Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.39K subscribers
20.7K photos
4.32K videos
464 files
9.16K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov kõchasi, 29 uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Yurist_maslahati

Bog’chaga qabul qilishda pedagoglarning bolalari uchun ustunlik mavjudmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son Qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq pedagoglarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli navbatga qo'yish huquqiga ega.

Buning uchun pedagog ota-onalar o‘z bolalarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirishda yo‘llanmalar olish uchun ustunlik huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ko‘rsatgan holda davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati

Men “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomiga egaman. Mazkur diplom asosida umumta’lim maktabida informatika fanidan dars o‘ta olamanmi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Vazirlikning 07.12.2019-yildagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari"ga asosan maktab o‘qituvchisi uchun quyidagi malaka talablari belgilangan:

✔️ Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun - boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik;

✔️ Fan o‘qituvchisi uchun - fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganlik.

❗️Yuqoridagi holatda siz “Mexanika va matematik modellashtirish, tadqiqotchi, pedagog” yo‘nalishida magistr diplomi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabida dars o‘tish huquqiga ega emassiz. Chunki maktablarda bunday fanlar o‘qitilmaydi. Maktabda pedagogik faoliyat olib borish uchun o‘rnatilgan tartibda qayta tayyorlov kursini tugatib, tegishli yo‘nalish bo‘yicha diplom olishingiz lozim bo'ladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Yurist_maslahati

Men yaqinda yangi ishga joylashganim munosabati bilan Samarqand shahriga ko'chib o'tdim. 7-sinfda o'qiydigan o'g'limning ham o'qishini ko'chirmoqchimiz. Maktablarda o'qish boshlangan qaramay farzandimni boshqa maktabga onlayn o'tkaza olamanmi? Buning tartibi qanday?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

Fuqarolar farzandlarining o‘qishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlari hamda Toshkent shahridagi (jumladan, Samarqand shahri) maktablarga ko‘chirmoqchi bo‘lganda, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron platformasi (my.maktab.uz) orqali elektron ariza yuboradilar.

Yuborilgan arizalar uch ish kunida o‘quvchi ko‘chiriladigan maktab tomonidan ko‘rib chiqiladi.

O‘quvchi maktabga qabul qilinganda yoki maktabga qabul qilish rad etilganda (sabablari ko‘rsatiladi) ariza yuboruvchiga ariza yo‘llagan tizim orqali javob yuboriladi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 45-bandiga muvofiq, ariza yuboruvchilar (ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan so‘rovnoma noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganda yoki umumta’lim maktabida (qabul qilinayotgan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda ta’lim muassasalari arizalarni rad etish huquqiga ega.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Yurist_maslahati

Men ingliz tili o‘qituvchisiman. Yaqinda tug‘ruq ta’tilidan qaytdim. Menga dars taqsimoti ta’tilgacha bo‘lgan davrdagi kabi taqsimlanadimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining O‘quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklar boshqarmasi hamda Yuridik bo'limi xodimlari javob berishdi.

Adliya vazirligi tomonidan 30.06.2020-yilda "Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qaror ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 15-bandiga muvofiq, umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, taqsimot har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari bir qator ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Nizomning 19-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar asosida taqsimlanadi.

❗️Bunda xodim dekret ta’tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi. O‘qituvchining ko‘rsatgich natijalari yuqori bo‘lsa, (toifa, sertifikat va h.k) unga avvalgidan ham ko‘proq dars soatlari ajratilishi mumkin.

Umuman olganda, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga faqat ta’tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi degan qoida yo‘q.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Yurist_maslahati

Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. Malaka toifam ikkinchi. Bu yil sertifikatimning amal qilish muddati tugadi. Attestatsiya bo‘lmaganligi sababli toifaga topshira olmadim. Menga sertifikatim bo'yicha oylik ustama to'lashda davom etiladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta'lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash hamda Moliya-iqtisod departamentlari va Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-79-son Farmoning 3-bandiga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi (attestatsiya o‘tkazilmaydi);

2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

❗️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Sizga yangi tartib joriy etilgunga qadar mavjud sertifikatingiz bo‘yicha ustama to‘lashda davom etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram