Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24K photos
4.75K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Tabriklaymiz

Mental arifmetika olimpiadasining  Respublika bosqichida Hazorasp tumanidagi 30-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 5-sinf o'quvchisi Galdirov O'ktamboy faxrli 1-o'rinni egallab g'olib bo‘ldi

Olimpiada mental arifmetikaning tasavvur va abaksda hisoblash bo‘yicha o‘tkazildi.

G‘oliblar va barcha ishtirokchilar medallar, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu muvaffaqiyat bilan 30-son umumiy o'rta ta'lim maktabini va Galdirov O'ktamboyni tabriklaymiz.
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Bizning_faxrimiz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Tabriklaymiz

✔️ Xorazm viloyati Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi Sapayev Feruzbek Ne'matjon o'g'li

⚡️Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli tuman( shahar), viloyat hamda Urganch davlat universiteti olimpiadasida II-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Olimpiada natijalariga ko'ra Feruzbek Sapayev O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universitetiga imtihonsiz talabalikka qabul qilindi.

O'qituvchisi: Sadullayev Shoxrux Obdolniyoz o'gli

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Faxrimiz
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

KITOBXON O‘QUVCHI "MARD O‘G‘LON" MUKOFOTINI QO‘LGA KIRITDI

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi, 2021-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi respublika bosqichida 3-o‘rin sohibi bo'lgan

🌟 JAVOHIR KARIMOV

📄Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 🎖"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Ushbu yutuq bilan Javohirni, uni tarbiya qilgan ota-onasini, ijod maktabining barcha ustoz-pedagoglarini tabriklaymiz.‌‌
Ishonamizki, Javohir bundan ham katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Vatanimiz uchun, uning gullab-yashnashi, jahon miqyosidagi yuksalishiga munosib hissasini qo'shadi.

Ilm o'rganishida, maqsadlari sari dadil qadam tashlashida omad yor bo'laversin!

🌐
Telegram | Facebook
#Faxrimiz
#Tabriklaymiz

Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Ollayorova Sevinchoy "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendianti sifatida e'tirof etildi.

Sevinchoyning keyingi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#Tabriklaymiz

SHOGIRDLARGA O'RNAK USTOZ!

⚡️ Xiva shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Sattorbek Yo'ldashev IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo'lga kiritdi.

🎉Ajoyib natija bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👏25👍5🥰3
#Xalqaro_olimpiada
#Tabriklaymiz

🏢 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  10-sinf o'quvchilari

Musobek Rahimberganov va
Umrbek Oktyabrovlar

🥉Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpidasida faxrli 3-o‘rinni  egallashdi.

⚡️O'quvchilarimizni mazkur yutuqi bilan ularning ustozlari, ota-onalarini tabriklaymiz hamda ularning keyingi o'qishlarida omadlar tilaymiz.
👍9
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Tabriklaymiz

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi URGANCH shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchilari:

Sevinchoy Urazmatova
Sanjarbek Sobirov

O'ZBEKISTONning eng nufuzli universitetlaridan biri "Yangi O'zbekiston" Universitetiga ("New Uzbekistan"University) 100% lik grant asosida imtihonlardan ozod etilgan holda qabul qilindi.

💥
O'quvchilarimizni yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi o'qishlarida omad tilaymiz!

❗️
Eslatib o'tamiz! Ushbu o'quvchilarimiz IELTS va SAT sertifikatlariga ega.
S.Urazmatova - SAT 1380 (Math 790), IELTS 7;
S.Sobirov - SAT 1300 (Math 780), IELTS 6,5


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍9👏1
#tabriklaymiz
#Zulfiyaxonim_izdoshlari

Xiva shahridagi Prezident maktabining Zulfiyasi Zulfiyaxonim izdoshi boʻldi

Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Zulfiya Shomurotova ta’lim yo’nalishi bo’yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

U 2023-yilda Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va tarbiya akademiyasi tomonidan "Xalqaro ilmiy ishlar va maqolalar" tanlovida qatnashib "Ta'limdagi xizmatlari uchun" maxsus oltin medali va 1-darajali diplom bilan taqdirlangandi.

Ma'lumot o'rnida, 2022-yilda mazkur maktabning oʻquvchisi Madina Sa'dullayeva, 2023-yilda esa yana bir oʻquvchisi Sevinchoy Ollayorova ham aynan ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi.

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
👍15🔥7
#Lider_oʻqituvchilar_olimpiadasi
#tabriklaymiz

Xabaringiz bor, Toshkent shahridagi Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Agentlik tizimidagi maktablarning biologiya, fizika, informatika fani o'qituvchilari o'rtasida olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

💻 Unda informatika fani bo‘yicha Xorazm viloyatidan ishtirok qilayotgan Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi

🥇Sadullayev Shoxrux Obdolniyoz o‘g‘li
1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

⚡️Ustozga keyingi faoliyatlarida ham muvaffaqiyatlar yor bo'lshini tilab qolamiz!

Biologiya va fizika fanlaridan Lider o‘qituvchilar olimpiadasi davom etmoqda...

Bizni kuzatishda davom eting.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍12
#Tabriklaymiz
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏫 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida 𝙨𝙚𝙧𝙩𝙞𝙛𝙞𝙠𝙖𝙩lar qatori yanada ko'payishda davom etmoqda.

Oliy toifali matematika fani o'qituvchilari:

💠 Allamov Zafarbek - A+ / 100 % ko'rsatkich bilan

💠 Sapayev G'ayrat - A / 100 % ko'rsatkich bilan Milliy Sertifikatni qo'lga kiritdilar.

Bu natijalar nafaqat ustozlarning, balki butun jamoaning mehnati va intiluvchanligini yana bir bor isbotladi.

Ustozlarni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Ogahiy_ijod_maktabi

📰 Olimlarning fikricha, kitobxonlik iste’dod emas, balki ta’lim orqali kamol topadigan fazilatdir. Oilada bolani kitobga qiziqtirish uchun ota-onalar avvalo o‘zlari kitobxon bo‘lishlari va vaqtlarini nafaqat kitob o‘qishga, balki bolani kitobxon qilib tarbiyalashga ham sarflashlari kerak.


Joriy yilning 3-oktabr sanasida Besh tashabbus doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ta yosh oilalar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Quvonarlisi, Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari O‘rinov Xorun va Saparboyeva Madinalar kitobxonlik bahsida munosib ishtirok etib

🥉3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Kitobxonlarimizni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
#Bogʻot_IM
#Tabriklaymiz
#Ona_tilim_faxrim

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi https://t.iss.one/dtrdep da

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan
tanlovda

Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qitivchisi

🎖Bekıyeva Barno Komıljonovna g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🏆 Ustoz «Qadring baland bo'lsin, ona tilim» tanlovining taqdirlash marosimida e'tirof etilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan  esdalik sovg‘alar, diplom hamda qimmatli kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

💥Bekiyeva Barno Komiljonovnani ushbu yutug'i bilan qutlab, keyingi faoliyatlariga omadlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍11