Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.32K subscribers
21K photos
4.35K videos
464 files
9.27K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#prezident_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📈IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

📆Joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

🏛Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💯Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Go‘zalxon Haydarova “Garvard” hamda “Princeton” oliygohlarida 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology” oliygohining grantini yutgan birinchi o‘zbekistonlik talabaga aylandi.

🪪Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollarli miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi.

💫Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursinbayev Vengriyaning “Debretcen” universitetida to‘liq grant asosida tahsil oladigan bo‘lishdi.

🏅Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasida bronza medali sohibi bo'ldi.

📊Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM