qiziquvchan iqtidorli o'quvchilar bilan uchrashuvlar uyushtirildi.

📍Urganch shahar 1-son IMI va
📍Xiva shahar 1-son IMI larda o‘tkazilgan uchrashuvlarda universitet rektori, britaniyalik Konrad Ozog va hamkorlik aloqalar bo‘limi boshlig‘i Gullola Koraboyevalar o'quvchilarga "British management university" dagi sharoitlar, imtihon jarayonlari, o'qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berdilar.

🗯 Uchrashuvlar faqat ingliz tilida tashkil qilinib, qizg‘in suhbatlar uyushtirildi. Jarayonda faol bo'lgan o'quvchilarga esdalik sovg'alari berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Uchrashuv

🔹Xabaringiz bor, yaqinda Prezident Qarori bilan Xorazm viloyatida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi. Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati binosida mazkur universitet faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Al-Xorazmiy universitetining tashkiliy guruhi rahbari Islam El-Xadari, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmai boshlig‘i Xamro Bektemirov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatimizdagi ta’lim muassasalarining xorijiy sertifikat egalari bo‘lgan o‘quvchi yoshlari ishtirok qildilar.

🔹Uchrashuv davomida tashkil etiladigan universitetda yaratiladigan sharoitlar, imtihon jarayonlari, o‘qish davomidagi imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berildi.

🔹Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mas’ullardan javob oldilar.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍14🥰2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Al-Xorazmiy universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍4